O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.06.2019

MARDIKOR BOZORI, MUAMMONING YECHIMI QAYERDA?

Poytaxtimizdagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida otkazilgan seminarda bir martalik, vaqtincha ish bilan band bolgan shaxslar mehnat faoliyatining qonuniy asoslarini takomillashtirish haqida fikr almashildi.

Maqsuda VORISOVA, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Insonning eng asosiy huquqlaridan biri mehnat qilish huquqidir. U mehnat qilish orqali nafaqat daromad topadi, balki ozini jamiyatga, atrofdagilarga kerakligini his etadi. Davlatning fuqaro oldidagi burchi mehnat qilishga sharoit yaratib berishdir. Bir necha yildirki, Ozbekistonda demografik osish holati kozga tashlanmoqda. Mehnat bozoriga har yili oldingiga qaraganda koproq ishchi kuchi kirib kelyapti. Shu bois ham mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash muammoga aylanyapti. Natijada aholi kop yigiladigan joylarda, xalq tili bilan aytganda, mardikor bozorlariga kozimiz tushyapti. Chetdan qaraganda bu juda xunuk holat. Togri, bizning bolaligimizda ham shunday bozorlar bolardi. Ularda asosan talabalar yoki erkaklarni uchratish mumkin edi. Hozirgi vaqtda ayollarning alohida ana shunday bozorlarini korish muammo yechilmay qolayotganini korsatadi.

Yana bir jihat. Mazkur jarayonda qonun buzilish holatlari bormi yoki yoq? Aytaylik, uyimizda tamirlash ishlari ketyapti. Ishchi kerak. Ular bilan ogzaki shartnoma tuzib, ishga yollaymiz. Lekin ularning mehnat muhofazasi bolmaydi. Demak, jamiyatda ozini ozi ish bilan taminlayotgan kishilarning mehnat muhofazasini kafolatlashimiz kerak. Bu borada partiyamizning oz pozitsiyasi bor va takliflarimizni tayyorlayapmiz.

Shuhrat TURSUNBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Partiyamizning Saylovoldi dasturida mehnatga layoqatli aholini munosib haq tolanadigan ish bilan taminlash, ularga maqbul sharoit yaratish asosiy maqsad etib belgilangan. Shu bois partiyamiz Markaziy Kengashi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati ustidan parlament va deputatlik nazoratini yolga qoygan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axboroti tinglanmoqda. Joriy yilda bu borada bajarilgan amaliy ishlar tahliliy organildi. Xalq deputatlari Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalarida ottizdan ortiq masala korib chiqildi. Ammo shu bilan muammolar yechim topdi, deya olmaymiz. Negaki, mamlakatimizning turli hududlarida norasmiy tarzda shakllangan mardikor bozorlari hamon yollanma ishchilar bilan gavjum. Bu yerda bir martalik, kunlik, qisman oylik ishlar oz egalarini topadi. Kop hollarda ish beruvchilar tomonidan arzimas sabablarga kora xizmat haqini qisman yoki umuman bermaslik holatlari uchraydi. Yollanma ishchilar deyarli hech qanday haq-huquqsiz faoliyat olib boradi. Masalan, ogzaki kelishuvlar, mehnat daftarchasining yuritilmasligi kabi holatlar unga pensiya yoshiga yetganda pand berishi tayin. Ular ozlarini sugurta qildirmaydi. Vaholanki, uy buzish, daraxt kesish, chuqur kovlash, yuk tashish kabi koplab ogir va xavfli ishlarni bajarishadi. Bu holatlarda jarohat olish ehtimoli juda yuqoriligi barchaga malum. Davolanish borasidagi imtiyoz haqida esa gap-soz bolishi mumkin emas. Shuning uchun sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish boyicha izlanishimiz kerak. Vaqtinchalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini himoyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Boymurod YUSUPOV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri:

Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan, oz-ozidan shakllanayotgan joylarda jamoat tartibi va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar ham mavjud emas. Vaqtinchalik, bir martalik ish bilan taminlash byurolarini tashkil etish togrisidagi hukumat qarori va Nizomi talablarining toliq ijrosi taminlanmayapti. Unga kora, vaqtinchalik, bir martalik ish bilan taminlash byurosi tuman (shahar) bandlikka komaklashish markazi tarkibida tashkil etilishi belgilangan. Ammo vazirlik tomonidan yetarli darajada ishlar olib borilmagan. Natijada bugungi kunda mintaqamizda ishsiz fuqarolar katta yol yoqalarida yoki chorrahalarda toplanyapti. Xalqaro amaliyotda bozor iqtisodiyoti sharoitida noqonuniy mehnat bozorlari faoliyatini tugatish boyicha autsorsing tushunchasi kiritilgan. Bu tashqi mehnat resurslaridan vaqtinchalik foydalanishni anglatadi. Maxsus xizmatni shirkatlar amalga oshiradi. Ishchilar oz navbatida bu korxonada vaqtinchalik emas, balki doimiy ishga olinadi. Shirkatlar shartnoma asosida boshqa subektlarga vaqtinchalik yoki doimiy xizmat korsatadi. Ozbekiston XDP ishchilarga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish uchun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan norasmiy bir martalik ish bilan taminlash jamoat joylarida zamonaviy tipdagi vaqtinchalik ish bilan taminlash shirkatlarini tashkil etish va unga yuridik maqom berish, autsorsing tizimini amaliyotga tatbiq etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Shu orqali ishchilar uchun mehnat sharoiti, qonuniy himoya, tibbiy taminot va kelajakda nafaqa olish imkoni yaratiladi. Bu bilan norasmiy mardikor bozorlari kopayishining oldi olinadi, deb oylaymiz.

Bu tizim Isroilda keng qollaniladi. Autsorsing shirkatlarini Isroilda koax adam deb atashadi. Bu shirkatlar odamlarni doimiy ishga yollaydi, malakasini oshiradi va kerak bolsa yangi kasbga yonaltiradi. Koax adam shirkatlari boyicha hattoki alohida qonun qabul qilingan. Fermer xojaligiga besh kunga chopiq uchun 50 ta ishchi kuchi kerak. Shu vaqt oraligida fermer doimiy ravishda 50 kishini ishga ololmaydi. Vaqtinchalik ishga shartnoma orqali qonuniy ishchi olish vaqt va ortiqcha ovoragarchilik talab qiladi. Shuning uchun fermer noqonuniy ravishda vaqtincha odam yollashga majbur boladi. Autsorsing sharoitida bu 50 kishini maxsus shirkat fermerga yetkazib beradi. Besh kundan song ular boshqa ishga yonaltiriladi. Autsorsingning afzalligi ishchilar mustaqil ish izlamaydi va bosh turmaydi. Mamlakatimizda ham shu tizim joriy etilsa, bu borada targibot, tushuntirish ishlarini kuchaytirish ayni muddao boladi. Ish qidirayotgan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini taminlash boyicha muhim qadam boladi, deb hisoblaymiz.

Temur MAHMUDOV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligi:

Bugungi kunda bandlikka komaklashish markazlari tarkibida 25 vaqtinchalik ish bilan taminlash byurolari rasman faoliyat yuritmoqda. Toshkent shahrining ozida bizning royxatimizdan tashqari onlab mardikor bozorlari ishlab turibdi. Albatta, bu bizning kamchiligimiz.

Rasmiy malumotlarga kora, joriy yilning yanvar-may oylarida vaqtincha ish bilan taminlash byurolariga 11 ming nafarga yaqin fuqaro murojaat etgan. Otgan yilga solishtirganda bu raqamlar bir necha barobarga kamaygan. Demak, murojaatchilarning haqiqiy soni korsatilmagan. Bu byurolarning kongildagidek faoliyat olib bormayotganidan dalolat beradi.

Ozim ham tumanda ishlaganman. Shu vaqtga qadar byuro xodimlari apparat tarkibida ishlab, hududlarga vaqtinchalik biriktirilardi. Joriy yildan boshlab byurolarga alohida shtat ajratiladigan boldi. Ularga odam toplanishiga qarab 2-3 nafardan xodim beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoridagi vaziyatni tubdan yaxshilash maqsadida yangi qonun loyihasini ishlab chiqdik. Bu togridan-togri amal qiladigan qonun boladi. Shuningdek, 20 ga yaqin idoraviy-meyoriy hujjatlarni bekor qilish kozda tutilgan.

Yana bir yangilik. Mehnat bozorida ish qurollariga ega hunarmand yoki duradgor qolganlariga qaraganda koproq haq oladi. Biz yaqin kunlarda byurolar tashkil etilgan hududlarda mehnat qurollarini ijaraga berishni yolga qoyishni rejalashtirganmiz. Etiborlisi, ijara haqi olinmaydi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: