O'zb  
 
22.02.2018

KONGILLI YOSHLAR GURUHIGA MARHAMAT!

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar va Sergeli tuman kengashlari bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda kasb-hunarga oqitish markazida seminar-trening otkazdi.

— Uyushmagan yoshlar jamiyatning faol a’zosiga aylanishi dolzarb masala, deydi OzXDP Toshkent shahar kengashi bolim boshligi Azima Rahmonova. «Jinoyatsiz kelajak sari» loyihasini shu maqsadda ishlab chiqdik. Loyihani Yoshlar ittifoqi shahar tashkiloti, imom-xatiblar, psixologlar bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ancha vaqtdan buyon tuman partiya kengashi qoshida Kongilli yoshlar guruhi tashkil etishni niyat qilgan edik, deydi OzXDP Sergeli tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Mirzohid Xidirov. Bu masalani yoshlar ishtirokida muhokama qildik. Deputatlar va partiya xodimlari bilan birgalikda ijtimoiy komakka muhtoj kishilar holidan xabar olish, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish guruhning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilab olindi.

Tadbirning ikkinchi qismida ustoz-olimlar hamda yoshlar ortasida suhbat bolib otdi.

Seminar fikr-mulohazalarga boy boldi, deydi xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputati Abdujamil Sodiqov. Ayniqsa, Dilafroz Isomiddinovaning Kongilli yoshlar guruhi faoliyati yuzasidan bildirgan taklifi barchaga maqul keldi. U nogironligi bolgan bolalarni qollab-quvvatlash kerakligini alohida takidladi. Dilafroz mahallasidagi ikki nafar nogironligi bor bolaga ingliz tilidan boshlangich saboqlarni berishni boshlaganini aytdi. Tengdoshlari ham unga ergashish istagini bildirishdi. Partiyamiz safida shunday yoshlar soni ortayotganidan juda mamnun boldim.

Shuningdek, Husan Nurmamatov ehtiyojmand oila vakillariga moddiy yordam korsatish, ushbu guruh ishtirokida homiylar topish mumkinligi haqida toxtaldi. Faxriyor Abdusalomov uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishning ahamiyati haqida soz yuritdi.

Gamxorlik qilishni istovchi yoshlar kopayayotganidan juda xursandman, deydi Toshkent shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolleji oquvchisi Roma Kitayev. Tadbir davomida tengdoshlarim bilan maqsadlarimiz haqida suhbatlashdik. Kongilli yoshlar guruhiga azo boldik. Bir-birimizga, atrofdagi insonlarga yaqindan komaklashishga doimo tayyormiz.

Ochigi, seminarda ekspert sifatida qatnashishni taklif etishganida odatiy tadbirlardan biri bolsa kerak, deb oylagandim, deydi Respublika Manaviyat va marifat markazi yetakchilar kengashi raisi Sherzod Yusupov. Ammo ishtirokim davomida fikrim ozgardi. Ozbekiston psixologlar uyushmasi bolim boshligi, psixolog-akmiolog Mirsharof Sodiqov bilan bolgan suhbatdan song yigit-qizlarning oziga bolgan ishonchi yanada ortganini kordim.

Seminar yakunida qisqa metrajli Tinchlik sohili videofilmi namoyish etildi.

Taklif va mulohazalari bilan faol qatnashgan yoshlarga teatrga bepul chipta va kitoblar taqdim etildi.

Sirojiddin SHONAZAROV,

OzXDP Toshkent shahar kengashi bolim boshligi.



DB query error.
Please try later.