O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.07.2018

MUROJAAT VA MASULIYAT

Xalq bilan muloqot qilish va insonlarning dardu tashvishi bilan yashash bugungi siyosatning asosini tashkil etadi. Bu esa barcha darajadagi rahbarlar, jumladan, siyosiy partiyalar mas’ullari va deputatlar zimmasiga ham katta masuliyat yuklashi tabiiy. Xo‘sh, bugungi kunda hududlarda elektoratimiz vakillarini qanday masalalar qiynayapti, muammolarni bartaraf qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan odamlarning kongli tolayaptimi?

Ana shu savollarga javob topish maqsadida Jarqorgon tumanida boldik.

— Togrisini aytganda, yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham bor, deydi Ozbekiston XDP Jarqorgon tuman kengashi raisi, tuman Kengashidagi partiya guruhi azosi Alisher Mamatmurodov. Aholini bandlik, yol qurilish, uy-joy olish, ichimlik suvi va tabiiy gaz masalalari koproq oylantiradi. Talim va tibbiyot, moliya-bank sohalarida ham salbiy holatlar kozga tashlanadi. Yillar davomida toplanib qolgan dolzarb muammolarni bartaraf qilish uchun partiyadoshlarimiz va deputatlar zamon talabiga mos ish yuritishlari lozim. Ayniqsa, Jamoatchilik qabulxonasi faoliyatini jonlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Joylarda sayyor qabullar tashkil qilish asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.

Otgan yili Jamoatchilik qabulxonamizga 113 kishi murojaat qilgan. Joriy yilning tort oyida esa 27 nafar fuqaro turli masalada qabulga kelgan. Ularni hal etish uchun qolimizdan kelgancha harakat qilyapmiz. Ammo bu raqam bizni qoniqtirmaydi. Bilamiz, yuzlab odamlar turli muammolarga yechim axtarib ovora bolib yuribdi. Bizga esa qariyb yarim yil orasida ulardan bor-yogi 27 nafari murojaat qilayapti. Nega? Bu savol har birimizni oylantirishi kerak.

Ayrim mutasaddilarda hamon beparvolik kuzatilayotgani afsuslanarli, deydi «Qoldovli» mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Abdusattor Fozilov. Muammoingizga yechim topish nari tursin, hatto dardingizni tinglamaydiganlar ham topiladi. Bu odamlarning haqli etiroziga sabab bolib, turli noroziliklarni keltirib chiqaryapti. Jamoatchilik qabulxonasi esa xalqimizning ishonchli maskaniga aylanayotganidan xursandman.

Oglim Salimjon Fozilov otgan yili Andijon davlat tibbiyot institutini muvaffaqiyatli tamomladi. Bundan onasi ikkimiz nihoyatda mamnun boldik. Tahsilni tolov-kontrakt asosida magistraturada davom ettirmoqchi bolganida yanada quvondik. Ammo 9 million 660 ming som pul topishga qiynaldik. Homiylik yordami sorab, turli korxona va tashkilotlar mutasaddilariga uchrashdim. Koplab masul idoralar rahbarlariga murojaat qildim. Lekin foydasi bolmadi. Shundan keyin Jamoatchilik qabulxonasiga bordim. Ozbekiston XDP Jarqorgon tuman kengashi raisi kutib oldi. Oilaviy sharoitimiz bilan yaqindan tanishgach, albatta yordam berishini aytdi.

Ishonib-ishonmay uyga qaytdim. Oradan uch-tort kun otgandan keyin Alisher Mamatmurodov shartnoma hujjatlarini soradi. Xullas, Ozbekiston XDP Jarqorgon tuman kengashining tashabbusi va Jarqorgon neftni qayta ishlash qoshma korxonasi rahbariyatining say-harakati bilan 4 million 830 ming som homiylik yordami korsatildi. Saxovatpesha insonlardan bir umr minnatdorman.

Shu orinda muhim masala xususida toxtalmoqchiman, deydi xalq deputatlari tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi rahbari Shukur Bozorov. Bugunga qadar chekka va borish qiyin bolgan hududlar toliq qamrab olingani yoq. Infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taminlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Aholiga namunali transport xizmati korsatishni yolga qoyish hamda vaqtinchalik avtomobillar turar-joylarini tashkil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Partiyadoshlarimizdan yanada faol va fidoyi bolish talab etiladi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.