O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
26.06.2018

ISTEDODLI YOSHLAR TANLOVI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Yosh siyosatchi — 2018» korik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi otkazildi. Unda 12 nafar intiluvchan yosh uch shart asosida bellashdi.

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama yetuk, salohiyatli insonlar etib voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga kotarilgan, dedi OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi Haydar Boboxonov. Bu jarayonda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, xususan, siyosiy partiyalar zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklanadi. Partiyamizning yosh azolari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy bilimini oshirishda Yosh siyosatchi korik-tanlovi muhim ahamiyat kasb etmoqda...

Birinchi shartda ishtirokchilar besh daqiqa davomida oz loyihalarini taqdim etishdi.

Respublikamizda ehtiyojmand oila vakillariga, nogironligi bolgan shaxslarga komaklashadigan xayriya jamgarmalari faoliyat yuritadi, dedi tanlov ishtirokchisi Muzaffar Habibullayev. Ammo ular tasarrufidagi mablag barcha nogironligi bolgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirish uchun yetmaydi. Demak, iloji boricha ularning bandligini taminlash lozim. Ularni kasb-hunarga tayyorlash ham muhim vazifa sanaladi. Loyihamda maxsus oquv kurslari ochishni rejalashtirganman. Kurslarda zamonaviy kasblarga oqitishni moljallaganman.

Qolgan ikki shart ham qizgin bahslarga boy tarzda otdi.

Yakuniy natijalarga kora, Shayxontohur tumanidan Abdurahim Pardayev uchinchi, Yakkasaroy tumanidan Muzaffar Xabibullayev ikkinchi orinni qolga kiritdi. Yunusobod tumanidan Shahnoza Toshqulova birinchi orinni egalladi va tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadigan boldi.

Sirojiddin SHONAZAROV



DB query error.
Please try later.