O'zb  
 
05.02.2019

RESPUBLIKA BOSQICHIGA KIMLAR KELISHI ANIQ BOLDI

Qibray tumanidagi «Do‘rmon» aholi dam olish markaziga yetib borganimizda korik-tanlovning Toshkent viloyat bosqichi boshlanishini kutib turgan onaxonlarni korib, suhbatlashgani oshiqdik.

— Gapga kop ham usta emasman, dedi Qizlargul aya. Kelinimni qollab-quvvatlash maqsadida keldim. Bilasizmi, oglim bilan kelinim partiya otkazgan loyihalarning birida tanishgan. Oila qurishdi. Hozir ikkalasi ham partiya faoli. Biz oilamiz bilan kelinimni mana shu tanlovda ishtirok etishini xohlagandik.

Tanlovni OzXDP Toshkent viloyat kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nilufar Yuldasheva ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Har bir shart qiziqarli otdi. Ishtirokchilarning astoydil tayyorgarlik korgani bilinib turdi.

Yakuniy natijalarga kora, ohangaronlik Saida Ibragimova birinchi, Chiriq shahridan Nilufar Koshanova ikkinchi, Bostonliq tumanidan Lazzat Tasibayeva esa uchinchi orinni egalladi.

Tanlovga tayyorgarlik jarayonida atrofimizda e’tiborga muhtoj odamlar borligini kordim, dedi tanlov golibi Saida Ibragimova. Mahallamizda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oila vakillari, ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdim. Tuman partiya kengashi raisi, deputat, mahalla oqsoqoli bilan hamkorlikda ajrim yoqasidagi oilalarning muammolarini organdik. Mutaxassislar yordamiga tayanib, uch bolaning otasini ichkilik balosidan qutilishiga, ishga joylashishiga komaklashdik. Bu kabi misollarni koplab keltirishim mumkin. Qisqasi, partiyaga azo bolib, hayotda kimgadir naf keltirib yashash katta baxt ekanini his etdim.

Uchinchi orinni olish ham oson bolmadi, dedi Lazzat Tasibayeva. Hali kop organishim kerakligini angladim. Qishlogimizda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hal etilishi lozim bolgan muammolar ham yoq emas. Masalan, toza ichimlik suvi masalasi. Shuningdek, maktabgacha talim muassasasi yoqligi sababli bolalarimizni qoshni qishloqdagi bogchaga olib borishga majbur bolyapmiz. Ichki yollar ham tamirtalab holatda. Bu kamchiliklarni hal etishda partiya va deputatlar komagidan umidvormiz...

Termiz shahridagi Oila markazi bayramona bezatilgan. Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimlari, viloyat, tuman va shahar kengashlari mutasaddilari, deputatlar, partiyamiz faollari, yoshlar tanlov boshlanishini intiqlik bilan kutishmoqda.

Korik-tanlovda 14 nafar faol xotin-qiz oilaviy ajrimlar, qarindosh-uruglar ortasidagi nikohning oldini olish, erta turmushning salbiy oqibatlari xususida fikr-mulohazalar bildirishdi. Savol-javoblar sharti ancha murosasiz otdi. Erkin mavzudagi chiqishlar ham barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

Korik-tanlov yakunida jarqorgonlik Xolida Xolnazarova golib deb topilib, respublika bosqichida qatnashish huquqini qolga kiritdi. Ikkinchi hamda uchinchi orinlar esa Termiz shahri qatnashchisi Gulbahor Odinayeva hamda muzrabotlik Navroza Alimardonovaga nasib qildi.

Tanlovning Jizzax viloyat bosqichi ham kotarinki ruhda otdi. Hakamlar hayati azolari tanishtirilgach, ishtirokchilar dastlab taqdimot otkazishdi. Qolgan ikki shart ham qizgin bahslarga boy boldi.

Yakuniy natijalarga kora, paxtakorlik Ozoda Toshtemirova uchinchi, baxmallik Dilbar Jumanova ikkinchi, Jizzax shahridan Aziza Hasanova birinchi orinni qolga kiritdi.

Shuningdek, Buxorodan romitonlik Nigora Ramazonova, Navoiydan konimexlik Mehriniso Alenovalar korik-tanlovning respublika bosqichiga keladigan boldi.

Goliblar va turli nominatsiyalar boyicha eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar viloyatlar partiya kengashlarining diplom hamda esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.



DB query error.
Please try later.