O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
30.04.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

Mastlik oqibatida bir-birini pichoqladi

2019 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani, Ortasaroy kochasida yashovchi M.A. va Yuqori Chirchiq tumani Surakent qorgonida yashovchi N.T. Mustaqillik mahallasida mast holda ozaro janjallashib, bir-biriga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Natijada ular kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlar

2019 yil 25 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga kelgan xabarga kora, Sputnik dahasida yashovchi, «Bama Biznes» korxonasi rahbari X.E. va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi J.X. Yashnobod tumanida yashovchi L.H. ismli ayolga Bama Biznes MChJ tomonidan qurilayotgan kop qavatli uylardan uch xonali kvartira olib berishini aytib, aldov yoli bilan undan 12 000 AQSh dollarini olishgan. Ammo pullarni oz ehtiyojlari yolida ishlatib yuborishgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, firibgarlar ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

52 500 AQSh dollari...

2018 yil 19 dekabr kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi A.T. Yunusobod tumanida yashovchi A.P.ga hamkorlikda guruch savdosi bilan shugullanishni taklif etib, undan 52 500 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmay pullarni oz ehtiyojlari yolida ishlatib yuborganligi aniqlangan. A.T. qolga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosqinchilik — ogir jinoyat

2019 yil 26 aprel kuni Yangiyol shahar, Fayzli mahallasida yashovchi X.G. ismli ayolning uyiga nomalum shaxs deraza orqali kirib, uni oldirish bilan qorqitib, uyidan 218.000 som puli, 3 turdagi zargarlik buyumlari va iPhone mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan.

Korilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyol shahar, Turkiston mahallasida yashovchi fuqaro T.Yu. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Talonchilar

2019 yil 26 aprel kuni 2 nomalum shaxs Toshkent shahri, Yunusobod tumanining 18-dahasida kuch ishlatish yoli orqali Sh.N. ismli qizning iPhone va Redmi rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringan.

Tezkor korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumani, Nilufar kochasida yashovchi O.J. va Shayxontohur tumani, Ipakchi kochasida yashovchi F.B. sodir etganligi aniqlanib, ular qolga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchi boshqaruvni eplay olmadi...

Xorazm viloyati, Xiva tumanida yashovchi M.A. 2019 yil 27 aprel kuni boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi avtomagistral yolida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi oqibatida avtomashina yol chetiga chiqib, agdarilib ketgan.

Natijada haydovchi jarohat olib, voqea joyida, uning yolovchisi, Andijon tumani Kengash mahallasida yashagan X.I. ismli ayol kasalxonada vafot etgan. Avtomashinada bolgan yana 2 nafar yolovchiga shifoxonada tibbiy yordam korsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: