O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
26.06.2018

SHHTNING TARIXIY SAMMITI: TARGIBOT ISHLARI KUCHAYTIRILMOQDA

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sindao shahrida o‘tkazilgan sammitida bir qancha tarixiy hujjatlar qabul qilindi. Shulardan biri ShHT davlatlari rahbarlarining Yoshlarga murojaatidir. Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ushbu sammitning ahamiyati haqida yoshlar ishtirokida davra suhbati otkazdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi a’zolari, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi xodimlari, «Istiqbol» yoshlar qanoti faollari, professor-oqituvchi va talabalar qatnashdi. Mavzu yuzasidan koplab fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulugbek IDIROV, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori, siyosiy fanlar doktori:

— Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sindao shahridagi 18-sammiti sakkizlik formatida boldi. Unda Hindiston va Pokiston mamlakatlari rasman azo sifatida ilk bor qatnashdi. Endilikda tashkilotga azo mamlakatlar aholisining soni 3 milliard 100 millionga yetdi. Yer maydoni esa 34 milliard kvadrat kilometrni tashkil etdi. Bu Yevroosiyo yer maydonining 60 foiziga tengdir.

Dunyoda yangicha jahon tartibotini shakllantirish qiyin kechayotgan bir paytda yashamoqdamiz. Garbdagi turli kuchlar esa bundan foydalanib, dunyodagi muvozanatni oz foydasiga hal qilishga urinayotgani ham bor haqiqat. Meyorni taminlashda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining salohiyati oshib borayotgani quvonarli, albatta.

Shu orinda Ozbekiston va Xitoy ortasidagi dostona munosabatlar tarixiga bir nazar tashlasak. Xitoy bilan Ozbekiston ortasidagi dostona munosabat istiqlolimizning ilk yillaridanoq ornatila boshlangan. 1992 yil 15 oktabrda yurtimizda Xitoyning ilk elchixonasi, 1995 yilning may oyida esa Pekinda Ozbekiston elchixonasi ochildi. 2012 yil iyun oyida Pekinda ikki mamlakat rahbarlari tomonidan ozaro strategik munosabatlar ornatish togrisida qoshma dekloratsiya imzolangan. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ozining Davlat boshqaruvi kitobida Ozbekiston Xitoyning ishonchli sherigiga aylanayotgani, ikki tomonlama hamkorlik uzoq muddatli ozaro manfaatlar asosida shakllanayotganini bayon etgan. 2017 yil may oyida bolgan Bir makon, bir yol forumi doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pekinga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida bolib otgan muzokaralar chogida Ozbekiston Xitoy munosabatlari korib chiqildi. Hali ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish masalasi muhokama qilindi. Yuzdan ortiq shartnoma imzolandi. Ularning umumiy hajmi 23 milliard dollarni tashkil etadi.

Haqiqatan ham, ikki mamlakat ortasidagi munosabatlar ozaro tenglik, shaffoflik asosida rivojlanib kelyapti. Quvonarlisi, bu hamkorlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, fan-talim, texnika va texnologiya sohalarida ham yuksalib bormoqda. Universitetimiz qoshida Xitoy munosabatlari fakultetining faoliyat yuritayotgani ham buning yorqin misolidir.

Ismatilla BEKMURATOV, TDShI Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti dekani, siyosiy fanlar nomzodi:

Ozbekistonda uch bora ShHT sammiti otkazilgani barchamiz uchun faxrlanishga arzigulik voqea, deb oylayman. Uchala sammitda ham tarjimon sifatida qatnashganman. U yerdagi muzokara jarayonlariga bevosita guvoh bolganman. Qarorlar qabul qilinganida, birinchilardan bolib eshitishga muvaffaq bolganman.

Xalqaro miqyosda biror qaror qabul qilish juda ogir jarayon. Davlat rahbarlari qarorga qol qoyishlaridan oldin ekspert guruhlari ishlashi, fikr-mulohazalarni muvofiqlashtirib turish, vazirlar ortasidagi bahslar juda uzoq va masuliyatli bosqich hisoblanadi. Sindao shahridagi sammit doirasida Prezidentimiz tashabbusi asosida ShHTga azo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boyicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi ham oz-ozidan bolmadi. Yoshlarga bolgan etibor bugungi kunda qanchalik muhim ekanligini barchamiz yaxshi anglaymiz. Bugun yer yuzida 7 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan 2 milliarddan koprogini yoshlar tashkil etadi. Ozbekiston aholisining 60 foizi ham yoshlardan iborat. Yigit-qizlarning nima bilan mashgulligi, ularning bandligini taminlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yoshlar siyosatidan barchamizning xabarimiz bor. Ammo shu vaqtga qadar bu mexanizmning bazi qismlari yaxshi ishlamaganini ham rad etolmaymiz. Natijada yoshlar masalasida biroz oqsash holatlari sezildi. Kop bora xorijiy mamlakatlarda bolganimizda, u yerda oqiyotgan yoshlarning orasida ozbekistonliklar kamchilikni tashkil etishiga guvoh bolganman.

Yaqinda institutimizda katta anjuman otkazildi. Unga chet eldan siyosatchi olimlarlar ham kelishdi. Anjuman yakunida: Erkin fikrlaydigan yoshlaringiz kop ekan. Ularni togri yonaltirishingiz lozim. Shunda kelajagingiz yanada buyuk boladi, degan fikrlar bildirildi.

Sammit doirasida manfaatlar guruhi yuzaga kelishiga yol qoymaslik lozimligi aytildi. Buning uchun konsensus asosida munosabatlarni yolga qoyish kerak boladi. Sammitga azo davlatlar orasida bazi bir masalalarga yondashuvlar turlicha bolishi mumkin. Prezidentimiz mana shu masalada Xartiyada belgilangan konsensusga etibor qaratishimiz kerak, degan fikrni ortaga tashladilar. Teng huquqli hamkorlikda bu dolzarb ahamiyatga ega masaladir.

Davra suhbati yakunida yoshlarning dunyoqarashini ostirishga yordam beradigan tadbirlarni muntazam otkazib turishga kelishib olindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.