O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
22.01.2019

KOMMUNAL XIZMATLAR: YANGI QONUN LOYIHASI ISHLAB CHIQISH KERAK

Boymurod YUSUPOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri:

— Mamlakatimizda mutasaddi tashkilotlarga eng kop murojaat qilinadigan, qolaversa, aholi orasida eng kop muhokama etiladigan sohalardan biri kommunal xizmatlar bilan bogliq.

Prezidentimizning 2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat korsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni sohada olib borilayotgan ishlarni tubdan yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Farmonga muvofiq, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)lardagi bolimlari tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 mingdan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq kop xonadonli uylarga xizmat korsatmoqda.

Uy-joy kommunal xojaligi bu murakkab iqtisodiy tizim. Bu tizimda qanchadan-qancha tashkilotlar, ming-minglab yurtdoshlarimiz mehnat qiladi.

Uy-joy xojaligining holati bugungi kunda davlatning eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Bu asosan uy-joy fondlarining eskirgani, korsatilayotgan xizmatlar uchun tariflarning shakllanishi, boshqaruvchi kompaniyalarning aholi oldidagi majburiyatlarini deyarli bajarmasligi, joriy va kapital ta’mirlar vaqtida amalga oshirilmasligi, avariya holatidagi uy-joylardan aholini kochirish kabi masalalar ayniqsa dolzarb.

Kommunal xizmatlar va kop qavatli uylarda turar joydan foydalanish xarajatlari narxlarining ijtimoiy maqbullik darajasini taminlash, tabiiy monopoliya subektlari bolgan korxonalarning xizmatlari (elektr va issiqlik quvvati, gaz taminoti, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari)ga narx va tariflarni ornatishning iqtisodiy asoslangan aniq mezonlarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

Xususan, istemolchilar va xizmat korsatuvchilar (elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv, boshqa kommunal xizmatlar) ortasida tuziladigan shartnoma shartlarini organib chiqib, taraflarning teng huquqliligi masalasiga alohida etibor qaratish kerak bolsa, amaldagi qonunlarga ozgartish kiritish zarur. Ozbekiston XDP ushbu dolzarb masalalarda tashabbuslar bilan chiqishni rejalashtirdi.

Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida kop qavatli uy-joy fondini toliq inventarizatsiyadan otkazib, xorijiy tajriba asosida yangi dastur ishlab chiqish, isitish tizimini yaxshilash, Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida mamuriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qollab-quvvatlash vazifasi belgilandi. Mamlakatimizning seysmik mintaqada joylashganini inobatga olib, yuzaga kelishi mumkin bolgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida foydalanish muddati tugagan, eskirgan kop qavatli uylar ornida bosqichma-bosqich yangi binolar qurish boyicha renovatsiya dasturini ishlab chiqish nazarda tutildi.

Mahalliy ijro hokimiyati idoralari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat korsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Kop xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yoqligi sifatli kommunal xizmat korsatish tizimini yanada takomillashtirishga tosiq bolmoqda. Bu mulkdorlarning haqli etirozlariga sabab bolmoqda. Kop xonadonli uy-joy fondini saqlashni nazorat qilishning samarali tizimi tashkil etilmagan. Kop hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish, xavfsiz yashash boyicha belgilangan talablar buzilishiga yol qoyilmoqda.

Bino va inshootlarni tamirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoidalarga, muddatlarga rioya etilmayapti. Uylarga tutash hududlarning holati sanitariya meyorlari, qoidalariga javob bermaydi.

Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik taminoti bilan yetarli darajada taminlanmayapti. Qabul qilingan bir qator meyoriy hujjatlar sohani rivojlantirishning huquqiy asosini tola-tokis taminlay olmayapti.

Jumladan, sohada boshqaruvning iqtisodiy usullariga nisbatan mamuriy usullarning ustunligi, xojalik yuritishda sarf-xarajatlarning yuqoriligi, xizmatlar korsatish jarayonida energiya resurslarini yoqotish darajasining yuqoriligi islohotlarga jiddiy tosiq bolmoqda. Tariflarni shakllantirishda shaffoflikning yetishmasligi, xarajatlar sarfi borasida aholi xabardorligining talab darajasida emasligi, xususiy uy-joy shirkatlari azolarining bozor sharoitida faoliyat yuritish borasida bilim va konikmalarning yetishmasligi ham holatga jiddiy salbiy tasir korsatmoqda.

Xullas, bugun uy-joy kommunal xizmat korsatish tizimini rivojlantirish zarurati juda yuqori. Qishloq joylarda kommunal xizmat korsatish tizimi hanuzgacha muammoligicha qolmoqda. Masalan, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taminlashdagi muammolar hali-hamon oz yechimini kutyapti. Tuman, shahar, viloyat markazlaridagi kop qavatli uylarning aksariyatida bu xizmatlar yaxshi yolga qoyilmagani achinarli holdir.

Mazkur sohaga oid munosabatlarni tartibga solish dolzarb, kechiktirib bolmaydigan muammoga aylangan. Uni hal etish uchun birinchi navbatda meyoriy hujjatlarni qayta korib chiqish, ularni har tomonlama takomillashtirish zarur.

Bu jarayonda boshqariladigan narx va tariflarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, istemolchilarning huquqlarini himoya qilish, uy-joy kommunal xizmatlar korsatishning yagona huquqiy standartlarini ornatish, boshqaruvning samarali mexanizmini yolga qoyish, tariflar ornatishning shaffofligi va asoslanganini taminlash, davlat-xususiy sheriklikni yolga qoyish masalalariga alohida etibor qaratish kerak boladi. Shu maqsadda Uy-joy, kommunal xizmatlar va ularning tariflari togrisida qonun loyihasi ishlab chiqishni taklif qilaman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: