O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
14.06.2018

YOSHLAR YANGI DAVRNI YAXSHI HIS QILISHAYAPTI

Yaqinda televizor orqali Toshkent viloyatining qaysidir tumanida «Noodatiy mehnat yarmarkasi» o‘tkazilayotganiga kozim tushib qoldi. Ancha tomosha qilgach, bizga har bir ishda yangicha yondashuvchilar zarurligiga amin boldim. Shu zahoti Kitob tumanida Yosh siyosatchi tanlovining viloyat bosqichi qanday otkazilganini esladim...

Rosti, anchadan buyon Kitob shahri markazidagi 500 orinli madaniyat saroyiga buncha odam kelganini eslay olmayman. Bu yerga faqat kollej oquvchilarigina emas, balki orta yoshli koplab ota-onalar ham kelishgan.

— An’anani buzdik, deb kuladi OzXDP Kitob tuman kengashi raisi, partiyamiz Markaziy Kengashi azosi Zilola Norova. Barcha mahallalardan nuroniy faollarni ham taklif qildik. Yoshlarimizning bugungi hayotga qanday kirib borayotgani, orzu umidlari barchamiz uchun muhim...

Hozircha viloyat partiya tashkiloti 39 ming azoni birlashtirgan bolsa, ularning 31 foizi yoshlar, deydi OzXDP Qashqadaryo viloyat kengashining xodimi Shahlo Xudoyqulova. Yoshlar yirik masalalarni kotarib, tadbirkorlikka qol urishmoqda. Korikning savol-javoblarida kitobxonlik, kop kitob oqishga ham katta etibor berilgan.

Korik boshlanganda shuni his qildimki, partiyamiz yoshlari kop maqsad va umidlarga intilishar, ayrim sohalarda bir muncha yutuqlarga ham erishgan ekan. Kitob tumanidan Sohibjamol Qurbonovaning Yosh avlod tashabbusi farovon kelajak garovi loyihasi yoshlarni kurashga, hayotdan oz ornini topishga undaydi. Kasbi tumanida bugun 188 ming aholi yashasa, shundan 30 yoshgacha bolganlar 63 ming kishi. Salmoqli paxta va galla yetishtirayotgan tumanda sanoat keyingi yillardagina rivojlana boshladi. Shuning uchun ham kasbilik Asadbek Doltayevning kredit olib, tikuvchilik sexini ishga tushirish rejasi umid uygotadi.

Malumki, nodavlat talim xizmatlari korsatish faoliyatini yanada rivojlatirish chora-tadbirlari togrisida qaror qabul qilindi. Bu kelajak sari dadil va muhim qadamdir. Muborak tumanidan Davron Navrozov oz loyihasida Germaniyada jami maktablarning 12 foizini, Fransiyada 17, AQShda 18, Angliyada 20, Islandiya va Isroil davlatlarida 30 foizini xususiy maktablar tashkil etishini sanab otib, shunday talim maskani ochish orzusini bayon qilib berdi. Dehqonobod tumanidan Dilrabo Yangiboyeva uyda dekorativ va manzarali gul kochatlari yetishtirishning foydasini sharhlashga urindi.

Korikning savol-javob va notiqlik sanati shartlarini ham yoshlar zor hayajon bilan bajarishdi. Chiroqchi tumanidan qurilish kolleji oquvchisi Sobir Abdujalilovning sheriy kitobchasi chiqqan ekan. U oz sherlaridan ham oqib berdi.

Shunday qilib, birinchi orinni Qarshi tumanidan Umid Karimov egalladi va korikning Respublika bosqichiga yollanmani qolga kiritdi. Ikkinchi orin Yakkabog tumanidan Maftuna Norboyevaga nasib etdi. Uchinchi orin Koson tumanidan Nazokat Boborajabovaga berildi. Kosonning Quyibog mahallasida oz tikuvchilik sexini ochgan yosh tadbirkor Nazokatning intilishlari kopchilikka maqul tushdi. U hozir sexda sakkiz kishini ish bilan taminlagan. Kelajak uchun aniq rejalari bor.

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti birinchi bosqich talabasiman, deydi golib Umid Karimov. Oilada 4 ogilmiz. Otam tadbirkor, onam uy bekasi. Mening loyiham Saxovat, deb ataladi. Goyasi ijtimoiy komakka muhtoj kishilarga yordam berish. Bugun kop oqib-organmasang, niyatingga yetolmaysan. Tanlov davomida badiiy adabiyotlarni kam oqiganimni his qildim. Kelajakda bu tanlovda yana qatnashish niyatidaman.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri

Suratda: Yosh siyosatchi 2018 tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi qatnashchilari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: