O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.08.2018

DOSTU QARDOSHDIR AZALDAN OZBEGIM TOJIK BILAN

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida ozaro savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishilgan edi. Shu asosda Samarqand shahrida dastlabki biznes-forum ham tashkil etilgandi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning Ozbekistonga tashrifi ana shu kelishuvlarni yanada rivojlantirish imkonini yaratdi. Martabali mehmon Prezidentimiz hamrohligida Samarqand shahrida ham boldi.



Abdulatif HAYDAROV, Ozbekiston XDP Samarqand shahar kengashi raisi:

Bilamizki, bir daryodan suv ichib, qarindoshlik rishtalari bilan boglangan ozbek va tojik xalqlari ortasida azaldan yaqin qoshnichilikka asoslangan hamkorlik yolga qoyilgan. Aslida ikki xalqning umumiy tarixi, uzviy ma’naviy qadriyatlari bir. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning Ozbekistonga tashrifini mamlakatimizda, jumladan, Samarqandda yashayotgan tojik millati vakillari ham katta qiziqish bilan kuzatdi. Negaki, bu tashrif ikki davlat ortasidagi azaliy qoshnichilik, birodarlik aloqalarini qayta tiklashga, ortadagi savdo-iqtisodiy, madaniy-marifiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tojikiston Prezidentining Samarqandda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi uning xalqimizga ehtiromi, mehr-oqibati ifodasi boldi. Joylarda otkazilgan uchrashuvlarda ikki mamlakat rahbarlari odamlarni qiziqtirayotgan masalalar haqida fikr yuritishdi. Shu orinda men Ozbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning allaqachon xalqlarimizning sevimli qoshigiga aylanib ulgurgan «Dostu qardoshdir azaldan ozbegim tojik bilan...» deb boshlanuvchi mashhur sherini esladim. Samarqandlik tojik dostlarimiz bu ashorni oz tillarida Yoru barodar az azal ozbeku tojik... deya kuylashadi. Ikki xalq ijodkorlari tomonidan hali xalqlarimizni uluglovchi bunday asarlar koplab yaratiladi. Negaki, Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon say-harakatlari tufayli ikki xalq ortasidagi dostlik rishtalari mustahkam boglandi, ijodkorlarni ilhomlantiruvchi, ularga ijodiy kuch bagishlovchi soglom muhit yuzaga keldi.



Shoira XUDOYQULOVA, Samarqand davlat tibbiyot instituti biofizika kafedrasi katta oqituvchisi, OzXDP azosi:

Ozbekiston va Tojikiston davlatlarining hamkorlikda bir emas, ikkita GES qurish haqidagi tashabbuslari har ikki davlatdagi, jumladan, Samarqanddagi ikki millat vakillarini quvontirib yubordi. Yana bu inshootning biri Zarafshon daryosi hududida bolishini aytmaysizmi? Daryoning Tojikiston hududida barpo etiladigan 320 megavatt quvvatga ega boladigan GES loyihasi haqida Tojikiston Prezidentining Ozbekiston Prezidentiga malumot bergani bizni yana ham quvontirdi. Quriladigan gidro elektr stansiyalaridan har ikki mamlakat oz iqtisodiyotini rivojlantirishda foydalanishi mumkinligi haqida ham aytildi.

Imomali Rahmon Ozbekistonga tashrifi davomida Sarez kolining suvidan ham hamkorlikda foydalanishni taklif qildi. Bu fikrlardan malum boladiki, bundan buyon Ozbekiston va Tojikiston davlatlari ortasida suv va elektr muammosi birgalikda hal etiladi. Ikki davlat, ikki millat ortasidagi haqiqiy dostlik endi yangicha qiyofa kasb etadi.





Komil SATTOROV, Bulungur tumanidagi Umrzoq bobo fermer xojaligi raisi, OzXDP azosi:

Kop yildan buyon qishloq xojaligi sohasida ishlayman. Endilikda meva-sabzavot yetishtirish bilangina cheklanib qolmasdan, uni qayta ishlashni ham yolga qoyyapmiz. Yuqori hosildorlikka erishish maqsadida ishlab chiqarishga ilgor texnologiyalarni tatbiq etayapmiz. Ayniqsa, issiqxonada mahsulot yetishtirish bozor barqarorligini taminlash va aholi ehtiyojini qondirishda eng samarali usul hisoblanadi.

Shu yilning koklamida Samarqand va Tojikistonning Sugd viloyatlarida otkazilgan forumda ikki viloyat ortasida 200 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan edi. Jumladan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan qishloq xojaligi, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, tekstil, qurilish materiallari, maishiy xojalik mollari va boshqa tovar xizmatlarni eksport qilish boyicha 87 shartnoma tuzildi. Bu birgina viloyat bilan ornatilgan hamkorlik natijasi. Mamlakatlar boyicha soz yuritsak yanada yirikroq raqamlarga koz tushadi. Bugungi muloqotlardan song bu boradagi ishlar hajmi oshadi. Demak, mazkur harakatlar har ikki mamlakat aholisining farovonligiga xizmat qilishini, koplab odamlarning yangi ish orinlariga ega bolishini anglatadi.



Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.