O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.05.2019

BOZ BOSTONGA AYLANADI

Matluba TO‘YCHIYEVA, Ozbekiston XDP Boz tuman kengashi raisi:

— Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga otgan haftadagi tashrifi davomida bildirilgan tanqidiy fikrlar, ilgari surilgan taklif va tashabbuslardan har doim osishga, ozgarishga intilib yashash kerakligini tushundik.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash hamda uy-joyga bolgan ehtiyojni qondirish eng muhim vazifa ekani yana bir bor hammamizga eslatildi. Bu bejiz emas. Chunki, doimiy ish orni bolsa va yashash uchun turar joy bolsa, oila baxti shulardan boshlanadi.

Shuningdek, insonning qolida mablagi bolsagina turmushi yaxshilanib, otayotgan kunidan rozi boladi. Buning uchun avvalo ish orni kerak, oz navbatida ish orni uchun investitsiya zarur. Muammoni faqat shu yol bilan yechish mumkin. Investitsiya kirdimi, yuzlab, minglab ish orinlari yaratilib, aholi daromadlari ortadi. Etibor bering, viloyatga investitsiya kiritish otgan yilga nisbatan 19 foizga ortgan bolsa ham ishsizlik muammosi hamon saqlanib kelmoqda.

Tashrif mobaynida ushbu masalalarning yechimini topish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga taklif va tavsiyalar berildi. Takidlandiki, bugungi kunda investitsiya kiritish boyicha Andijon va Asaka shaharlarida olib borilayotgan ishlar talab darajasida, xolos. Qolgan 14 ta tumanda investitsiya kiritish masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda. Qayd etildiki, tumanlarda ham insonlar yashaydi, ular ham baxtli bolishni, farzandlarini ulgaytirishni va doimiy ishli bolishni xohlaydi. Buni taminlash uchun viloyatga investitsiya kiritish, sanoatni rivojlantirish, ish orinlari tashkil etib, farovonlikni taminlash lozim.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, demografik holatning barqarorligini taminlash, tugilish korsatgichlarini tartibga solish borasida biror marta ham sessiyaga masala kiritmagani haqida aytildi, aniq tavsiyalar berildi. Haqiqatdan ham, tumanlar, qishloq vrachlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar kesimida ushbu korsatgichlar tahlil qilinib, viloyat sogliqni saqlash bolimi, tumanlar tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlari eshitilib borilsa, viloyatdagi muhitni ozgartirishda muhim omil bolar edi.

Prezidentimiz 2016 yil Boz tumaniga borgan, hududdagi ahvol bilan yaqindan tanishgan edi. Shundan song hech qanday sanoat korxonasi yoq, qoloq bir tumanda «SABO TEKSTIL» ishlab chiqarish korxonasi qurilib foydalanishga topshirildi va 400 nafardan ortiq opa-singlimiz doimiy ish bilan taminlanadigan boldi. Tasavvur qiling, ish bilan taminlanganlarning ortacha uch nafardan farzandi bolsa, 1200 nafar insonning farovonligi taminlanadigan boladi. Shuncha inson hayotdan rozi bolishi uchun sharoit yaratiladi.

Bundan tashqari, tumanimizda EVRO EKVIN naslli qoramollar boqishga moljallangan chorva kompleksi ishga tushirilganiga nima deysiz?! Agar bundan tort-besh yil avval tumanda tekstil fabrikasi, naslli chorva majmuasi ishga tushadi, deyishsa, ishonmasdim. Chorva majmuasi ishga tushishi natijasida yuzdan ortiq ish orni yaratiladi, shuncha oilaning turmushida baraka boladi.

Ochigi, farzandimni veterinariya yonalishida oqitishni niyat qilib turibman. Ushbu kasbni organsa, ishi tayin. Ishi tayin yoshlarimiz esa olis yurtlarda sarson-sargardon bolib, ish izlab yurmaydi.

Davlatimiz rahbarining bu galgi tashrifi ham biz, bozliklar uchun quvonchli boladi. Tumanimiz 1950 yilda tashkil topgan bolib, kelasi yil yetmish yoshini nishonlaydi. Shu munosabat bilan Bozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha Davlat dasturiga kiritish, obod, korkam tumanga aylantirish borasida barcha vazirliklarga topshiriq berilgani, katta mablaglar ajratilishi tuman ahliga bolgan mehr-muhabbatning namunasi, deb oylaymiz.

Bir paytlar boz yerlaridan boshqa ajralib turadigan narsasi bolmagan hudud yillar otib bostonga aylanib bormoqda. Bugun butun tuman ahli hayotiga yangi kun, yangi nafas kirib kelmoqda. Odamlarning dillaridagi quvonchi tillariga kochyapti. Boisi, aholi bilan muloqot paytida tumanimizni Boston tumani, deb nomlash boyicha taklif berildi. Bu taklif bozliklar uchun katta xushxabar boldi. Yaqin yillar ichida tumanimizdagi mahallayu kochalar bostonga aylanishi shubhasiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: