O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

BOLALARGA BERING DUNYONI

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi shu shior ostida bayram tadbiri otkazdi

Poytaxtimizdagi «Ashxobod» saylgohi har qachongidan ham gavjum. Qolida shar va muzqaymoq tutgan bolajonlarning kozlari porlamoqda.

Yozning ilk kunini barcha intiqib kutadi. Istirohat boglari esa bolalarning tabassumlari bilan goyoki mojizalar dunyosiga aylanadi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir ham poytaxt tumanlaridan kelgan nogironligi bolgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga quvonch ulashdi.

OzXDP Markaziy Kengash raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov saylgohdagilarni xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabrikladi.

Shundan song tadbirning badiiy qismi boshlandi. Unda bolajonlar uchun bayramona dastur namoyish qilindi. Respublika Qogirchoq teatri jamoasi ijrosida Maqtanchoq quyon, Dangasa bola, Kitob — yaxshilikka yetaklar nomli qiziqarli kongilochar sahna korinishlari taqdim etildi. El suygan estrada xonandalari tomonidan kuylangan qoshiqlar ishtirokchilarga kotarinki va bayramona kayfiyat ulashdi. Konsert dasturi davomida bolalar ishtirokida noan’anaviy shou otkazildi. Yani, koy-qoshiqqa qiziqadigan bolalarga iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratildi.

Bu tadbirda ishtirok etish uchun qizim bilan Yunusobod tumanidan keldik, dedi tadbir ishtirokchisi Gavhar Ziyayeva. Qizim aslida egizak farzandlarimdan biri. Ular Hasan va Zuhra. Kop qavatli uylarda yashaymiz, ularni har kuni ham sayr qildirishga imkon bolmaydi. Ozbekiston XDP vakillari uyimizga borib, bayramga taklif etishganida bolam juda quvondi. Saylgohga kelib kayfiyatimiz kotarildi. Qizimga qogirchoq teatrining sahna chiqishlari, estrada xonandalarining kuy-qoshiqlari manzur boldi.

Bilasizmi, aslida insonga kop narsa kerak emas, dedi tadbir ishtirokchisi Oydin Abduqodirova. Ozgina etibor ham odamni baxtiyor qiladi. Taqdir taqozosi bilan oglim Umidjon Axrorov nogiron holda tugildi. Boshqa bolalarni korib, kongli oksimasligi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilib kelaman. Ozbekiston XDP tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiriga farzandim kabi nogironligi bolgan bolalar taklif etilishi muborak Ramazon kunlaridagi savob ish, deb bilaman. Oglimni quvonchi cheksiz.

Tadbir songgida Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan bolajonlarga sovgalar ulashildi.

Jizzax viloyat partiya kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir ham kotarinki ruhda otdi. Turli attraksionlardan bepul foydalanishi uchun bolalarga yollanmalar berildi.

Hududlarda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Ulugbek RAHMONOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: