O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
12.02.2019

QONUNLAR TEZ OZGARADI. NEGA?

«Harakatlar Strategiyasi» markazida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan Qonunlar normalarini hayotga togridan-togri amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining ishtiroki mavzusida seminar otkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimlari, deputatlar, ijrochi kotiblar, olim va mutaxassislar ishtirok etdi.

— Barcha darajadagi partiya tashkilotlari faoliyatida tizimlilik, uzviylik ta’minlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Aytish kerakki, bugungi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga tasiri yetarlicha sezilmayapti. Qonun loyihalariga takliflar olishda markaz va quyi bogin orasida aloqa uzilib qolyapti, oqibatda qonunlar hayotdan uzoqlashib ketmoqda. Bunga nomiga, sayoz, asossiz takliflar berilayotgani ham sabab bolmoqda.

Partiyaning tuman, shahar bolimlarida ishlayotgan ijrochi kotiblarning faoliyatini ham qoniqarsiz, deb baholash mumkin. Mazkur bogin mutaxassislari kop hollarda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, deputatlar bilan tizimli muloqot otkazish tugul, ozining asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini ham bilishmaydi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlarda deputatlik guruhlarining tasiri sezilmayapti. Quyi tashkilotlar va deputatlar fraksiyada korilayotgan qonun loyihalaridan yetarlicha xabardor bolmayapti. Oz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraydigan, saylovchilari bilan oyda bir korishib dardini tinglamaydigan deputatning bundan qanday xabari bolsin?..

Qonunlarning hayotiyligini taminlashda ijrochilarga yetkazish masalasi ham muhim. Tasirchan nazorat usullarini ishlab chiqish zarur. Negaki, koplab qonunlar qabul qilinadi, ijrosiga kelganda muammolarga duch kelinadi. Holatni atroflicha organishni boshlasangiz, uning zamirida otkir hayotiy muammolar yotganini korasiz. Qonun bir tarafda, ijtimoiy munosabatlar boshqa tarafda qoladi. Aslida qonun bunday munosabatlardan bir qadam oldinda yurishi kerak.

Kopchiligimiz qonunosti hujjatlar bilan ishlashga organib qolganmiz, dedi OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Maqsuda Vorisova. Deylik, sogliqni saqlash tizimida yangi qonun qabul qilindi. Albatta, kop otmay, uning asosida bir qancha qonunosti hujjatlar ishlab chiqiladi. Bunday vaziyatda fuqaroning manfaati doimo birinchi orinda turadi, deya olmaymiz. Negaki, qonunosti hujjatlari asosan tashkilot, idora va vazirlikning boshqaruviga qulay shaklda tuziladi.

Yana bir muhim masala. Normativ-huquqiy hujjatlar togrisidagi qonunning 24-moddasiga kora, ularning matni qisqa va ravon tilda bayon etilishi lozimligi belgilangan. Bunda foydalanilgan tushunchalar, atamalar turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda qollanilishi kerak. Masalan, otgan yili ishlab turgan nafaqadagi shifokorlarga pensiyalar toliq tolanishi togrisida qaror qabul qilingandi. Qarorning qollanilishi bilan bogliq masalalarda ayrim tushunmovchiliklar boldi. Shu bois bazi vazirliklarga murojaat qilinib, izoh soraldi. Tan olib aytish kerak, bir qancha hujjatlarimiz borki, ular qabul qilingandan keyin alohida izohlashga, sharhlashga togri keladi. Vaholanki, qonun, meyoriy hujjat oddiy usulda, hammaga tushunarli shaklda yozilishi kerak. Qonun loyihalarini tayyorlashda shu masalaga alohida urgu berish lozim.

Qonunlarimizni xorijiy mamlakatlar qonunlari bilan solishtirganda uch jihatga etibor qaratish kerak, dedi Ozbekiston XDP faoli, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sharbat Abdullayeva. Birinchidan, qonunlarimiz tez ozgaruvchan. Dunyoda shunday Konstitutsiyalar borki, yuz yillab ozgartirish kiritilmagan. Davlatning boshqa qonunlari ham shunga asoslanadi. Bizda esa bir qonun qabul qilinadiyu, kop otmay bir qancha ozgartirish va qoshimchalar kiritiladi. Togri, buni zamon talabi, deb baholashingiz ham mumkin. Ammo har bir qonun loyihasi ishlab chiqilayotgan vaqtda mukammal tarzda, kelajakni oylab tayyorlanishi va u tolaqonli ravishda xalq, jamiyat uchun xizmat qilishi kerak, deb oylayman.

Ikkinchi jihat. Malumotlarga kora, bugungi kunda 36 mingdan ortiq meyoriy hujjat mavjud ekan. Tabiiyki, fuqaroda bu hujjatlarning mazmun-mohiyatini toliq organish imkoniyati yoq. Shuningdek, vazirlik, mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan buyruq, yoriqnoma va boshqa turli shakldagi hujjatlarda oz manfaati ustunlik qilishi bor gap. Vaqti kelganda ular bir-birini inkor etishi holatlari kuzatilayotgani ham haqiqat.

Masalaning yana bir tomoni. Aholining aksariyat qismida qonunni buzish mumkin, degan tushuncha shakllangan. Hech bolmaganda, uni chetlab otish choralarini oylashadi. Nimaga? Chunki qonunda shunga sharoit bolishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda bunga yol qoyilmaydi.

Seminarda qonun ijodkorligi yonalishida partiya tashkilotlari, deputatlik birlashmalari faoliyatini kuchaytirish boyicha dastur ishlab chiqish kozda tutilgani takidlandi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Qodir BUMATOV olgan surat.




DB query error.
Please try later.