O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

100 YOSHIDA QAYTA OYOQQA TURGAN MOMO

Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida bayram tadbiri o‘tkazildi

Ertalab qol telefonimga qisqa xabar keldi. «...Bugun soat 10:00 da Qoraqamish mavzesida Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida tadbir bor». Negadir shu xabarni oqib, televideniye orqali namoyish etilgan Berlin-Oqqorgon filmi xayolimga keldi. Aniqrogi, filmda asirlikka tushgan bir qahramonning sozlarini esladim. ...Biz qochoq emasmiz. Qochoqlarning ortidan otishadi. Koksimizdan ot.... Mazkur filmda front ortidagi qiyinchiliklar, xalqimizning ogir turmush sharoiti, ota-bobolarimiz korsatgan jasorat aks etgan.

Togrisi, bunday hikoyalarni kinoda korish boshqa, osha qora kunlarga guvoh bolgan insonlarning ozidan eshitish boshqa. Shuning uchun Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati tomon yol oldim.

Har gal muassasada bolganimda u yerdagi otaxon va onaxonlarning munis chehrasiga boqishga urinaman. Suhbat davomida esa ularning har bir sozida hikmat borligini anglayman. Bugun ham xuddi shunday boldi. Darvozadan kirishimiz bilan bagrini ochgan nuroniylar bilan uzoq hol-ahvol sorashdik. Ular muassasadagi sharoitlar, turli konsert dasturlariga, teatrlarga borishayotganini maroq bilan gapirib berishdi.

— Har gal pansionatga kelganimda ruhim yengillashadi, deydi OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi orinbosari Abror Qurbonov. Shu yaqin atrofdan otdimmi, albatta, nuroniylarning ziyoratiga oshiqaman, suhbatini olishga harakat qilaman. Ochigi, ulardan organadigan, ibrat oladigan jihatlarimiz kop. Orni kelganda bir voqeani aytib bersam. Yaqin tanishim oqituvchi bolib ishlaydi. Bir kuni sinfidagi eng topolonchi oquvchilarni pansionatga olib kelibdi. Otaxon va onaxonlar bilan tanishtiribdi. Ular bolalalik xotiralarini, ya’ni bir bolak non uchun tong sahardan dokon oldida navbatda turishganini sozlab beribdi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari esa ilm olib, ozi istagan sohani tanlashiga imkoni bolmaganini, 10-12 yoshdan zavod-fabrikalarda mehnat qilganini aytishibdi. Bir hafta otmasdan bolalarning xulqida, oqishida ijobiy tomonga ozgarish bolibdi.

Shunday bolgani rost, deydi Urush va mehnat faxriylari respublika pansionati direktori Farangiz Akramova. Muassasamizda 150 nafardan ortiq nuroniy istiqomat qiladi. Hozirgi vaqtda toqish, tikish, duradgorlik, shaxmat, shashka togaraklari faoliyat yuritmoqda. Kutubxonamiz ham ularning ixtiyorida. Yilda bir marta olimpiya qomitasi vakillari kelib, maxsus turnir otkazadi. Goliblarga sovgalar beriladi.

Yaqinda pansionat binosining ikkinchi qismi ham ishga tushdi. Bu mustaqil harakatlana olmaydigan bemorlarga qarashda ancha yengillik bermoqda. Endi nuroniylar bilan ham suhbatlashing, ularning fikr-mulohazalarini eshiting.

OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov muassasada 100 yoshni qarshilagan onaxon istiqomat qilayotganini aytib qoldi. U mehnat faxriysi Valentina Chekova ekan.

23 yildan buyon shu yerdaman, deydi u. Turmush ortogim on tort yil oldin vafot etdi. Yoshligimiz ayni Ikkinchi jahon urushi vaqtiga togri keldi. Hamshiralik diplomim bolgani uchun Jizzax viloyatining Dostlik tumanidagi kichik bir shifoxonaga ishga kirdim. Vaziyat nihoyatda ogir edi. Buni har qancha sozlab bersak ham haqiqiy vaziyatni tasavvur qilish mushkul. U vaqtda hech kim sogligi haqida oylamas, jonidan otsagina shifokor huzuriga kelardi. Bu orada janggohlarda yaralanib, gospitalda davolanib, urushga yaroqsizligi uchun yurtiga qaytarilgan askarlar bilan ham kop suhbatda boldim. Eh, ularning birgina koz qarashi urush dahshatini korsatib berardi goyo. Nogiron bolib qolgan askarlar ozini keraksiz insondek his etishardi. Ishonasizmi, shifokorlar yetishmasligi sabab, kichikroq jarrohlik amaliyotlarini mustaqil otkazishga majbur bolganman.

Yaqinda bir guruh nuroniylarni Jizzax viloyatiga sayohatga olib bordik, deydi Farangiz Akramova. Onaxon ishlagan shifoxonada ham boldik. Valentina Chekovaning shogirdlari hamon shifoxonada faoliyat olib borishar ekan. Ular bilan diydorlashib, onaxon ancha yoshardi.

Ilk bor muassasaga kelganimda Valentina Chekova notogri yiqilish oqibatida ornidan turolmasdi. Ammo onaxonda oyoqqa turishga ishonch bor edi. Bu yil momo yuz yoshni qarshiladi.

Men urushda bolmadim, qonga tolgan janggohlarni kormadim, deydi mehnat faxriysi Roza Vatulina. Ammo urushdan uzoqdagi aholining dardini, kozidagi mungni kordim. Asosan ayollar, bolalar dalada, zavod-fabrikalarda mehnat qilardi. Tolgoq azobini unutmasdan, chaqalogini dala boshiga qurilgan belanchakka boglab ishlagan fidoiylarni kordim. Tilagim bitta yurtimizda, yer yuzida hech qachon urush bolmasin.

Pensionatdan qaytayotib, yuragimizda allanechuk hislar paydo boldi. Farzandlaringni atrofingga olib bexavotir sayr qilish ham aslida katta baxt ekanini anglab yetgandek boldik.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozimuxbiri.



DB query error.
Please try later.