O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
02.04.2019

XOTIN-QIZLAR UCHUN BARQAROR ISH ORNI BU MASALADA KAMPANIYABOZLIK QILISHNING OQIBATI OGIR BOLADI...

Xotin-qizlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularga bo‘layotgan e’tibor va gamxorlik haqida kop gapiriladi. Lekin bu borada hali muammolar oz emas...

Otgan haftada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi hamda partiya Markaziy Kengashi Respublika xotin-qizlar qomitasi bilan hamkorlikda otkazgan «Xotin-qizlar uchun munosib va barqaror ish orinlari yaratish — ustuvor vazifa» mavzusidagi davra suhbatida shu haqda soz yuritildi.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi rahbari, partiya Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov Prezidentimiz raisligida joriy yilning 19 mart kuni otkazilgan videoselektor yigilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga, xususan, xotin-qizlar bandligini taminlash masalasiga alohida etibor qaratdi.

Respublika Xotin-qizlar qomitasi raisi orinbosari Mukarram Nurmatova xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taminlash, ish bilan band qilish chora-tadbirlari haqida toxtalib otdi.

Prezidentimiz 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etish vazifasi belgilab bergani, buning aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari kop joylar tanlab olinishi haqida malum qildi. Qayd etildiki, mazkur korxonalar tashkil etilishi natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish orni yaratilishi moljallangan. Davlatimiz rahbari mehnat qilish istagidagi ayollar soni ish orinlari salmogidan ancha kopligini hisobga olib, korxonalarda ishni ikki smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini takidlagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Abdugaffor Qirgizboyev xotin-qizlarga komaklashish masalasiga hamma joyda ham bir xilda etibor qaratilmayotganini qayd etdi. Ayniqsa, ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni turar-joy hamda ish bilan taminlash jarayonlarini jamoatchilik va deputatlik nazoratiga olish, buning uchun Xotin-qizlar qomitasi hamda Oila ilmiy-amaliy markazi bilan samarali hamkorlik ornatish talab etiladi, dedi deputat.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Gulshan Asatova xotin-qizlarni qollab-quvvatlash boyicha partiya tomonidan otkazilgan loyiha, forumlarning natijalari haqida ham toxtalib otdi.

Avval belgilangan rasmiy maruzalardan song davra suhbati yanada qizgin tus oldi.

Togri, bugun xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoit, berilayotgan imtiyoz, qonuniy huquq va manfaatlar kolami juda keng, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev. Lekin afsuski, barcha ayollarni tadbirkorlikka orgatib yoki bir kunda hammasini tikuvchi qilib qoyishning imkoni yoq. Ozbekiston sanoati rivojlanayotgan agrar respublika sanaladi. Bizda qishloq hojaligi mahsulotlari yetishtiriladigan, aslo eskirmaydigan, bebaho boyligimiz yer bor, tomorqamiz bor. Biz masalaga yechimni avvalo shu tomondan izlashimiz kerak. Tomorqa yer egalari, dehqon hojaliklari uyushmalari tashkil etildi. Biroq ayni paytda mazkur uyushmalarning faoliyati hayot talabiga javob bermaydi. Bozorlarimizni toldirayotgan, tinimsiz mehnat qilayotgan opa-singillarimiz, dehqonlarimiz yetishtirayotgan istemol mahsulotlari ertaga isrof bolmasligiga hech qanday kafolat yoq. Agar tomorqasi hisobidan yashaydigan oila yil davomida kutgan hosilini sota olsa, berdi Xudo, sota olmasa-chi?.. Bunday oilalar muammolar girdobida qolib ketadi. Bir dard ming dard boladi.

Shuning uchun birinchi navbatda rejalashtirilgan ishlab chiqarish, tomorqa yerlarida, dehqon-fermer hojaliklarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning haqiqiy, kafolatlangan realizatsiyasi tashkil qilinmasa, muammo paydo boladi, gap gap bolib qolaveradi. Masalan, agrofirmalar tashkil etildi. Ularning vazifasi banklardan kredit olib, tomorqa hojaligi boladimi, dehqon hojaligi boladimi, ular bilan shartnoma tuzib, oldindan 40 foiz avansini berib, mahsulotlarini olishi va bozorda kelishilgan narxda sotishi kerak edi. Afsuski, ushbu tizim ishlamayapti.

Misol uchun, otgan yili Surxondaryo viloyatida piyoz yetishtirgan odamlar hosilini qazib olmasdan, yerni haydab tashlagandi. Chunki oladigan xaridor yoq, taklif etilgan narx shu qadar pastki, qazib olish xarajatini ham qoplamaydi. Bunaqada qadoq qol dehqon qachon chin kongildan ishlaydi? Qachon uning yelkasiga shamol tegadi?

Yana bir masalaga etibor qaratsak. Xotin-qizlarni manzilli qollab-quvvatlash dasturi asosida bankdan kredit ajratiladigan boldi. Kopchilik ayollarga muhr berilib, royxatdan otkazildi. Lekin banklar va mutasaddi tashkilotlarning aybi bilan ularning qoliga kreditlar yetib bormadi. Oqibatda tadbirkor ayollar olmagan krediti evaziga soliqdan qarz bolib qoldi. Shukrki, Prezidentimiz buni togri baholab, 5490 sonli qaror imzoladi. Aks holda, bir kun ham faoliyat yuritmagan xotin-qizlar emagan somsasiga pul tolagan bolardi. Mana shunday adolatsizliklar qayta roy bermasligi uchun nazorat tadbirlari, tahlil va organishlarni kuchaytirish zarur. Qaror yoki farmon chiqdi, uni aholiga yetkazdik, boldi emas. Ijrosi qanday, odamlarga nafi tegyaptimi-yoqmi, imkoniyatlardan togri foydalanilyaptimi yoki aksimi, degan savollar hamisha bezovta qilishi kerak.

Qishloq xojaligida har bir mahsulot yetishtiruvchini royxatdan otkazish, ularni sifatli urug hamda kimyoviy dorilar bilan taminlash zarur. Masalan, kuni kecha 35-40 ming som turgan 50 kilogramm karbomit dori bugun 165-170 minga chiqdi. Narx-navoning keskin oshib ketishi va bularni hech kim nazorat qilmasligi oqibatida yerlarimiz boshab qolyapti. Osha qimmatga sotib olingan dorilar samarasi yaxshi emasligi borasida ham xalqimiz etirozlarini bildiryapti. Dehqonchilikda har bir jihat juda muhim sanaladi. Notogri ishlar kopaysa, dehqon kasod boladi. Oqibati barchamizga tasir qiladi. Bularga etibor berish, chora topish shart. Sifatli uruglar, kafolatlangan xarid masalalari togrisida bosh qotirishga majburmiz.

Ayolga munosib sharoit yaratilgan jamiyat rivojlanadi, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari, Senat azosi Maqsuda Vorisova. Shuning uchun mazkur masalani kompaniyabozlikka aylantirib qoymaslik zarur. Chunki bu bir-ikki yillik ish emas. Xotin-qizlar masalasi hamisha dolzarb va doimiy yangilanib borishni talab etadi. Yillar davomida doimiy ishlovchi tizim yaratilishi shart. Shuning uchun uyda otirgan yoki ish bilan band bolmagan opa-singillarimiz haqida elektron malumotlar manbaini yaratish kerak. Ishni bitiruvchilardan boshlash lozim. Mehnat bozorini organib, ularning qobiliyatiga mos ish bilan taminlash masalasi doimiy nazoratga olinishi shart.

Inson haq-huquqini tanisagina, hayotdagi muammolarni yechishda faol, oz fikriga ega boladi. Afsuski, ayollar orasida mehnat qonunchiligidan boxabar bolganlari juda kam. Natijada ularning huquqlari kamsitilayotgan holatlar kop uchramoqda. Shuning uchun bandlikka komaklashish markazlaridami yoki boshqa joydami, albatta, xotin-qizlarga mehnat munosabatlari qonunchiligini orgatishimiz shart.

Bandlikka komaklashish markazlariga juda katta mablag ajratilgan. Joylarda ayollarni bozor talab qiladigan kasbga orgatishga moljallangan oquv markazlari tashkil etish lozim. Buning uchun imkoniyat ham, mablag ham yetarli, deb oylayman.

Qishloq hojaligi mahsulotlarining realizatsiyasi haqida gap ketdi. Oylashimcha, nafaqat istemol tovarlari, balki xotin-qizlar ishlab chiqarayotgan har qanday mahsulotga buyurtmani tashkil etish kerak. Ana shunda ayol aniq natijani kozlab ishlaydi, daromadga ega boladi.

Uzoq bahs-munozaralardan song boshqa masalalarda ham takliflar, savollar berildi.

Aholining xohishlaridan kelib chiqib, ayrim takliflarim bor, dedi Sergeli tumanidan oqituvchi, OzXDP faoli Sayyora Saidova. Eng avvalo, tibbiyot muassalarida lobaratoriya ishini jonlantirish kerak. Chunki bemorning analiz natijalari har xil chiqayotgan holatlar kopayib ketyapti. Notogri tahlil notogri tashxislarga sabab boladi. Natijada odamning dardiga dard qoshiladi.

Shuningdek, Sergeli tumanidan tadbirkor Deniz Mametova, Shayxontohur mehmonxona xizmati kasb-hunar kolleji maxsus fan oqituvchisi Hafiza Ustaboboyeva va boshqalar fikr-mulohazalarini bildirdi. Maktablarda manaviyat, estetika, odobnoma, muomala madaniyati bilan bogliq soatlarni kopaytirish taklif etildi. Faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlari oqituvchilarini ish bilan taminlash, maxsus fan oqituvchilarining oz ishini ochishdagi imtiyozlar va yana boshqa koplab masalalarda savollar berildi. Har bir masala yuzasidan mutaxassislarning javoblari, fikr-mulohazalari tinglandi.

Davra suhbati yakunida muayyan vazifalar belgilab olindi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA.

Qodir BUMATOV olgan surat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: