O'zb  
 
02.08.2018

BOSHLANGICH TASHKILOTLARDA AHVOL QANDAY?..

O‘zbekiston XDP Navoiy viloyat kengashi tasarrufida 22 ming nafarga yaqin a’zoni birlashtirgan 455 boshlangich partiya tashkiloti mavjud. Bugungi kunda ularning faoliyatini yanada jonlantirish chora-tadbirlari korilmoqda. Ammo ishlar barcha hududlarda ham birdek togri yolga qoyilgan, deb bolmaydi.

Yaqinda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash sektori tomonidan mazkur masala atroflicha organildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boyicha topshiriqlar berildi.

— Bir hafta davomida viloyat markazidan 250-300 kilometr uzoqlikda joylashgan Zarafshon shahri va Tomdi, Uchquduq tumanlarida boldik, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash sektori mudiri Akmal Tursunboyev. Jumladan, Zarafshon shahridagi Sil kasalliklariga qarshi kurash dispanseri, «Agama» tibbiyot birlashmasi va Yulduz mahalla fuqarolar yigini, Tomdi tumanidagi Obodonlashtirish boshqarmasi va Uchquduq tumanidagi Mustaqillik MFY va Uy-joylardan foydalanish idorasidagi BPTlar bilan yaqindan tanishdik. Haqiqiy holat organildi. Tegishli tavsiya va korsatmalar berildi.

Organishlar davomida malum boldiki, Uchquduq, Xatirchi va Nurota tumanlarida koplab kamchiliklarga yol qoyilgan. Ayrim tuman kengashlari ijrochi kotiblari oz ishiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan. Hatto, ozibolarchilik kayfiyatiga berilganiga ham guvoh boldik.

Xatirchi tuman kengashida 70 BPT faoliyat korsatmoqda. Lekin yuritilayotgan hujjatlar talab darajasida emas. Shuningdek, azolik hujjatlarining toldirilishi ham belgilangan meyorlarga mos kelmaydi.

Navoiy shahrida BPT faoliyatini organish natijalariga bagishlangan tahliliy-tanqidiy yigilish otkazildi. Unda yol qoyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shu kuni oz vazifasiga masuliyatsizlik bilan yondashgani uchun Xatirchi tuman kengashi ijrochi kotibi vazifasidan ozod etilgan bolsa, Xatirchi, Uchquduq va Konimex tuman kengashi raislari ogohlantirildi.

Boshlangich tashkilot partiyani harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir, dedi OzXDP Navoiy viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Maqsud Nurullayev. Quyi bogin bilan ishlashda qator kamchiliklarga yol qoyilmoqda. Malumki, 2019 yilda parlamentning quyi palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bolib otadi. Mazkur siyosiy jarayonda biz, avvalo, BPTlarga tayanamiz.

Haftaning har payshanba kuni navbati bilan boshlangich partiya tashkilotlarida siyosiy oquvlar tashkil etmoqdamiz, deydi OzXDP Navbahor tuman kengashi raisi Muzaffar Shodiyev. Bugun bildirilgan fikrlardan xulosa chiqarib, faoliyatimizni tubdan qayta korib chiqamiz.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.