O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
04.06.2019

NAVBATDAN TASHQARI PLENUM

Plenumda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdi.

Dastavval, Prezidentimizning Talabalar shaharchasida otkazilgan yigilishdagi «Innovatsion goyalarni ilm-fan va sanoatga keng tatbiq etish — islohotlar samaradorligining bosh mezoni» nomli maruzasidan kelib chiqadigan, partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Davlatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash ilgor ilmiy ishlanmalar va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning songgi yutuqlarini amaliyotga samarali joriy etish bilan bevosita bogliq. Shu manoda ilm-fan mamlakat taraqqiyoti va farovonligining asosidir. Ayniqsa, barcha sohada yangiliklarga intilish hamda raqobat kuchayib borayotgan bugungi davr iqtisodiy salohiyatni mustahkamlab borish uchun ilgor ilmiy ishlanmalar va texnikaviy yutuqlardan samarali foydalanishni talab etmoqda.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan plenum azolarining fikr-mulohazalari tinglandi hamda tegishli takliflar olindi. Ular asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala ham korib chiqildi. Bugungi kungacha Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Hotamjon Ketmonov boshqa ishga otganligi bois, oz xohishiga kora partiya yetakchiligidan ozod etilishini sorab plenum azolariga murojaat etdi va uning arizasi qanoatlantirildi.

Plenumda Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qomitasi azolari, joylardagi partiya vakillarining taklifiga asosan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi vazifasiga Ulugbek Inoyatov nomzodi tavsiya etildi. Plenum azolari bu taklifni bir ovozdan qollab-quvvatladi.

Ulugbek Inoyatov Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylandi.

Ulugbek Inoyatov 1962 yilda Toshkent shahrida tugilgan. Millati ozbek. Malumoti oliy, pedagogika fanlari doktori. 1985 yilda Toshkent politexnika institutini, 1998 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda Toshkent politexnika instituti assistenti vazifasidan boshlagan. 1989-1993 yillarda mazkur institutda aspiranturada tahsil olgan.

1993-1999 yillarda Toshkent arxitektura qurilish instituti iqtisodiyot fakulteti dekani orinbosari, dekani, orindoshlik asosida iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti bolib faoliyat yuritgan.

1999-2003 yillarda Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji direktori vazifasida mehnat qilgan.

2003-2006 yillarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, talim, sogliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boyicha Davlat maslahatchisi xizmati Talim va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish boyicha guruhining bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.

2006-2011 yillarda Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji direktori, 2011-2013 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, 2013-2018 yillarda Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vaziri bolgan.

2018-2019 yillarda Namangan davlat universiteti rektori lavozimida mehnat qilgan.

2006 yil Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: