O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
14.06.2018

UY-JOYLI BOLISH BAXTI

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Termiz shahrida ehtiyojmand kishilarga yangi uy-joylar topshirildi. Bir va ikki xonali kvartiralarning 14 tasi ehtiyojmand oilalarga, 32 tasi esa Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga berildi.

— Joriy yilda «Jo‘yjangal» mahalla fuqarolar yigini hududidagi Nurafshon kochasida joylashgan sobiq mehmonxona kapital ta’mirlandi, deydi Termiz shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Zafarjon Nazarov. Bu ishga 7 milliard somdan ortiq mablag yonaltirildi. Yurtdoshlarimiz uchun munosib tuhfa bolgan uy-joylarning har bir qavatida alohida mehmon kutish zali tashkil qilingan. Mojaz oshxona ishlab turibdi, maxsus kir yuvish joylari bor. Hovlida toy va tantanalar uchun tandirxona hamda oshxona barpo etilgan. Oyin maydonchasi bolajonlarning sevimli maskaniga aylanganidan ota-onalar mamnun. Bandlikni taminlash maqsadida xorijdan 12 ta zamonaviy tikuv mashinasi keltirildi va tikuvchilik sexi faoliyati yolga qoyildi.

Turmush ortogim Mehribonlik uyida tarbiyalangan, deydi Parvina Ashurova. 2012 yilda toyimiz bolgandi. Ikki nafar farzandimiz bor. Shukrona 4 yoshda, Shodiyona esa yaqinda ikki yoshga toladi. Ishonasizmi, ikki yilga yaqin shifoxona hududidagi bir xonali xarobada yashaganmiz. Qishning ayozli kunlarida qiynalardik. Bahorda uy shiftidan tinimsiz suv otardi.

Ikki xonali uy-joyni olgan kunimiz rosa yigladim. Bundan oilam, qizaloqlarim, yaqinlarim va mehmonlar hayron qolishdi. Aslida bu sevinch kozyoshlari edi.

Ota-onam erta vafot etishgan, davom etadi Shahnoza Pirimqulova. Shundan keyin Termiz shahridagi Mehribonlik uyida talim-tarbiya oldim. Turmush ortogim Rashid Musurmonov bilan bir yildan ortiqroq qayinopamning uyida ijarada hayot kechirdik. Togri, qarindoshlar qoldan kelgancha yordam qilishdi. Ulardan minnatdorman. Ammo oz uying bolmasa, barchasi bekor ekan.

Bu yilgi Ramazon oyi biz uchun qutlug keldi. Bayram arafasida oglimiz Ayubjon tugilgan bolsa, kop otmay ikki xonali shinam uyga kochib otdik. Surxondaryo viloyati hamda Termiz shahar hokimliklari tomonidan televizor, muzlatkich, shkaf, stol-stul, gilam va uy-rozgor buyumlari sovga qilindi. Kommunal tolovlarning ikki oyligi amalga oshirilganini eshitib yanada quvondik. Qoshaloq shodiyona qoni-qoshnilar va yaqin qarindoshlar davrasida shod-u xurramlik bilan nishonlandi. Tashabbuskor insonlar doim sog-salomat bolishsin!

Saxovat va yaxshilik oyi Barno Safarova, Mirjaloliddin Mamadaliyev kabi koplab yigit-qizlarning qalblarini ham quvonchga toldirdi.

Termiz shahar hokimligi va Ozbekiston XDP Termiz shahar kengashi tashabbusi bilan yaqinda ushbu maskanda davra suhbati tashkil qilindi. Bolajonlarga hokimlik va partiyamizning sovgalari topshirildi.

Elektoratimiz vakillarini qollab-quvvatlash borasida viloyatda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda, deydi Ozbekiston XDP Termiz shahar kengashi raisi, xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya guruhi azosi Farrux Abjalov. Otgan yili kam taminlangan va nogironligi bolgan insonlardan 21 nafariga yangi uy-joylar topshirilgan bolsa, joriy yilning oxiriga qadar yana 116 nafar kishi ana shunday baxtga musharraf boladi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Suratda: Yangi uyga kochib otishganidan Shukrona va Shodiyona hammadan koproq xursand.



DB query error.
Please try later.