O'zb  
 
02.04.2019

HAR BIR LOYIHA OXIRIGA YETISHI KERAK

Robiya KAZIMOVA, O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi raisi:

Prezidentimiz hududlarga tez-tez tashrif buyuryapti, katta-katta rejalar bilan boryapti, loyihalar bilan tanishib, maslahatlar beryapti, yol-yoriq korsatyapti. Eng muhimi shuki, Prezident hudud faollari bilan uchrashib, hayotga teparoqdan qarashni orgatishga urinyapti. Hammamiz, ayniqsa, hududlardagi rahbarlar kundalik yumushlarga oralashib yuravermasdan, ertani oylab ishlashni, shunga qarab puxta reja tuzishni, aniq marrani belgilay olishni organishimiz juda zarur. Tuman yoki shaharda 10 yildan keyin vaziyat, hayot qanday boladi? Bugun hokimlarda bu savolga javob bolmasa, ertaga ham hozirgi muammolar bilan yashayveramiz.

Davlatimiz rahbarining 29-30 mart kunlari viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi barchamizga fidoyi bolib ishlash, xalqqa xizmat qilish mas’uliyatini yana bir bor eslatdi, desam mubolaga bolmaydi.

Aytish kerakki, viloyatimizda har bir sohada katta ozgarishlar kozga tashlanyapti. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik subektlari tashkil etilyapti. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshyapti. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi kopaymoqda. Qishloq xojaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solinmoqda, yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar qurilyapti.

Prezidentimiz 2017 yili viloyatimizga tashrifi chogida Gijduvon tumanidagi sobiq ip-yigiruv fabrikasining bosh turgan maydonlaridan unumli foydalanish, «Gijduvon» erkin iqtisodiy zonasini ushbu hududda joylashtirish boyicha korsatmalar bergan edi. Parvoz Humo Ravnaq Trans masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan sobiq fabrikaning 9 gektardan ziyod maydonida qisqa muddatda yirik loyiha ip-yigiruv korxonasi tashkil etildi.

Umumiy qiymati 27 million AQSh dollari bolgan fabrika uchun Ipoteka bankdan ajratilgan kredit evaziga Germaniya, Turkiya, Shveytsariya, Yaponiya va Hindistondan zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Masuliyati cheklangan jamiyat oz mablagi hisobidan bino va inshootlarni qayta qurib, rekonstruksiya qildi. Joriy yil yanvarda ishga tushirilgan korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Yiliga qariyb 33 milliard somlik ip-kalava sotilib, 1,1 million dollarlik tayyor mahsulot xorijga eksport qilinmoqda. Bu loyihaning birinchi bosqichi bolib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvatini yanada kengaytirish, eksportni yiliga 51 million dollarga, ish orinlari sonini 1250 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Viloyatda turizmni rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish, aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish, servis xizmatini yaxshilash borasida salmoqli ishlar bajarilmoqda. Buxoro shahrida barpo etilayotgan Shopping Center savdo va xizmat korsatish majmuasi shunday loyihalardan. Ozbekistonda yagona ushbu majmua 90 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Savdo dokonlari, maishiy xizmat uylari, kinoteatrlar, fast-fudlar, bolalar uchun oyin maydonchalari, notarial idora, bank shoxobchalari joylashadigan ushbu tort qavatli majmua sayyohlarga shaharning bitta nuqtasida barcha xizmatlarni jamlagan holda korsatish imkonini beradi. Bir yarim mingdan ziyod savdo dokonlari joylashadigan majmua foydalanishga topshirilgach, 6 mingdan ziyod yangi ish orni yaratiladi. Shuningdek, ikki yilda barpo etilishi kozda tutilayotgan Buhkara city mamlakatimizning yirik ilm-marifat va ishbilarmonlik markazi boladi, degan umiddamiz.

Shu orinda biz buxoroliklarni juda sevintirayotgan reja haqida alohida aytmasam, bolmaydi. Prezidentimiz yaqin 3 yilda ijtimoiy yol, kommunal infratuzilmani toliq yaxshilash maqsadida 1 milliard 300 million dollar qoshimcha ravishda yonaltirilishini takidlab, bu masalada Buxoro tajribasini yaratishni taklif etdi. Bu mablagning 600 million dollari ichimlik suvi bilan taminlash boyicha 7 ta, oqava tarmoqlar tortish boyicha 12 ta loyihaga sarflanadi. Umuman, qariyb 4,5 ming kilometrlik ichimlik suvi tarmogini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga viloyatimizda 889 ming aholi doimiy ichimlik suvi bilan taminlanadi. Korib turganingizdek, bu masalalar Buxoro viloyati uchun juda muhim.

Biroq biz, partiya faollari hamda deputatlarni boshqa savollar oylantirishi, mudom bezovta qilishi kerak. Loyihalar uchun ajratiladigan million-million dollar qanday sarflanadi? Ozlashtirishlar, olda-jolda ish bitirishlar bolmaydimi? Bilamiz, shu vaqtga qadar ham kop-kop loyihalar bolgan, agar ular amalga oshganida hozir hayot ozgacharoq bolar edi. Shuning uchun siyosiy partiya faollari, fidoyi kishilar kozimizni kattaroq ochib, jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish choralarini korishimiz zarur.



DB query error.
Please try later.