O'zb  
 
26.03.2019

TOMORQA XALQNI BOQADI, BOY QILADI

Egamberdi ERNAZAROV, O‘zXDP Orta Chirchiq tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati:

— Tomorqadan unumli foydalanish partiyamiz diqqat markazidagi masalalardan biri. Bu borada mahalliy Kengashlar deputatlari zimmasida ham katta mas’uliyat turibdi, deb oylayman.

«Burgalik» – Orta Chirchiq tumanidagi obod mahallalardan biri bolib, asosan poliz ekinlari, xususan, pomidor, bodring va qulupnay ekiladi. Hududimizda tomorqachilikda oziga xos maktab yaratib, yerdan unumli foydalanib, buning ortidan oila ehtiyojini taminlash bilan birga, el dasturxoni tokinligiga ham munosib hissa qoshayotgan kishilar kop.

Biz oz tomorqasidan unumli foydalanish borasida aholiga imkon qadar komaklashib kelmoqdamiz. Ekin-tikin arafasida hududimizdagi 343 xonadonda bolib, oilalar tasarrufidagi tomorqalarni borib kordik. Komakka muhtoj 20 xonadonning yerini chopiq qilib, ekin ekish ishlariga yordam berdik, ehtiyojmand oilalar Nurafshon shahar hokimiyati tomonidan kochatlar bilan ham taminlandi.

Odamlar oz tomorqasidan qanchalik samarali foydalanib daromad qilsa, bu mamlakatning yutugi boladi. Shu bois, kimda qanday kamchilik, qanday muammo borligi bilan qiziqamiz va oz ornida yordam beramiz. Jumladan, tuproq-iqlim sharoiti va suv bilan taminlanganlik holatidan kelib chiqib, qaysi turdagi ekinlarni ekishdan tortib, parvarishlash, mahsulotni yigib olish, sotish jarayonlarigacha yordam korsatilyapti.

Saylovchilar bilan muntazam otkaziladigan uchrashuvlarda ham bu masalalarga alohida etibor beriladi. Mahalla aholisi orasida omilkor, tomorqadan unumli foydalanish hadisini olgan dehqonlarimiz yetarli. Burgalik mahalla fuqarolar yigini hududida istiqomat qiluvchi Sulaymon Hamroyev shulardan biri. U kishi 10 sotix yerda issiqxona barpo etib, limon parvarishlamoqda. Limonzordan yiliga 30-40 million sof daromad olayotgani etiborga sazovor. Bu kabi tajribali dehqonlarimiz qishloq xojaligiga qiziqqan yoshlar va yosh fermerlarga mahorat darslari otib, oz malakalari bilan ortoqlashadilar. Bularning bari tomorqa xojaliklarini rivojlantirish, odamlarning turmush darajasini yanada yaxshilash, qoshimcha daromad manbalarini yaratish, oziq-ovqat mol-kolchiligiga erishishdek ezgu maqsadlarga qaratilgan.

Omilkorlik ortidan hududni obodonlashtirish, maishiy sharoitlarni yanada yaxshilash imkoni ham paydo bolmoqda. Tomorqalar ekin-tikindan yashnab turgan mahallada odamlarning umumiy kayfiyati ham kotarilar ekan-da...

Xalqimizda Erni boqsang, yer seni boqadi, degan purmano hikmat bor. Zamin halollik, etibor kutadi. Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbai, mojaz goshasi. Qolaversa, bir parcha yerning farzandlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham unutmaslik kerak. Avvalo tomorqada inson halol mehnatga organadi. Umuman, bu keng mavzu, oziga xos ilm. Bir parcha yerga mehr berolmagan insonning hayotga munosabati ham bundan yaxshiroq bolmasligi mumkin. Tomorqadan foydalanish madaniyati qancha oshsa, yurtimizda turmush madaniyati ham shuncha yuksaladi, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: