O'zb  
 
02.04.2019

KADRLAR QONIMSIZLIGI ISH SAMARADORLIGIGA JIDDIY TASIR OTKAZADI

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashining navbatdagi plenumi bolib otdi. Unda Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda partiya tashkilotlari va mahalliy Kengashlardagi guruhlari ishtirokini taminlash, joriy yilda bolib otadigan saylovlarga puxta tayyorgarlik korish masalalariga alohida etibor qaratildi.

— Har bir sohada erishilgan natija, ish samaradorligi kadrlar salohiyatiga bevosita bogliq, dedi OzXDP Toshkent viloyat kengashi Ijroiya qomitasi azosi, Chinoz tuman partiya kengashi raisi Farhod Ibragimov. Bugungi kunda Toshkent viloyat partiya tizimida byudjet puli hisobidan maosh tolanadigan 45 ta shtat birligi mavjud bolib, yil boshidan buyon 14 nafar xodim almashtirilgan. Albatta, kadrlar almashinishi tabiiy holat. Ammo yil davomida bitta lavozimga tort-besh marta xodimlar almashinishi kuzatilgani tizimda muammo borligini korsatadi.

Tuman(shahar) tashkilotlaridan bolajak saylovlarga deputatlikka nomzodlarni shakllantirib berish soralganda, ularning aksariyati mansabdor shaxslarni nomzod sifatida korsatgan. Vaholanki, kelgusida ijroiya hokimiyat va vakillik organlarining alohida bolishini hisobga oladigan bolsak, korsatilgan nomzodlar saylangan taqdirda ham deputatlik faoliyatini izchil olib borolmaydi.

Partiya dasturini amalga oshirishda, elektorat manfaatlarini himoya qilishda eng muhim tuzilma deputatlik guruhlari hisoblanadi. Saylovlarda fuqarolar bizdan qancha azolik badali yigding, qancha uchrashuv otkazding, deb soramaydi. Hududdagi qaysi muammoni hal qilganimiz, amaliy ishlarimiz bilan qiziqadi, shunga qarab baho beradi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, partiya deputatlik birlashmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ularga yordam korsatish maqsadida Markaziy Kengash va viloyat kengashi xodimlarini qisqartirish hisobiga barcha tuman Kengashlarida ijrochi kotib vazifasi tasis etildi. Afsuski, ular bugungi kunda samarali ishlayapti, deya olmaymiz. Hatto ayrim ijrochi kotiblar oz ishi nimadan iboratligini ham bilmaydi.

Mafkura, targibot va tashviqot masalalarida ham kamchiliklar yoq emas. Partiya tizimidagi kadrlarning siyosiy bilimini oshirish boyicha oquv mashgulotlar tizimli ravishda yolga qoyilmagan. Xususan, Quyi Chirchiq, Oqqorgon, Angren, Yangiyol tumanlarida bu masalada sustkashlik kuzatilgan.

Eng achinarlisi, tuman(shahar) kengashlari tomonidan tayyorlanayotgan hisobotlarda qoshib yozish yoki boshqa tashkilotlar hisobotidan kochirma olish, boshqa tashkilotning ishini oziniki qilib korsatish hollari uchrayapti. Bulardan korinadiki, hali kamchiliklarimiz kop. Vaqt esa kutib turmaydi. Faoliyatimizni tanqidiy tahlil qilib, xato va kamchiliklar boshqa takrorlanmasligi uchun choralar korilishi lozim, deb oylayman. Tadbirbozlikdan voz kechib, targibot-tashviqot ishlarining soniga emas, sifatiga etibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bolardi.



Plenumda Ozbekiston XDP Ustaviga asosan Toshkent viloyat partiya kengashi raisi lavozimiga Sayyora Fayziyeva saylangani malum qilindi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev Toshkent viloyat partiya tashkilotining qamrovi ham, imkoniyatlari ham katta ekani xususida soz yuritdi. Yangi rahbar Sayyora Fayziyevaning uzoq yillar ijro organlarida ishlab, toplagan tajribasi hududda partiya nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishini takidladi.

Bugun erishilgan yutuqlar haqida gapirishdan kora oldimizdagi vazifalar, amalga oshirilishi lozim bolgan ishlar xususida koproq oylash lozim, dedi Ulugbek Vafoyev. Deputatlik guruhining axborotini tingladik. Albatta, deputatlarning zimmasidagi vazifa ogir, masuliyati katta. Shuni hisobga olib, noiblarga yordam bolishi uchun ijrochi kotiblar lavozimi joriy etildi. Viloyat kengashlarida bolim ochildi. Bugungi axborotning esa xatboshisigina viloyat Kengashidagi deputatlar faoliyatiga tegishli malumotlardir, qolgani tuman Kengashlaridagi deputatlik guruhlarining bajargan ishlari... Agar har bir ishga vijdonan, masuliyat bilan yondashilsa, bunday kamchiliklar, yanada aniqroq aytsak, oz vazifasiga yuzaki qarash, bolaveradi qabilida ish tutish hollari uchramasdi.

Toshkent shahar partiya kengashining plenumi ham tanqidiy-tahliliy ruhda otdi. Unda shahar, tuman partiya kengashlari masullari, partiya deputatlik guruhlari azolari ishtirok etdi.

Fuqaro murojaatini beetibor qoldirishga hech birimizning haqqimiz yoq, dedi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Lola Iliyeva. Ular bizga ishonch bildirib, oz muammosini aytdimi, uning yechimi borasida tinmay izlanishimiz shart. Shuni hisobga olgan holda, uyma-uy yurib, reja asosida partiya tashkilotlari rahbarlari, deputatlarning sayyor qabullari otkazildi. Natijada 3500 nafarga yaqin fuqaro bilan muloqotda bolindi. 460 murojaat qabul qilinib, 70 foizdan ortigi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olingan.

Shuningdek, partiya guruhlarida 64, doimiy komissiyalarda 13, sessiyalarda esa 10 masala korildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bugun odamlarning fikri ancha ozgardi, dedi Ozbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi Toshkent shahar bolimi raisi Rustam Kolonov. Kim bilan suhbatlashmang, u ozini oylantirayotgan muammo yuzasidan qaysidir tashkilotga murojaat qilsa, masala yechim topishiga ishonmoqda. Bu katta ozgarishdan dalolat beradi, har bir masul oz ishiga vijdonan yondashishi, koproq odamlar orasida yurishi lozimligini anglatadi. Aks holda, xalq unga munosib bahoni berib qoyadi.

Yana bir muhim masala. Biz tadbir, plenumlarda chiroyli bukletlar tayyorlashga, uzundan-uzoq maruzalar qilishga zor beramiz. Qogozlarda ishlarni chiroyli qilib korsatamiz. Aslida amaliy ishlarni kopaytirish kerak. Toshkent shahar partiya kengashi va Nuroniy jamgarmasi hamkorlik memorandumi imzoladi. Oylaymanki, bu hamkorlikdagi amaliy ishlarimizning debochasi boladi.

Respublikamizning boshqa hududlarida ham plenumlar otkazilyapti.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Sanjar SHOTOLAGANOV olgan suratlar.



DB query error.
Please try later.