O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.06.2018

MURUVVATLI BOLISH BURCHIMIZ

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi tomonidan «Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish burchimiz!» shiori ostida xayriya tadbirlari otkazilmoqda.

Dastlab viloyat partiya kengashining ishchi guruhi Saxovat, Muruvvat va Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarining moddiy texnik bazasini organdilar. Jumladan, Buxoro shahridagi nogiron ayollar uchun Muruvvat va internat uyidagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishildi. Muassasada 151 nafar xizmatchi xodim 255 nafar xotin-qizga xizmat korsatarkan.

Buxoro shahridagi ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olindi.

Salomat Jumaboyeva nogironligi bor ikki farzandi bilan birga yashar ekan, turmush ortogi vafot etgan. Salomat opaning bir nafar farzandi Muruvvat uyiga joylashtiriladigan boldi.

— Koinot kochasida kuyovimning uyida yashayman, deydi nogironligi bolgan Mavluda Avezova. Ayni chogda uy-joyga muhtojman. Bu haqda deputatlarga ham aytganman. Ularning sa’y-harakatlari bilan shahar hokimligi tomonidan uy-joyga muhtojlar royxatiga kiritildim.

Buxoro shahrida istiqomat qilayotgan nogironligi bolgan Rano Farmonova, Tatyana Gorseyeva, Dilfuza Ramazonova, Soliha Yusupovalarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar ham partiya faollari diqqat markazida boldi.

Farzandim bolaligidan nogiron, deydi Laylo Ikromova. Hozir u 12 yoshda. Partiya faollari yoqlab kelishganidan konglimiz kotarildi. Ayniqsa, doim gamgin yuradigan qizim Jasminaning chehrasidagi tabassumni korib xursand boldim. Unga oyinchoqlar sovga qilishdi. Bir chimdim mehr kongilni yashnatadi, deganlari rost ekan.

Shahlo BAQOYEVA



DB query error.
Please try later.