O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
27.02.2018

CHORTOQDA AHVOL YAXSHI EMAS

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Oliy Majlis deputatlari, Senat a’zolaridan iborat ishchi guruh tumanda on kun davomida keng kolamli organish olib bordi. Tibbiyot, talim muassasalari, mahallalarda aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot otkazildi. Shu asosda sessiyada mavjud holat, aniqlangan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar, hal etilishi zarur bolgan masalalar ochiq-oshkora ortaga tashlandi.

Darhaqiqat, organishlar jarayonida 800dan ortiq muammoli masala aniqlandi. Ularning aksariyati joyida hal etildi. 15 ta katta muammo nazoratga olindi.

Ishchi guruh xulosasiga kora, tumandagi intilish va izlanishlar islohotlarning bugungi talabi darajasida emas. Xususan, tumanda subvensiya miqdori juda baland. Ish joylarini kopaytirish, tadbirkorlik subektlari uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, ishbilarmonlikka xalaqit qilayotgan tosiqlarni olib tashlash, istiqbolli yirik loyihalar ustida izlanish orqali bandlik bilan bogliq masalalarga yechim topish mumkin.

Chortoqda ichimlik suvi taminoti hanuz muammoligicha qolmoqda. Tibbiyot sohasidagi ozgarishlardan aholi qoniqmayapti, shifoxonalardagi sharoitlar talabga javob bermaydi.

Ishchi guruhi azosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Abdugaffor Qirgizboyev oz sozida talim-tarbiya maskanlaridagi ahvolni tanqidiy sharhlab berdi. Maktabgacha talim muassasalarida ozgarishlar kozga tashlanayotgan bolsa-da, bolajonlarni bogchalarga qamrab olishda muammolar bor. Tuman hududida joylashgan kollejlardagi ahvol ham qoniqarli emasligi takidlandi.

Sessiyada tuman Kengashining byudjet masalalari doimiy komissiyasi raisi Abdusamad Tojiboyev, tuman hokimining birinchi orinbosari Abrorjon Dadamirzayev, tuman hokimining orinbosari Shavkatjon Abdullajonov va boshqalar hisobot berdi.

Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining orinbosari Hotamjon Ketmonov sozga chiqib, tuman deputatlari va faollari oldida turgan muhim vazifalarga etibor qaratdi.

Organish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni hal etish boyicha «yol xarita»lari yaratish, uning ijrosiga erishish boyicha qaror qabul qilindi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.