O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.05.2019

UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KORSATISH SOHASIGA DOIR MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan «Uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish» mavzusida seminar otkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati kengashlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari, mahalliy Kengash depuputatlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida kop qavatli uy-joy fondini toliq inventarizatsiyadan otkazish, xorijiy tajriba asosida renovatsiya dasturini ishlab chiqish, isitish tizimlarini yaxshilash, Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida mamuriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qollab-quvvatlash vazifasi belgilangan.

Seminarda takidlandiki, sohaga tegishli qonunlarni yanada takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yol qoyilayotgan qator kamchiliklar ham aytib otildi. Masalan, ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat korsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Kop xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yoqligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat korsatish tizimini yanada takomillashtirishga tosiq bolmoqda va uy-joy mulkdorlarining haqli etiroziga sabab bolmoqda. Kop xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilishning samarali tizimi tashkil etilmagan, kop hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi boyicha belgilangan talablar buzilishiga yol qoyilmoqda. Bino va inshootlarni tamirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish boyicha ishlar olib borilmayapti, kop xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meyorlariga javob bermaydi.

Seminarda kommunal xizmatlar korsatishda istemolchilar manfaatlarini himoya qilish va ijtimoiy adolat tamoyilini hisobga olgan holda boshqariladigan narx va tariflarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, istemolchilarning huquqlarini himoya qilish, ular uchun xavfsiz, sifatli tovarlar yetkazib berish va xizmatlar korsatish tizimini takomillashtirish zarurligi takidlandi. Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmatlar korsatishning yagona huquqiy standartlarini ornatish, ushbu sohada boshqaruvning samarali mexanizmini yolga qoyish, tariflar ornatishning shaffofligi va asoslanganligini taminlash, shu jumladan davlat-xususiy hamkorlik boyicha choralar yordamida sarmoyadorlarni jalb qilish maqsadida uy-joy, kommunal xizmatlar va ularning tariflari togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Ulugbek RAHMONOV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: