O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.06.2018

ISTIQBOLLI LOYIHALAR TAQDIM ETILDI

Tanlovning Navoiy viloyat bosqichi Navoiy shahrida bo‘lib otdi. Unda deputatlar, partiya faollari, yoshlar ishtirok etdi.

— Tanlovning nufuzi yildan-yilga oshib, unga yoshlarning qiziqishi ortib bormoqda, deydi OzXDP Navoiy viloyat kengashi sektor mudiri Latifjon Azizov. Agar raqamlarga e’tibor qaratadigan bolsak, otgan yili 1300 nafarga yaqin, joriy yilda 2014 nafar yoshlar tanlovda qatnashish istagini bildirishdi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlaridan goliblarni saralash oson bolmadi.

Partiyaning viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Maqsud Nurullayev tanlovni ochiq deb elon qildi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Ishtirokchilar oz bilim va mahoratini namoyon etishga kirishdi.

Tomdi tumanidan Nursulu Sariyeva «Obod xonadon obod qishloq: muammo va yechim» mavzusida tayyorlagan loyihasi haqida tolqinlanib gapirdi.

Bizning hududimizda ham yakka-yolgiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar bor, deydi u. Ayrimlarining xonadonlari tamirga muhtoj. Biz homiylar, deputatlar va tadbirkorlarning moliyaviy komagi bilan ana shunday kishilarning uylarini tamirlashni niyat qildik. Buning uchun kongilli quruvchi va yoshlar taklif etiladi. Xonadonga zarur boladigan qurilish mahsulotlari va buyoqlar homiylar tomonidan kelib tushgan mablag evaziga qoplanadi.

Karmanalik Shahlo Orziyevaning loyihasi ham kopchilikka maqul boldi. Loyihada qishloq joylarda epidemiologik muvozanatni barqarorlashtirish taklifi ilgari surildi.

Ikkinchi va uchinchi shartlar ham qizgin bahslarga boy tarzda otdi.

Yakuniy natijalarga kora, karmanalik Shahlo Orziyeva respublika bosqichida ishtirok etadigan boldi. Golib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgalari topshirildi.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.