O'zb  
 
07.05.2019

HAMKORLIK VA TASHABBUS OZ SAMARASINI BERMOQDA

Buxoroga xizmat safarimiz chog‘ida birinchi borgan manzilimiz Buxoro shahridagi 19-son davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi boldi. U yerda oquvchilarning bosh vaqtini mazmunli otkazish, ogil-qizlarni togaraklarga jalb qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdik. Sport zaliga kirganimizda bir guruh ogil bolalarga ulardan yoshi kattaroq qiz mashgulot otkazayotganini kordik.

— Men 8-sinfda oqiyman, deydi Shakira Murodova. Yengil atletika va qol jangi bilan shugullanaman. Bu sport turlari menga juda ham yoqadi. Hozir esa ustozlarimga 6-sinf oquvchilariga mashq otishda yordamlashyapman. Boshqa tengdoshlarim viloyatimiz markazida otkazilayotgan musobaqada qatnashish uchun ketishdi. Sport bilan shugullanganimda xayolim faqat shu mashgulotlar bilan band boladi. Muhimi, sinfdoshlarim orasida tortishuvlar, kelishmovchiliklar haqida oylamayman. Aslida unchalik yomon qizmasman. Faqat sinfdosh qizlar bilan kelisha olmayman. Ogil bolalardan esa uzoqroq yurishga harakat qilaman. Masalan, doskani artmoqchi bolsam, kech qolding, biz artib qoydik, deyishadi yoki yana boshqa mayda-chuydalar sabab tortishib qolamiz. Shuning uchun ular orasida yaqin dugonalarim yoq. Sirdosh dostlarim boshqa maktabda oqishadi. Oddiy narsalarga ham tez tasirlanib ketaman.

Ayni paytda xolamlar bilan birga yashayapman. Onam meni yolgiz ozi tarbiyalardi. Uning vafotidan keyin tushkunlikka tushib qoldim. Xolamga rahmat, oz bagriga oldi. Farzandlaridan kam qilmay tarbiyalaydi, mazali ovqatlar, ozoda kiyimlar bilan taminlaydi. Aslida ularning mehri tufayli hayotimda yangi mazmun paydo boldi. Sportdagi yutuqlarim bilan yangi oilamni, ustozlarimni xursand qilishni istayman. Orzuim kelajakda Milliy gvardiya safida xizmat qilish.

Malum bolishicha, Shakira tarbiyasi ogir bolalardan bolib, uning shoxliklari chegara bilmasdi. Maktab psixologi hamda pedagoglar maslahatlashgan holda uni maxsus sinfga otkazishgan. Ertalab soat 8 dan 17 ga qadar u maktabda boladi. Chuqurlashtirilgan darslar, tushdan keyingi sport mashgulotlari uni bosh qolishiga imkon bermaydi. Doimiy kuzatuv va togri yondashuv asosida qizning notogri yolga kirib qolishining oldi olindi. Hozirda Shakiraning oy-xayoli koproq galabaga erishish, ozini yaxshi tomondan atrofdagilarga namoyon qilish bilan band ekan.

U yerdan chiqib, ikkinchi qavatda joylashgan faollar zaliga kirdik. Birinchi va ikkinchi qavatda oquvchilarning mehnat va rasm darslari hamda togaraklarda oz qollari bilan yaratgan sanat asari namunalaridan iborat korgazmaning guvohi boldik. Faollar zalida esa Ozbekiston xalq shoiri, el ardogidagi marhum ijodkor Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilgan madaniy-marifiy tadbir bolayotgan ekan. Viloyatning nufuzli tashkilotlari vakillari, shoir-yozuvchilari oquvchilarga bu dunyoda yaxshi nom qoldirish, vatanparvarlik, xalqparvarlik naqadar muhim fazilatlar ekanini tushuntirayotgan ekan. Bolalar esa shoir ijodidan namunalar oqib, sahna korinishlari bilan yigilganlar olqishiga sazovor boldi.

Shu kuni Ozbekiston XDP Buxoro shahar kengashi va maktab mamuriyati hamkorligida Prezidentimizning 5 tashabbusi goyalari asosida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda bandlikka komaklashish markazi, turli tashkilotlar hamda partiyaning ozi ham bosh ish orinlari bilan qatnashdi. Hududdagi ishsiz xotin-qizlar, jazoni otash muassasalaridan qaytganlar, bitiruvchilar taklif etilayotgan mehnat turlari, oylik maoshi va yana boshqa turli masalalarda ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bankdan kredit olish va biznesini boshlash maqsadidagi opa-singillarimizga huquqiy maslahatlar berildi. Bir guruh ayollar ozlariga mos bolgan ishlarni tanlab, kerakli hujjatlarni taqdim etish va bafurja suhbatlashish vaqtlarini kelishib oldi.

Safarimizning birinchi kuni voqealarga boy tarzda boshlandi. Ozbekiston XDP Buxoro shahar kengashi raisi Shoista Nabiyeva bilan kunning ikkinchi yarmida navbatdagi manzil «Mehribonlik» uyi tomon yol oldik. Bu haqda navbatdagi sonlarimizda batafsil hikoya qilish niyatidamiz.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.