O'zb  
 
16.04.2019

BOLAJAK DEPUTAT TANLOVI OTKAZILDI

Joriy yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatligiga saylov bo‘lishi munosabati bilan mazkur korik-tanlov ilk marotaba tashkil etildi. Bolajak saylovlarda partiyadan munosib nomzodlarni ilgari surish, yosh deputatlar safini kengaytirish, jamiyatdagi muammolarni organish, ularga yechim topishda yoshlar pozitsiyasini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tanlov ishtirokchilari partiya elektoratini oylantirayotgan muammolarni aniqlash, jumladan, pensionerlar, nogironligi bolgan shaxslarning talab va ehtiyojlarini organish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Korik-tanlovning hududiy hamda saralash bosqichlarida jami 200 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan bolsa, shulardan saralangan 20 nafari viloyat bosqichida goliblik uchun kurashdi.

3 ta shart asosida ishtirokchilarning bilim va konikmalari sinovdan otkazildi. Tanlovning birinchi sharti «Saylovoldi tashviqoti» deb nomlanib, unda yoshlar bolajak deputatlikka nomzod sifatida oz hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aniqlash, saylovchilarning ishonchini qozonish hamda saylovoldi dasturini shakllantirish masalalariga etibor qaratdi.

Bilimdon deputat shartida huquqiy mavzuda qiziqarli savol-javob bolib otdi.

Songgi shart Muammoli vaziyat bolib, mazkur shartda ishtirokchilar turli xil vaziyatlardagi muammolar yechimi boyicha fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Taqdirlash marosimida Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilbarxon Mamadjanova tanlov ishtirokchilariga omad tiladi, partiya ularni har doim qollab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Yakuniy natijalarga kora, Muqimiy nomidagi Qoqon davlat pedagogika instituti qoshidagi Rishton tuman akademik litseyi oqituvchisi Baxtiyor Toychiyev golib, deb topildi. Muxlisa Orifjonova ikkinchi va Sanobar Irismatova esa uchinchi orin sohibi boldi. Ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovgalari va bolajak saylovlarda partiyadan oz nomzodlarini qoyishlari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

Umrbek BEKTEMIROV,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri.



DB query error.
Please try later.