O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
21.06.2018

ANORNING ICHIDA NECHTA DONASI BOLSA, U SHUNCHA DARDGA DAVODIR

Bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida Quvaning anori hayotbaxsh meva ekanligi aytib o‘tilgan. Hayotbaxsh degan ta’rif bejiz emas. Anor mevasini tabiiy donor qoniga qiyoslash mumkin.

Fargona anorzori agrofirmasi rahbari, Ozbekiston XDP Quva tuman kengashi raisi Masturaxon Sayfutdinova anorning shifobaxshligi, uni serhosil yetishtirishning sir-asrorlari haqida kop narsani biladi.

— Anor tarkibidagi antioksidant moddalar inson organizmini yoshartirish xususiyatiga ega, deydi Masturaxon opa. Bundan tashqari, anor mevasining postlogidan, daraxtining gullari, barglari va ildizidan turli dori preparatlari va xushboy kosmetik vositalar tayyorlash mumkin. Qoyingki, xalqimiz iborasi bilan aytganda, Anorning ichida nechta donasi bolsa, u shuncha dardga davodir.

Davlatimiz rahbarining otgan yil boshida Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogida mamlakatimizda anorzorlarni tashkil etish boyicha ilgari surgan tashabbuslari fargonalik bogbonlarning ayni konglidagi ish boldi. Togri-da, Quva anori bir necha on yil ilgari qoshni mamlakatlarga eksport qilinardi. Quva anorchi qizlarining brigada boshligi Masturaxon Sayfutdinovani el tanigan.

Prezidentimiz tashabbusi va viloyat hokimining qollab-quvvatlashi asosida partiyadoshimiz Masturaxon opaning tajribasi amaliyotga qollandi. Fargona-Quva katta yoli boyidagi adirliklarda yastanib yotgan 289 gektar yer maydoni anorzorga aylantirildi. 272 ming dona sara anor kochatlari ekildi. Xosiyatli anor mevasining kochati ham juda nozik bolar ekan. Har bir meva niholini yerga ekishda Mastura opaning ozi bosh-qosh boldi. Nihollar birinchi yili 10-15 marta sugorilishi, buning chorasini korish kerak. Davlatimiz rahbarining ishonchini oqlash uchun Mastura opa korpa-toshagini ham adirga kochirib keldi. Juda qisqa fursat ichida adirlikda mehnat qilayotganlar uchun uy qurildi. Yashash, ishlash uchun qulayliklar yaratildi.

Shunday qilib, halol mehnati bilan oziga haykal qoyishga qodir bolgan fargonaliklar bir tan-u bir jon bolib, Fargona anorzori agrofirmasiga, tabir joiz bolsa, hayot bogiga asos soldi. Bu yerda bugun birgina Quva tumani emas, Quvasoy va Toshloq tumanlarida istiqomat qiluvchi 154 xonadon azolari, jami 500 nafarga yaqin fuqaro ish orni bilan taminlandi. Anor boglari hosilga kirgunga qadar kochat oraligiga qulupnaydan tortib, qovun-tarvuzgacha, pomidoru karamdan tortib, kartoshka, piyozgacha ekildi. Asalarichilik, limon va boshqa sabzavot mahsulotlarini qishin-yozin yetishtirish maqsadida issiqxona qurildi. Tokzor-u olmazorlar barpo etildi, rayhonu jambillar, chiroyli gullar yerga qadaldi.

Quvonarlisi, birinchi ekilgan kochatlar bu yil hosilga kirdi. Fargonaliklar birinchi anor kochatini Yurtboshimiz ekadilar, deya oq tuvakka ornatib, egat boshiga qoyishgan edi. Niyatning xolisligini koringki, Prezidentimizning 12-13 iyun kunlari Fargonaga tashrifi paytida osha anor kochati shoda mevasi bilan kozlarni quvontirdi.

Yurtboshimizning bogimizga tashriflari bizni juda ham baxtiyor qildi, deydi Mastura opa. Yuzma-yuz suhbat chogida bu sohani rivojlantirish boyicha ozlarining qimmatli maslahatlarini berdilar. Shifobaxsh anor mevasini qayta ishlash uchun zarur boladigan barcha shart-sharoitlar yaratilishi aytildi. Eng quvonarlisi, anorchilikni rivojlantirish maqsadida Fargona davlat universiteti qoshida Anorchilik kafedrasini tashkil etish boyicha oz takliflarini bildirdilar. Anor ancha noziktab osimlik, uning tilini tushunish oson emas. Buning uchun ilmni izchil yolga qoyib olishimiz muhim. Bu anor mevasining dorivor mahsulot ekanligini ilmiy asoslab berishga, amaliyot bilan nazariyani boglash orqali eksportbop mahsulotlar, dori-darmon hamda kosmetik vositalarni ishlab chiqishga asos boladi.

Eng foydali elementlarga boy, Quvaning shifobaxsh Qayum anori va Qizilpochoq shirin anori, Qashqadaryoning Ulfi, Surxondaryoning Qozoqi, Ozarbayjonning Bola mursan kabi koplab doni va sharbati shirin anor navlarini yetishtirishga imkoniyatimiz ham, tajribamiz ham yetarli. Kelajakda anorzor bogimizni 20 ming gektarga yetkazish niyatidamiz, deydi Masturaxon opa.

Fargonada Anorchi opa Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga avvalgi chaqiriqlarda partiyamizdan deputat bolib saylangan. Shu bois el orasida Deputat opa, deya nom ham olgan. Mirishkor bogbon, partiyamizning faoli Masturaxon opaning ulug niyatlar bilan qilayotgan ishlarida omad yor bolsin, deb niyat qilamiz.

Dilbarxon MAMADJANOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: