O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
11.06.2019

BESH TASHABBUS BOYICHA FORUM

Gulhayo va Mahliyo Komiljonovalar sahnaga chiqib, o‘z mahoratini tengdoshlariga namoyish etishni, ustozlaridan organgan raqs va xalfachilikning nozik sir-asrorlarini qalb tugyoniga qoshib ijro etishni kopdan buyon niyat qilgan edi. Bugun ikki qizning shu orzusi amalga oshadigan boldi.

— Xiva shahrida tashkil etilgan forumda ishtirok etayotganimdan juda xursandman, deydi biz bilan suhbatda Urganch shahar 93-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati oquvchisi Gulhayo Komiljonova. Bizga imkon berayotganlarga rahmat aytaman.

Ozbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi tomonidan «Ezgu goyadan ezgu maqsad sari!» shiori ostida otkazilgan Besh tashabbus besh imkon! nomli 5 yonalishni oz ichiga olgan yoshlar forumi Gulhayo va Mahliyoga oxshagan iste’dodli yoshlar uchun yana bir imkoniyat eshigini ochib berdi.

Malumki, joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga etiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish konikmalarini singdirish, yoshlar ortasida kitobxonlikni targib qilish hamda xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazilgandi. Unda Prezidentimiz ijtimoiy, manaviy-marifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yolga qoyish boyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgandi. Mazkur forum ana shu tashabbuslar targibotini kuchaytirish maqsadida otkazildi.

Bizda qobiliyatli yigit-qizlar juda kop, deydi Ozbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Rahimbergan Yusupov. Ularga imkon berilsa boldi. Oz bilim va sanati, kuchi hamda aqli bilan dunyoni lol etadi. Bu yolda biz ularga tirgak, yordamchi bolsak bas. Bugungi tadbirda ham asosiy etibor shunga qaratildi. Zero, ezgu goyalar va yaratuvchanlik ruhiyati bilan yoshlarni bir maqsad atrofida jamlash orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qalblarda yurt taqdiriga daxldorlik hissini oshirish, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish partiyamizning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Tadbir davomida Urganch shahar 93-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining imkoniyati cheklangan oquvchilari tomonidan ijodiy ishlar korgazmasi tashkil qilindi. Unda mohirlik va nozik did bilan toqilgan buyumlar, munchoqlardan yasalgan gullar namoyish etildi va ishtirokchilar olqishiga sazovor boldi.

Shaxmat va shashka boyicha otkazilgan musobaqada onlab yoshlarning ishtirok etishi bu sport turining nechogli ommalashganidan dalolat berib turdi. Shashka musobaqasida Yangibozor tumanidan Jasur Ismoilov, Urganch shahridan Odilbek Matkarimov, Gurlan tumanidan Ozoda Rahmonova yuqori orinlarni egalladi. Shaxmatda esa Xiva shahridan Gulsevar Otabayeva, Xiva tumanidan Abrorbek Arslonov, Bekchanboy Goibnazarov peshqadam bolishdi.

Forumda ishtirok etgan stol tennisi boyicha Ozbekiston chempioni Maftuna Abdullayeva bolalarga mahorat darsi otdi hamda oz taassurotlari bilan ortoqlashdi.

Forum yuqori shukuhda, ozgacha kayfiyatda otmoqda, deydi u. Bolalarning xursandligini aytmaysizmi? Mana shunday kotarinki tadbirlar yoshlarning yanada yuksak marralarni egallashiga asos bolib xizmat qiladi.

Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish maqsadida Kitoblar yarmarkasi ham tashkil qilindi. Shu xususda forum qatnashchisi Oyjon Karimova oz fikrlarini bildirdi.

Kitob oqishni juda yaxshi koraman, deydi u. Yoshlarni kitob oqishga qiziqtirish, ular orasida manaviy muhitni yanada yaxshilashda kitob yarmarkalarining ahamiyati katta. Bugun mojaz kutubxonam uchun yangi nashr etilgan asarlardan xarid qildim. Oila azolarim uchun ham sovga olishni oylaganman.

Forum davomida Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarka davomida 13 ta murojaat bolib, ularning 3 nafariga shu kunning ozida maktabgacha talim muassasasiga ishga qabul qilish boyicha yollanmalar berildi.

Tadbirning Xiva shahri markazida joylashgan Nurullaboy istirohat bogida otkazilishi katta ahamiyatga ega boldi, deydi Rahimbergan Yusupov.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovgalari taqdim etildi.

Ozbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi ham Buxoro shahridagi Yoshlar markazida beshta muhim tashabbus ijrosiga bagishlangan yoshlar forumi otkazdi.

Birinchi yonalish boyicha Istedod shousi tashkil etildi. Unda yoshlar qiziqqan yonalishlarida istedodlarini namoyish qildi.

Shuningdek, forum doirasida imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy ishlari korgazmasi tashkil etildi. Korgazmada ishtirok etgan har bir yoshga partiya tashakkurnomasi va esdalik sovgalari topshirildi.

Ikkinchi yonalish boyicha oliy oquv yurtlari hamda mahalla yoshlari ishtirokida favvoralar xiyobonida Oren air velomarafoni, nogironligi bolgan yoshlar ortasida esa Umid yolagi nomli sport musobaqasi ham otkazildi. Xotira turniri, yengil atletika, yakka kurashlar va milliy sport turlari boyicha musobaqalar ishtirokchilarda katta qiziqish uygotdi. Musobaqa goliblari Ozbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi, hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovgalari bilan takdirlandi.

Tadbirda qatnashganimdan xursandman, deydi Umid yolagi sport musobaqasi qatnashchisi, I-guruh nogironi Olmas Yahyoyev. Musobaqa haqida eshitib, Olot tumanidan yetib keldim. Yangi dostlar orttirdim. Tengdoshlarimning sportda erishayotgan yutuqlarini korib quvondim. Men ham kelajakda paralimpiyachilar safida katta musobaqalarda qatnashmoqchiman.

Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishi uchun WiFi xonalar tashkil etildi.

Tortinchi yonalish boyicha Ozbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi binosida VOOK ROOM kitob javonlari, maxsus kochma kutubxonalar tashkil etildi. Viloyatning chekka hududlarida kitobxonlik kechalari otkazilishiga kelishib olindi. Kitobxonlik kechalarida taniqli yozuvchilar, shoirlar, aktyorlar ishtirokida badiiy chiqishlar qilinadigan boldi. Yoshlar orasida oqigan kitoblari boyicha Bilimdon tanlovi otkazildi.

Forum doirasida viloyat bandlikka komaklashish markazlari bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda tashkilotlar ozlarining bosh ish orinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirkorlikni boshlash niyatida bolgan xotin-qizlarga dastlabki biznes-loyihalarini ishlab chiqishda komaklashildi. Chevarchilik, pazandachilik, sartaroshlik boyicha oquv kurslari, oquv ishlab chiqarish majmualari bilan hamkorlik aloqalari ornatildi. Shu yonalishlar boyicha kasb-hunar egallashni istagan xotin-qizlar aniqlanib, ularga ushbu oquv kurslarida oqishga yollanmalar berildi.

Umurbek BEKTEMIROV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: