O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.05.2019

URUSHDAN KEYIN HAM OSON BOLMAGAN

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari mamlakatimizning barcha hududlarida madaniy-ma’rifiy hamda yoqlov tadbirlari otkazmoqda.

4 may kuni erta tongdan partiya Markaziy Kengashi azolari bilan Qibray tumanidagi Dombirobod dam olish maskani tomon yol oldik. Manzilga yetib borganimizda, «Istiqbol» yoshlar qanoti faollari Sharaf lentasi aksiyasini boshlab yuborgan ekan. Tasma taqish marosimi yoshlar orkestrining kuy-qoshiqlari jorligida olib borilgani atrofdagilarni xushnud etdi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov yigilganlarni bayram bilan tabriklab, Ikkinchi jahon urushida jasorat korsatgan ajdodlar oldida barchamiz qarzdor ekanligimizni, ularning yashab otgan yoli bizga ibrat bolishi kerakligini takidladi. Ozbekiston XDP tashkilotlarida kop yillar mehnat qilgan fidoyi, faxriy xodimlar ezozlanib, esdalik sovgalar topshirildi. Shundan song tadbirning ikkinchi qismi boshlandi. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoshinlari orkestri jamoasi, el ardogidagi estrada xonandalari va raqqosalarning chiqishlari barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Shu kuni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarida ham boldik. Qibray tamanidagi Qumqorgon mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qochqor Nasimovning holidan xabar oldik.

— Keksalarga korsatilayotgan etibor va gamxorliklardan minnatdormiz, dedi u. Bu farovon kunlar uchun doimo shukrona keltirishdan charchamaymiz. Urushni biz kordik, bolalarim, siz kormang. Yaxshi kunlarning qadriga yeting.

Sakkiz farzandim, 26 nabiram, 48 chevara va 4 nafar evaram ardogida umrguzaronlik qilyapman, deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sayfiddin ota Shodmonov. Men bazan urush xotiralaridan sozlaganimda, nevaralarimning ishongisi kelmaydi. Ular qoliga kitob tutib, qaysi oliygohda oqishni tanlashayotgan yoshda biz qolimizda qurol tutib, jangohlarda kezganmiz. Kozimiz gul-chechaklar orniga qonli izlarni korgan, kitob tutmay, qurol kotarib yurganmiz. Sevganlarimizni bir bora korish eng katta orzu bolgan. Oila azolarimizdan xat kelsa, bizdan baxtli inson topilmasdi. Ammo bazi quroldoshlarimizga halok bolganidan keyin oila azolaridan maktublar kelganda nima qilishni bilmay qolardik.

1940 yilda harbiy xizmatga chaqirishdi. Kop otmay urush boshlanib, harbiy xizmatdan togri urushga jonatishdi. Shu ketishda Moskvadan Berlingacha borganman. Oqchi diviziyada oq tashiganman. Bilasiz, dushmanning eng birinchi galdagi vazifasi qurol zaxiralarini yoqotish hisoblanadi. Shunda galaba qilishga imkon kopayadi. Biz ham qurol-yarogga javobgar edik. Bu katta masuliyat edi. Diviziyamiz bilan kop oq yomgirlari ostida qolardik. Hatto ikki marta yaralanib, harbiy gospitalda davolanib ham chiqdim. Ammo ortga qaytmadim. Oxirigacha borishga, galaba qilmaguncha Vatanga qaytmaslikka ont ichgandim. Reyxstagga bayroq tikilgan kun osha yerda edim. Osha vaqtda jangda halok bolgan har bir safdoshimni nomma-nom yodga oldim. Urushdan keyin ham Berlinda qolib, xizmatni davom ettirdim. 1946 yilda Ozbekistonga qaytib, kechki maktabni tamomladim va oqishga kirdim. Uylandim. Birin-ketin farzandlarim dunyoga keldi.

Otam urush haqida kop gapirishni yoqtirmaydi, dedi Sayfiddin otaning qizi Lobar Almatova. Urushdagi dostlarini yodga olganda uzoq oyga toladi. Chuqur uh tortib, nevaralarining oyin-kulgusidan oziga keladi.

Yoqlov tadbirlari Nukus shahrida ham otkazildi. Xalqlar dostligi mahalla fuqarolar hududida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nurulla Abdullayev bilan bir piyola choy ustida suhbat qurildi.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi azolari ham yoqlov tadbirlarini faol otkazishmoqda.

Shayxontohur tumani Taxtapul mahallasida istiqomat qilayotgan Shuhrat medali sohibi, mehnat faxriysi Shoira Ahmadaliyevaning uyida boldik. Onaxon bilan dildan suhbatlashdik.

Urush boshlanganda on tort yoshda edim, deydi u. Zavod, fabrikalarda ishlashga majbur bolganman. U vaqtda bu yigitlarni, bu qizlarni ishi deb ajratib otirolmasdik. Kimningdir akasi, kimningdir otasi urushda edi. Har bir harakatimiz bilan ularga komaklashayotgandek his etardik ozimizni. Qolimiz ishda, xayolimiz esa jangohlardagi yaqinlarimizda bolardi. Urushdan keyin ham hech birimizga oson bolmadi. Ocharchilik, motam kayfiyati atrofda hukmronlik qilardi. Ammo bu vaziyatdan chiqish kerak edi. Barcha buni yaxshi tushinar va anglardi. Urushdan keyin ham mehnatdan qochmadik. Xalqimiz, kelajak avlod uchun xizmat qildik.

Bunday uchrashuvlar doimo meni hayajonga soladi, dedi Ozbekiston XDP Shayxontohur tuman kengashi raisi Iroda Abdullayeva. Urush qatnashchilari oldida burchli ekanligimizni his etib, ular holidan xabar olishni kanda qilmaymiz. Har gal suhbat avvalida, tinchlik, osoyishta hayot uchun minnatdorlik bildiramiz. Afsuski, ularning soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Otaxon-onaxonlarning har bir sozi katta qimmatli ogit. Bunday suhbatlar yoshlarga hayotni chuqurroq tushinishda yordam beradi.

Yoqlov tadbirlari hududlarda davom etmoqda.



DB query error.
Please try later.