O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.07.2018

DEPUTATGA YUZAKI JAVOB XATI KERAK EMAS!

Murodjon HAYITOV, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi:

— Deputatga hamma eshiklar ochiq. Biroq eshiklar ortida turgan mezbonlarning kayfiyati eskicha, ozgina mehnat va tashabbusni qollab-quvvatlashga yaramaydiganlar ham bor. Yomon illatlardan qutulmasak, byurokratiya devori mustahkamlanib boraveradi. Oz lavozim majburiyatini toliq his etmaydigan, deputat sorovini oddiy xatlar sirasiga kiritib, «bosqichma-bosqich dasturlar asosida hal etilishi malum qilinadi» kabi umumiy gap bilan masuliyatni ozidan uzoqlashtiruvchi rahbarlarning dunyoqarashi ozgarishi uchun yana qancha vaqt kerak?

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi togrisidagi qonunning 8-moddasida deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat sorovi yuborishga haqlidir, deb belgilangan. Bunday sorovga on kundan kechiktirmay javob berilishi kerak. Shunga qaramasdan mahalliy rahbarlar, ayniqsa, tumanlarda ishlovchi rahbarlarning deputat soroviga beetibor qarash hollari hamon davom etmoqda.

Deputatning taklif va tashabbuslarini royobga chiqarish yolida yelka tutadigan rahbar kam, degan xulosaga kelyapman. Sirdaryolik bazi rahbarlarning olib borilayotgan islohotlarga bolgan sadoqat chegarasi qaysi nuqtada nihoya topishini oylab hayronman.

Joriy yilning 26 may kuni Sirdaryo viloyati boyicha gaz taminoti hududiy filiali boshligi Jahongir Xidirov nomiga yuborilgan deputatlik sorovida Mirzaobod tumani markazi Navroz shaharchasida yangi qurilgan uchastkalar, yani Marifat va Istiqbol kochalarida yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan gaz tarmogiga ulanish uchun texnik shart hujjati rasmiylashtirilishi soralgan edi. Gap shundaki, fuqarolar oz hisobidan gaz quvurlari sotib olishgan. Biroq texnik shart hujjati bolmagani bois, bir necha yillardan buyon gazsiz qiynalishmoqda...

Sirdaryo viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati bosh direktori nomiga joriy yil 5 iyun kuni 20-sonli deputat sorovi yubordim. Mazkur sorovni yuborishga jiddiy sabablar bor edi.

Yani, Mirzaobod tumani Toshkent mahallasining Yoshlar, Umid, Navbahor, Zumrad kochalari, Tinchlik mahallasining Mehribon, Pillakor, Obod kongil kochalari, Bogiston mahallasining Sarbon, Vatanparvar, H.Olimjon, Navo kochalari, Navroz shaharcha fuqarolar yiginining Istiqbol, Marifat, Bahor, Navroz, Sayqal, Zomin-4 kochalarida aholi ilojsizlikdan terak, tol daraxtlaridan qolbola simyogochlar yasab, elektr tizimidan foydalanmoqda. Bu xavfsizlikka mutlaqo zid.

Soha xodimlari aholi bilan muloqotlarda dasturga kiritilgan, hal boladi, degan gapdan nariga otmagan. Masala 2015 yil dasturga kirdi, negadir har gal sirli ravishda dasturdan tushib qolaveradi. Ishonchning ham chegarasi boladi, ammo berilayotgan vadalarning chegarasi korinmayapti. Odamlarga vada emas, amaliy ish kerak.

Yana bir hal etilmay qolayotgan masala bor. Qish kunlarida Mirzaobod tumanining ayrim mahallalari kabi Bogiston mahallasidagi bir necha xonadon suv ichida qoladi. Ushbu masala yuzasidan quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi viloyat meliorativ ekspeditsiyasi boshligi nomiga yuborilgan deputat sorovi ham vadalar girdobida qolib ketdi. Muammolarga befarqlikning sababini anglash qiyin.

Mahalliy Kengashlar deputatlarining obrosi tushib ketishiga otkazilayotgan yuzaki sessiyalarning ham tasiri katta boladi, deb oylayman. Deputat tanqidiy-tahliliy mulohaza, taklif yoki tashabbuslar orniga, ovoz chiqarmasdan qol kotarib, besh yillik muddatni otkazib yuborishi mumkin. Minglab saylovchilarning nomidan kelgan deputat bir ogiz fikr bildirmasa, sessiya faqat rais belgilagan ssenariy asosida otsa, deputat degan yuksak maqom obrosini yoqotaveradi.

Agarda har bir sessiyada hududdagi rahbarlarning kamchiliklari muhokama qilinsa, deputat soroviga tayinli javob bermagan rahbarga sessiya qarori bilan chora korilib, bosqichma-bosqich masalalar yechib borilsa, muammolar haqida gapirishga orin qolmasdi.

Deputat uchun hamma eshiklar ochiq. Biroq ular ortida minnatli va yovqarash mezbonlar borligini eslasang, tashabbuslaring birma-bir sondirib borilsa, deputatlik sorovlariga oldindan tayyorlab qoyilgan bir xil mazmundagi javoblar kelaversa, saylovchilar oldida ham hurmating qolmaydi. Odamlarning deputatlar saylov otguncha fidoyi boladi, degan sozlari esa qalbni ezaveradi.

Hududiy dasturlar uch-tortta soha xodimining ishlanmasi asosida hech bir ozgarishsiz sessiyada tasdiqlanaversa, deputatlar oz hududidagi muammolarni dasturga kiritishga ulgurmay qoladi. Loyiha yozganlar real holatni toliq bilmasligi oqibatida har yili ayrim dolzarb muammolar dasturga kirmay qolaveradi. Bunday holda yil davomida ming marta deputat sorovi yuborganing bilan dasturni ham, vaziyatni ham ozgartira olmaysan.

Men deputatlar taqdiri hokimliklarning tashkiliy-nazorat guruhi xodimlari qolida qolib ketayotganiga achinaman. Sessiya qarorlari loyihalarini deputatlar, doimiy komissiyalar ozlari mustaqil yozmasligi, balki shuning uchun qarorlar halqchil emasligi haqida ham uzoq gapirish mumkin. Deputatlarning eng katta kamchiligi andisha, degan tushuncha bolib qolmoqda.

Joriy yilning 25 fevral kuni xalq deputatlari Sirdaryo viloyat va ayrim tuman Kengashlarining boshab qolgan orinlariga saylovlar otkazildi. Oradan ikki oy otib, yangi saylangan deputatlar sessiyada tanishtirildi, unga qadar ikki marotaba sessiya otkazildi. Biroq deputatlarning guvohnomasi va kokrak nishoni 4 oy otdi hamki topshirilgani yoq.

Fikrimcha, deputatlarning huzuriga yordam sorab kelgan ayrim fuqarolarni ham sessiyalarga taklif etish lozim. Shundagina murojaatlarni hal etmay, fuqarolarni sarson qilayotgan rahbarlarning yuzi asta-sekin ochiladi. Sessiyaga rahbarlar puxta tayyorlanib kelishni, xalq vakillari oldida masuliyatli bolishni organadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: