O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.06.2018

POKIZANING POK NIYATLARI

Partiyamizning yosh a’zolari, faollari, xayrixohlari Bo‘stonliq tuman musiqa va sanat maktabi zalida «Yosh siyosatchi — 2018» tanlovining Toshkent viloyat bosqichi boshlanishini kutishmoqda. Ayniqsa, golib bolishni niyat qilgan 18 nafar ishtirokchining hayajoni cheksiz.

Suhbat mobaynida yigit-qizlardagi qatiyat, oziga ishonch, ilmga tashnalikni korib, xursand boldik. Ayniqsa, bekobodlik Pokiza Xolbotayevaning fikrlari etiborimizni tortdi.

Turli tadbirlarda ishtirok etayotgan faol tengdoshlarimizni televizordan korib, havas qilaman, dedi Pokiza Xolbotayeva. Ozim ham kelajakda tashqi ishlar vazirligi xodimi bolmoqchiman. Ingliz va rus tillarini bilaman. Hozir fransuz va yapon tilini organyapman. Sizga bir orzuim haqida aytmoqchiman. Oilada tort qizmiz. Men kenjasiman. Opalarim oliy malumotli. Ular bugun turli sohalarda mehnat qilishmoqda. Men kelajakda Yaponiyada tahsil olishga ahd qilganman.

Tanlovda ishtirokchilar uch shart asosida bahslashishdi. Oz imkoniyatlari, bilim darajalarini sinovdan otkazishdi. Birinchi shartda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan innovatsion loytihalar namoyish etildi.

Kop qavatli uyda turaman, deb soz boshladi Chirchiq shahridan Dilmurod Sarimsoqov. Shu bois u yerdagi muammolarni yaxshi bilaman. Biz yashayotgan uy qish kunlardagina issiq suv bilan taminlanadi. Shunda ham bosim kongildagidek bolmaydi. Yangi qurilayotgan uylar alohida isitish tizimiga egaligini bildim. Buning uchun maxsus uskuna ornatilayotgan ekan. Ozim yashaydigan hududda buni joriy etish boyicha loyiha tayyorladim. Dastlab qurilmaning ishlash tartibi, ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Keyin hududdagi aholi fikrini organdim. Loyiha amalga oshsa, har bir xonadon oz ehtiyojiga kora issiqlik bilan taminlanishiga erishiladi.

Hakamlar hayatining yakuniy xulosasi elon qilindi. Unga kora, Oqqorgon tumanidan Roza Zokirova uchinchi, Angren shahridan Ahmadxonov Xayrullaxon ikkinchi, Bekobod tumanidan Pokiza Xolbotayeva birinchi orinni qolga kiritdi va respublika bosqichiga yol oldi.

Tanlovda qator nominatsiyalar boyicha ham sovrindorlar taqdirlandi.

Gulshoda ABILOVA



DB query error.
Please try later.