O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
23.04.2019

KITOBSIZ, BILIMSIZ KELAJAK YOQ

Angren shahrida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Toshkent viloyat kengashi hamkorligida «Yoshlar uchun baxtli hayot» shiori ostida anjuman otkazildi.

Unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik ortasida targib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga urgu berildi. Har bir tashabbus boyicha seksiyalarga bolingan holda ish olib borildi. Mahorat darslari otkazildi. Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid siyosatning ustuvor yonalishlari, ularni har tomonlama qollab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

— Yoshlarda yangi tashabbus va takliflar kopayayotgani quvonarli, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov. Prezidentimiz ilgari surgan beshta tashabbus bugungi kun talabi ekanini his etdim. Chempionlar bilan uchrashuv vaqtida bir bolakayning onasiga qarab, Men ham jahon chempioni bolaman, medallarim kop boladi, deganini eshitdim. Demak, yaxshi tashabbuslar albatta natija beradi.

Qoli-qoliga tegmay savdo qilayotgan Baraka kitob.uz dokoni xodimi Nihola Mahmadaliyevani gapga tutdik.

Kelganimizga hali kop bolmadi, dedi u. Lekin yigirmaga yaqin kitob sotdik. Bilasizmi, avvallari detektiv, kongilochar ruhdagi qissalar yaxshi sotilardi. Bugun xaridorlar asosan tarixiy, diniy mavzuga oid asarlardan hamda dunyo adabiyoti durdonalaridan sorashyapti. Oquvchilarda esa turli oquv qollanmalar, sheriy kitoblarga qiziqish baland. Ayniqsa, Xudoyberdi Toxtaboyevning asarlari dokon rastalarida kop turmaydi. Ha, aytgandek, Obiddin Mahmudovning Farzandnoma kitobi ham hozir qolma-qol bolyapti.

Yoshlarni kitobxonlikka targib etishning yangicha usullarini oylab topishimiz kerak. Masalan, xorijda kitob dokonlarida muallif oz asaridan parcha oqib berishi odat tusiga kirgan. Bizda ham shu ananani kengaytirish lozim. Bu barcha uchun qiziqarli boladi, deb oylaman.

Niholani ishdan qoymay, anjuman doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi tomon yol oldik.

Bugungi yarmarkaga uchta bosh ish orni bilan qatnashyapmiz, dedi Angren Issiqlik energetikasi DUK xodimi Muhayyo Ismoilova. Hozirgina bir nomzod bilan suhbatlashib, hujjatlarini qabul qildik. Yarmarka davomida qolgan ish orinlariga ham munosib xodimlarni ishga olamiz, degan umiddaman.

Siz jurnalistmisiz, deb soradi Angren shahridagi 40-oilaviy poliklinika xodimlar bolimi noziri Ulugbek Sotiboldiyev. Bir taklifimiz bor edi. Shuni gazetangizda yozsangiz. Mamlakatimizning chekka hududlaridagi shifoxona, oilaviy poliklinikalarda tor mutaxassisliklarga, shuningdek, umumiy amaliyot shifokoriga ehtiyoj katta. Aksariyat hollarda aholi tibbiy korik uchun markazga borishiga togri keladi. Bizning shahrimizda ham shu kabi holatlar uchrab turadi. Angrenlik yigit-qizlar orasida Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotganlar anchagina. Biroq ularning kopchiligi poytaxtda ishlash istagini bildirishadi. Biroq tugilgan joyimiz obodligi uchun xizmat qilish barchamizning vazifamiz, insoniylik burchimiz emasmi?..

Oldinlari oylik maosh kamligini aytishardi. Endilikda esa har uch-tort oyda shifokorlarning oyligi oshirib borilyapti. Taklifimiz shundan iboratki, klinik ordinaturada oqiydigan talabalar oqish jarayonini hududlardagi shifoxonalarda amaliyot bilan birga olib borsa yaxshi bolardi. Hudud aholisining kayfiyati, tibbiy madaniyati va boshqa koplab malumotlar bolajak shifokorga asqotardi.

Bugun shahrimizda katta bayram, dedi Angren shahar hokimi Shukrulla Mahmudov. Farzandlarimiz chempion aka-opalariga havas qilib, sport togaraklariga yozilishdi. Ota-onalar kitob yarmarkasidan bolalari uchun xaridni amalga oshirdi. Oylaymanki, bunday tadbirlarni kopaytirish kerak. Soatlab oqilgan maruza yoshlarning yuragiga yetib bormasligi mumkin. Ammo birgina yuzma-yuz muloqot, mehr bilan oqilgan bitta kitob ularning hayotini ozgartirib yuborishi hech gap emas. Ishonamanki, bugun bolajak jahon, Olimpiya chempionlari mana shu tadbir sabab qoliga birinchi bor charm qolqop olishdi yoki beliga belbog boglashdi. Bizning maqsadimiz ham aslida shu.

Bolaligimizni bir yodga olaylik, deydi OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi Sayyora Fayziyeva. Ota-onamiz qancha nasihat qilmasin, ularning gaplari emas, koproq amallaridan organganmiz. Barchamiz farzandlarimizga amaliy ishlarimiz, xatti-harakatlarimiz bilan ornak bolishimiz zarur.

Ota yoki ona qoliga bir bor kitob tutmasa, ming marta aytsa ham farzandi kitobga mehr qoymasligi mumkin. Demak, biz oilaviy kitobxonlikni ham targib etishimiz kerak boladi. Agar harakatni bugun boshlamasak, ertaga kech boladi.

Anjuman doirasida deputat va yoshlar uchrashuvi ham bolib otdi. Faol yoshlarga ozbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar sovga etildi.

Shuningdek, tadbir davomida tijorat banklari xotin-qizlarga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirdi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: