O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

MAQSAD ANIQ, REJALAR HAYOTIY, HARAKAT ASTOYDIL BOLSA, ODAMLARGA FOYDAMIZ TEGADI

«O‘zimizni ishlayotgandek korsatish bilan hech nimaga erisha olmaymiz»

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Qoraqalpogiston Respublika, Toshkent shahar va viloyat kengashlari mas’ullari ishtirokida videomuloqot seminari otkazdi. Ikki kun davom etgan seminarda soha mutaxassislari ishtirok etib, saylov texnologiyalari, amalga oshirish uslublari xususida atroflicha malumot berdi. Shuningdek, ishtirokchilar Prezidentimizning Oliy Majlis Senati yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida belgilangan vazifalarni ham muhokama qilishdi.

Ulugbek INOYATOV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi:

— Bugungi kun kechagisidan tubdan farq qiladi. Har birimiz bunga oz faoliyatimiz, hayotimiz davomida ishonch hosil qilmoqdamiz. Ammo shu bilan jamiyatdagi barcha muammolar yechim topdi, deb bolmaydi. Masalan, xotin-qizlar bandligi masalasi. Bu, eng avvalo partiyamizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Xosh, otgan vaqt davomida partiya tizimida mazkur yonalishda qanday ishlar amalga oshirildi? Togri, bir qator loyihalarni, ehtiyojmand ayollarga korsatilayotgan yordamlarni ketma-ket sanash mumkin. Ammo muammoning ildizini topa oldikmi? Unga qarshi kurashishning aniq mexanizmini ishlab chiqdikmi? Bu savollarga javob berish qiyin.

Prezidentimiz Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida ham mazkur masalaga toxtalib otdi. Xotin-qizlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun sharoit yaratish, ularning ishbilarmonlik konikmalarini rivojlantirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish lozimligi qayd etildi. Oylaymanki, ishli, jamiyatga foydasi tegayotganini his etgan ayol ona sifatida ham faol boladi. Munosib, barkamol avlodni tarbiyalaydi. Shuni hisobga olganda ham, masala naqadar chuqur ahamiyatga ega ekanini tushinish mumkin. Ishsiz, farzandi och ayol jinoyatga qol uradi. Mazkur vaziyatda uni qoralovchilar ham topilishi tabiiy. Ammo unga kerakli shart-sharoit yaratib bermagan jamiyat, masuliyatsiz mutasaddilar haqida gapirish hech birimizning yodimizga kelmaydi. Negaki, osha jinoyatlarda har birimizning aybimiz bor aslida. Hech bolmaganda ozimizning befarqligimiz bilan bunga yol qoyib berganmiz. Prezidentimiz oz nutqida Oliy Majlis Senatida yangi tuzilma – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boyicha qomita tuzish tashabbusini ilgari surdi. Oylaymanki, bu xotin-qizlarimiz manfaatlarini taminlovchi, ota muhim va dolzarb masalalarni amalga oshirishda muhim vazifani otaydi.

Bu yilgi saylovlar barchamizdan puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi siyosiy kuch sifatida oz faoliyatini qaytadan korib chiqishi lozim, deb oylayman. Natijasiz harakatlar, samarasiz faoliyat endi ozini oqlamaydi. Xususan, partiya tizimidagi eng quyi bogin rahbarlaridan tortib, markazdagi xodimlargacha aniq maqsad bilan olga intilishi shart. Maqsad niq, rejalar hayotiy, harakat astoydil bolsa, odamlarga foydamiz tegadi.

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Senati azosi, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

Biror-bir maqsadni amalga oshirmoqchi bolsak, albatta, yillar davomida rejalashtirardik. Yol xaritalari, chora-tadbirlar ishlab chiqardik. Tegishli tashkilotlarga hisobotlar berib, ozimizni ish qilayotgandek korsatardik. Oqibatda islohot respublika darajasidagi tashkilot va idoralardagina joriy etilardi. Afsuski, quyida buning amaliy natijasini sezmasdik. Endilikda har bir harakat oddiy xalqqa manfaat keltirishi kerakligi aytilmoqda hamda talab qilinmoqda. Xosh, bu yolda biz senator va deputatlarning vazifamiz nimalardan iborat, bugungi islohotlar jarayonida ornimiz qayerda? Prezidentimizning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida mana shu masalalarga ham atroflicha toxtalib otildi, faoliyatimizga xolis baho berildi. Shuningdek, parlament oldidagi vazifalar ham belgilandi.

Hech kimga sir emas, ijro organlari va hududlardagi Kengashlarni bir shaxs boshqarishi deputatlarning faoliyatiga tosiq bolayotgan edi. Xalq deputatlari tuman Kengashlaridagi partiya guruhlarida yetarlicha faollik sezilmayotgandi. Odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hokimiyat oldiga keskin qoya olmayotgandik. Lekin buni yuqoridagi kabi obektiv va subektiv sabablari ham bor edi. Joriy yilgi saylovlardan song bari ozgaradi. Endigi masala esa deputatlarimizda faollik, tashabbuskorlik oshishi lozim. Eng muhimi, deputatda yurak katta bolishi kerak. Qaysidir rahbarga qarshi gapirib qoysam, ertaga nima bolarkan, tayoq kimning boshida sinarkan qabilida ish tutmasligi shart. Bu zamon talabi. Aks holda rivojlanish bolmaydi.

Oldinlari jamiyatda qonun oddiy insonlar uchun, rahbarlar uni chetlab otsa boladi, degan tushuncha shakllangan edi. Prezidentimiz qonunga, eng avvalo, rahbarlar boysunishi, boshqalarga ornak korsatishi kerakligini qatiy takidlagandi. Yana bir jihat. Har bir rahbar qonunchilikni yaxshi bilsa va tushinsa maqsadga muvofiq bolardi. Shunda aholi orasida tushunmovchilik kelib chiqishiga orin qolmasdi. Yaqinda qurol togrisidagi qonunni Senat maqulladi. Bu kopchilikning bahs-munozaralariga sabab boldi. Yani, aksariyat kishilar endilikda qurol olib yurishga ruxsat beriladi, deb oyladi. Aslida esa qonun orqali harakatni tartibga solish maqsad qilingandi.

Prezidentimiz nutqi davomida jamiyatda yigilib qolgan muammolar yechimi boyicha ham toxtaldi. Masalan, Senat qonunchilik faoliyatida ishni togri tashkil etish masalasi. Ayni vaqtda mazkur yonalishda talabchanlik, jonkuyarlik, tashabbuskorlik va izchillik yetishmayotganini tanqid qildi. Chunki Senatda shu kunga qadar tashabbuskorlik yetishmasdi. Buni ochiq tan olish kerak. Qonunchilik palatasidan kelgan qonunlar korib chiqilardi va asosan tahririy, kichik ozgartishlar kiritilardi. Faqat bitta qonun qaytarildi. Senatning vazifasi qabul qilinayotgan qonunlarni barcha hududlar uchun birdik foydali bolishi va samara keltirishini taminlashi zarur edi. Bundan tashqari Senat qonun ijrosi nazoratida ham sustkashlikka yol qoyayotgandi.

Fuqarolarimizning siyosiy ongi, madaniyati har qachongidan ham osgan. Shuni his etmagan inson oziga savol berishi kerak. Men duputatlikka arziymanmi? Har bir partiya xodimi esa saylovga qay darajada tayyorman, deb oz faoliyatini tahliliy-tanqidiy korib chiqishi lozim.



Aziz YOLDOSHEV, yuridik fanlari nomzodi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti:

Saylovchi siyosiy partiyalar tomonidan korsatilgan nomzodlardan biriga ovoz beradi. Tabiiyki, kop ovoz olgan nomzod deputat sifatida faoliyat yurita boshlaydi. Oz-ozidan hududda istiqomat qilayotganlarning kelgusi besh yildagi taqdiri bevosita shu deputatga bogliq bolib qoladi. Demak, har bir siyosiy partiya munosib nomzod korsatishi eng muhim masala hisoblanadi.

Faoliyatim mobaynida siysiy partiyalarning Nizomlari, Saylovoldi dasturlari bilan tanishib chiqqanman. Ularning Nizomlarida nomzod korsatish borasida umumiy meyorlargina korsatib berilgan. Xorij tajribasiga nazar tashlaydigan bolsak, siyosiy partiyalar nomzod korsatish borasida oz uslubiga ega. Hatto ularning faoliyatiga shunga qarab ham baho beriladi. Bizda esa joylardagi partiya konfrensiyalarida nomzodlar korsatiladi. Bazi partiya Nizomlarida esa hududiy tashkilotlargina nomzod korsatishi mumkinligi aytilgan.

Shuningdek, siyosiy partiyalar saylov jarayonida kuzatuvchilar yordamiga tayanish huquqiga ega. Ammo partiyalar bu imkoniyatdan ham yetarlicha foydalanmayapti.

Yana bir amaliyot. Siyosiy partiyalar, iloji boricha hududdagi nomdor, obroli kishilarning nomzodini korsatishga harakat qiladi. Ammo bu doim ham kozlangan natijani beravermaydi. Nomzod saylovda galaba qozonishi mumkin. Ammo bundan aholi manfaat kormaydi. Xulosa qilib aytganda, nomzod korsatish jarayonida har bir jihatga alohida etibor qaratish lozim. Bunda siyosiy partiya hamda aholi manfaatlarini oylab harakat qilinsa, maqsadga muvofiq bolardi.

Seminar davomida siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Muqimjon Qirgizboyev, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi katta oqituvchisi Davron Bekjanovlar ham mavzu yuzasidan maruza qildi.

Oquv-seminar yakunida barcha darajadagi partiya tashkilotlari yetakchilariga siyosiy texnologiyalardan unumli foydalanish boyicha tavsiyalar berildi.

Mahliyo ALIQULOVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: