O'zb  
 
05.03.2019

NAMANGANDA YANGI TOLQIN, YANGICHA SHIJOAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi bu gal ham oziga xos tarixiy ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz rahbarining viloyat faollari bilan otkazgan yigilishidagi tahliliy ma’ruzasi nafaqat viloyat faollarini, balki yoshidan, kasb-koridan qati nazar har bir namanganlikni ozgacha shijoatkorlikka undadi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, olimlar, ijodkor-ziyolilar, deputatlar va manaviyat targibotchilari ishtirokidagi yigilishlarda tashrif tafsilotlari, Prezidentimiz maruzasidan kelib chiqadigani istiqbolli vazifalar belgilanmoqda.

Namangan shahridagi «Art Soft Tex Group» korxonasi. Bu yerda turli bichim va rangdagi sochiqlar, xalat, choyshab va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda. Ular ichki bozorga, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Bolgariya, Moldova va qoshni davlatlarga yetkazib berilmoqda. Otgan yili 290 milliard somlik mahsulot ishlab chiqarilib, 9,4 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilingan.

Abdulmuhammad DOSTMATOV, xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati:

– Pop — Namanganning eng katta, eng olis tumanlaridan. Xususan, men yashaydigan Chorkesar qishlogi viloyat markazidan 100 kilometr olisda. Prezidentimiz bilan uchrashuv muloqot chogida saylovchilarimni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi masalasini hal etish boyicha takliflarimni bayon etdim.

Qurama tog tizmalaridan oqib keladigan suv qish-bahor mavsumida toshqinlanib, selu soy bolib oqadi-da, yoz mavsumida, ayni ekinlar sugoriladigan pallada 3000 gektardan ziyod sugoriladigan ekin yerlari, aholi tomorqa yerlari ham suvsizlikdan qaqrab qoladi.

Chorkesar suv omborini barpo etish zarurligi togrisidagi taklifim Prezidentimiz tomonidan qollab-quvvatlanib, amaliy yechim boyicha yuqori tashkilotlar mutasaddilariga dastlabki topshiriqlarni berganlaridan minnatdor boldim.

Chorkesarda suv ombori barpo etilishi aholining toza ichimlik suviga bolgan ehtiyoji qondirilishi bilan bir paytda sugoriladigan yerlarda rivojlanish yuzaga keladi. Tomorqadan foydalanish sharoitining paydo bolishi mol-kolchilikka, intensiv boglar barpo etilishiga asos boladi.

Bugun Pop tumani aholisining Prezidentimizga bolgan munosabatida yuksak vatanparvarlikni, kelajakka ishonchni, hayotdan rozilik kayfiyatini, bir soz bilan aytganda, shukronalik ifodasini yaqqol korib turibman.

Dilorom ABDURAHIMOVA, Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi direktori, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Prezidentimizning tashabbus va tavsiyalari bilan Namangan shahri markazida barpo etilayotgan Afsonalar vodiysi madaniyat va istirohat bogi, Chortoq tumanida barpo etilayotgan Chortoq resorts sanitariy soglomlashtirish markazi kabi yirik obektlardagi ishlarning oziyoq namanganliklar ruhiyatiga katta kotarinkilik bagishlagandi.

Bu galgi tashrif davomida davlatimiz rahbari ayni obektlarda bolib, yangi-yangi topshiriqlar bergani quvonchlarga quvonch qoshdi. Chortoqni ekologik shaharga aylantirish, Jahon banki bilan hamkorlikda orta shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida Chortoq shahri markazini qayta qurish, Namangan aeroportini kengaytirish va shaharlararo avtobuslar qatnovini tartibga solish, Har bir oila tadbirkor dasturi asosida aholi bandligini taminlash kabi loyihalar tashrifning tarixiy ahamiyatini yanada oshirdi.

Farzandlarimiz talim-tarbiyasi sifatini yuksaltirishga doir topshiriq va tavsiyalar namanganliklar ruhiyatida fidoyilikka safarbarlik uygotdi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari takid bilan aytganlaridek, talim sifatini keskin kotarishimiz zarur. Boylik otkinchi, mahobatli imoratlar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar oz yoliga. Eng muhim vazifamiz bu farzandlarimizni bilimli qilish, soglom voyaga yetkazish!

Biz, namanganlik pedagoglar bir yoqadan bosh chiqarib, fikrlashgan holda, maktabgacha talimdan tortib, oliy talimgacha sifat samaradorligiga erishish uchun belni mahkam bogladik.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nosirjon DEHQONOV yozib oldi.



DB query error.
Please try later.