O'zb  
 
28.08.2018

DEPUTAT VA MAHALLA HAMKORLIGIDA MUAMMOLAR OSON YECHIM TOPADI

Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning barcha hududlarida yoqlov tadbirlari otkazmoqda.

Kuni kecha OzXDP Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Komila Karomova Mirzo Ulugbek tumanidagi «Avayxon» va Shortepa mahallalarida bolishdi. Keksalar, nogironligi bolgan kishilar, ehtiyojmand oila vakillari holidan xabar olishdi. Ularni oylantirayotgan muammolar, turmush sharoitlari organildi.

— Etibor va hurmat korsatib xonadonimga kelganinglardan mamnunman, deydi Shortepa mahallasida istiqomat qilayotgan Olbosin Otepova. Yolgizlik yomon ekan. Eshigingdan kimdir kelib, hol-ahvol sorasa, kongling togdek kotariladi.

Onaxon bilan suhbatda yolgiz yashashini, sogligi bilan bogliq muammolar borligini bildik. Partiya xodimlari Olbosin Otepovaga davolanishi uchun komaklashadigan boldi. Shundan song mazkur mahallada istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Qobiljon Tursunov xonadonida boldik.

Mazkur mahalladagi Karomat Suppekova bizga hamrohlik qilayotgan deputat bilan uzoq sorashganini korib hayron qoldik. Xalq deputatlari Mirzo Ulugbek tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Ulugbek Rajabov holatga izoh berdi.

Prezidentimizning xalqning ichiga kirib borib, yuzma-yuz muloqot qilinglar, degan sozlarining manosini bugun chuqur anglayapmiz, deydi u. Aholi orasida yurib, ularni oylantirayotgan muammolarni organyapmiz. Qoldan kelgancha yordamlashyapmiz. Huquqiy maslahat berib boryapmiz. Shu jarayonda hududlarda qanchadan-qancha muammolar yigilib qolganiga guvoh bolayotganimiz ham bor haqiqat. Ming afsuski, joylarda mahalla deputat tegishli tashkilotlar hamkorligiga yetarli etibor qaratilmagan. Deputat bolib birinchi qilgan ishim, ozim saylangan mahallaga borish boldi. Saylovchilar bilan uyma-uy yurib, suhbatlashib chiqdim. Aniqlangan muammolarni tizimli ravishda mahalla bilan hamkorlikda hal etyapmiz. Karomat Suppekovaning xonadonida ham bolganmiz. Ularning yashash sharoitlarini organib, homiylar topib, uyini tamirlab berdik. Shundan buyon bu xonadonga tez-tez kelib turamiz.

Rost, deputatlikka nomzodi qoyilganlar kopincha saylov otishi bilan korinmay qoladi, deydi Shortepa mahallasi faoli Fotima Safayeva. Toshkent shahar tuman Kengashlariga otkazilgan saylovdan kop otmay Ulugbek Rajabov mahallamizga keldi. Maqsadini tushuntirdi. Shundan buyon hamkorlikda ish olib boryapmiz. Mahallamizda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oila vakillarining royxatini shakllantirdik. Ularni oylantirayotgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etib boryapmiz.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.