O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
15.02.2018

TASHABBUSKORLIK TANLOVI

«O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol ayoli — 2018» korik-tanlovining Samarqand viloyat bosqichi otkazildi.

Bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi nufuzi baland, dedi OzXDP Samarqand viloyat kengashi raisi Majidxon Usmonov. Prezidentimizning Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni, shubhasiz, xotin-qizlar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga imkoniyat yaratdi. Unda xotin-qizlar hayoti bilan bogliq mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yollari aniq korsatib berilgan. Motabar ayol kokrak nishonining ta’sis etilishi esa mamlakatimizda xotin-qizlarga bolgan etiborning yanada oshayotganligidan, ularning naqadar ezozlanayotganidan darak beradi. Korik-tanlovda ishtirok etish maqsadida xotin-qizlarimizdan 821 nafari murojaat qilgan edi. 15 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida qatnashdi.

Oila barqarorligida ayolning orni beqiyos, dedi viloyat hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Marhabo Gafurova. Farzandlar tarbiyasi, ular iqtidorining shakllanishi, manaviy va intellektual salohiyatining oshishi, qoyingki, barcha jabhalarda xotin-qizlarning xizmati katta. Bunday tanlovlar xotin-qizlarimizni faollikka undash, tashabbuskor opa-singillarimizni boshqalarga ornak qilib korsatishda muhim ahamiyatga ega, deb oylayman.

Tanlovda Oqdaryo tumani ishtirokchisi Umida Abduvaliyevaga birinchi, payariqlik Zilola Rasulovaga ikkinchi, Kattaqorgon shahridan Dilrabo Rayimovaga uchinchi orin nasib etdi.

Goliblar, barcha ishtirokchilar OzXDP Samarqand viloyat kengashining maxsus diplom va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.