O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

PAST DARGOM TUMAN HOKIMLIGI 47 NAFAR BEMOR BOLA OPERATSIYASI XARAJATLARINI ZIMMASIGA OLDI

Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasidan berilgan ma’lumotga kora, hozir tumanda 18 yoshgacha bolgan bolalarning 123 nafari tugma yurak nuqsonidan aziyat chekmoqda.

— Tugma yurak nuqsonli bolalar toliq kardiolog vrachlar korigidan otkazilgan, dedi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A.Otayev. Bizning qolimizdan kelgani davolanishi uchun tegishli muassasalarga order berishdir. Ular 2020 yil oxirigacha operatsiya qilinuvchilar navbatiga ham kiritilgan. Hozirgacha bemor bolalarning 23 nafari Toshkentda operatsiya qilingan. 1 nafari Rossiyada, 3 nafarining ota-onasi Hindistonda davolatib qaytishdi. Ammo bunday murakkab jarrohlik amaliyotiga sarflanadigan xarajatlarni hamma ota-onalarning ham hamyoni kotaravermaydi.

Mutaxassislar tashhislariga asoslanib, 2008-2018 yillarda tugilgan 47 nafar bolani zudlik bilan operatsiya qilish orqali soglom hayotga qaytarish mumkinligini tuman hokimi Shunqor Xudoyberdiyevga bildirdik va bu boradagi takliflarimizni aytdik.

«Bilasiz, Samarqand shahridagi viloyat kop tarmoqli bolalar shifoxonasining yurak xirurgiyasi bolimida bunday operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Doxtirlar bilan boglanib, vaziyatni tushuntiring. Bu bolalarning hayoti bizga kerak. Operatsiya uchun sarflanadigan mablagni hokimlik zimmasiga oladi», dedi hokim.

Birinchi bolib 8 yoshli Sherzod Sayfullayev malakali shifokor Maqsud Saidov tomonidan operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyotidan song bolaning onasi bilan suhbatlashdik.

Toshkentga ham olib bordim. Shifokorlar ikkinchi bosqichda operatsiya qilinishini, lekin yashab ketishga kafolat yoqligini aytishdi. Tuman hokimligiga murojaatimdan song, Yaratganning ozi yolimizni ongladi. Samarqandda shu dard bilan tugilgan bolalarni davolash muassasasi ish boshlagan ekan. Bolajonimning dardiga befarq qaramaganlarga rahmat, operatsiyaga sarflanadigan mablagni ham tolashibdi, dedi Munisa Tursunova.

Bu yerdan chiqqach, kop oqiyman. Yo hokim bolaman, yo doxtir. Men ham xuddi ana shu odamlarday dardmand bemorlarga yordam beraman, dedi Sherzodjon.

Otgan yil may oyidan buyon tugma yurak nuqsoni bor bolalarni hayotga qaytarayapmiz, dedi shifokor Maqsud Saidov. Viloyat hokimligidan minnatdormiz. Qiymati 2 milliard somlik oksigenator tibbiyot asbobini olishga mablag ajratdi. Shart-sharoitlar yaratildi. Shu sabab Samarqandda ham murakkab bu amaliyotni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoni tugildi.

Tugma yurak nuqsonli bemorda jarrohlik amaliyoti otkazilishi uchun 23 turdagi dori-darmonlar zarur boladi. Bu kamida 14 million som degani. Past Dargom tuman hokimi birinchi bolib bu xarajatlarni tolash tashabbusi bilan chiqqani xalqimizga xos muruvvat namunasi. Xasta bolalarga mehr-muruvvat korsatilishi boshqa davlatlardan kelib murakkab operatsiyalarda qatnashayotgan hamkasblarni ham lol qoldirdi. Chunki xarajatlarning ozi salkam 750 million somni tashkil etadi. Yana bir muhim jihati, hozir ana shu bolalarning har biriga 450 ming som atrofida nafaqa tayinlangan. Operatsiyalardan song bu bolalar butkul sogayadi. Yani, nafaqaga ehtiyoj ham, zarurat ham qolmaydi. Xudo xohlasa, uch oy atrofida bu bolalarning hammasi soglom hayotga qaytadi.

Suhbatdan song shifokorlar ijozati bilan palatalarni kozdan kechirdik. Har bir xona fasllar, ertaklar tafsilotiga mos jihozlangan. Xonalarga boylarkanmiz, onalarning yorug chehralari, operatsiyadan bir muddat otib yuzlari tiniqqan bolajonlarning oyinchoqlar bilan mashgulliklarini kordik.

Baxtiyor SHUKUROV,

xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: