O'zb  
 
13.02.2018

NIYATLAR QOGOZDA QOLIB KETMASIN

Bugunning talabi shunday

Qashqa vohasida bugun Qarshi tumani ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. U yerning koplab tashabbus korsatib mehnat qilayotgan kishilari bilan uchrashib, song Gulnoza Qodirovaning huzuriga keldim.

Gulnoza yaxshi tashkilotchi. Bir ishni boshladimi, oxirigacha yetkazmaguncha tinchimaydi. Otgan yili «Ozbekiston XDPning eng faol ayoli» korik-tanlovining viloyat bosqichida aytgan niyatlari nima boldi?

— Hokimiyat Botosh qishlogidagi qarovsiz binoni nol qiymatda menga bergach, kredit hisobiga 20 ta tikish mashinasi sotib oldik, deydi suhbatdoshimiz. Hozircha 8 nafar ishchi kichik korxonamizda turli kiyim-kechaklar tikyapti. Hali yaxshi orzularimizga yetamiz...

Tanlovning Qashqadaryo viloyat bosqichi otishi moljallangan Qarshi shahridagi bolalar musiqa maktabida hunarmandlar tayyorlagan buyumlar korgazmasi tashkil etilgan edi. Dilimdan qayta-qayta orzular qogozda qolmasligi kerak, degan oy otdi. Otgan yili ancha xom rejalar taqdim etilganidan afsuslanardim. Tanishib, suhbatlasha boshladim. Men uchun tanlov ishtirokchilarining hayoti, oylari, intilishlari muhim edi. Dehqonobod tumani vakili Shoira Qoziyeva sex ochib, nogiron ayollarni ish bilan taminlashni maqsad qilibdi. Nishonlik Sevara Narzullayeva Harakatlar strategiyasini targib etishga oid loyiha bilan kelibdi. Qarshi shahar vakili Zulxumor Muqimova kasanachi ayollar uchun alohida sharoit yaratish ishtiyoqida.

Kasbi tumanida hunarmandlar, chevarlar kop. OzXDP azosi 30 yildan buyon minglab yoshlarga hunar orgatgan, hozir sexida 20 nafar tikuvchi bilan turfa kashta, ayollar buyumlarini ishlab chiqarayotgan Zebo Sultonova bilan suhbatni esa esdan chiqarmayman. U shogirdi Xurshida Boriyevaga MChJ korxona tuzish yol-yoriqlarini orgatayotgan ekan. Bugun shogirdi tanlov ishtirokchisi.

Hayot ortaga qoyayotgan muammolar, vazifalardan yuz ogirib ketish aslo mumkin emas, deydi OzXDP Kasbi tuman kengashi raisi Sulton Hamroyev. Xop, tumanimizda qishloq xojaligi yetakchi soha. Otgan yili 65 ming tonnadan koproq paxta yetkazib berdik. Agar 2360 partiya azomiz bolsa, ularning 35-40 foizi qishloq xojaligida mehnat qilyapti. Partiyadoshlarimizning 830 nafari xotin-qizlar. Ularning orasida tashabbuskorlari kop. Masalan, tuman Kengashi deputati Elmira Hasanova tashlandiq binoda 10 orinli xususiy bogcha tashkil qildi. Qamashi qishlogida 3 mingga yaqin bola bogchaga borishi kerak.

Rahmat, deyman kasbiliklarga. Xullas, tanlov boshlanadi. Sharti uchta edi. Loyiha taqdimoti, qonunlar sharhi va savollarga tezkor javoblar. Kitob tumani vakili, oliy malumotli tibbiyot hamshirasi Dilora Obboyeva bahsda ustunlik qildi. Dorivor osimliklarni tarqatadigan Sharq tabobati markazi xususidagi loyihasiga alo baho oldi. Keksalar, nogironlar va aholining ehtiyojmand toifalari manfaatlari bilan bogliq qonun hujjatlarini yaxshi sharhlab, ayrim takliflarini bildirdi. Savol-javobda yuqori korsatkichga erishib, korik-tanlovning Respublika bosqichiga yollanmani qolga kiritdi. Uchinchi orin Muborak tumani vakili Gulchehra Jorayevaga nasib qildi.

Ikkinchi orinni olish ham oson bolmadi, deydi qamashilik Lobar Xudoyqulova. Savol-javoblarga yetarli hozirlik kormagan ekanman, kelgusida buni hisobga olaman. Bizning Balandchayl qishlogimizda 15 ming aholi yashaydi, 2 ta maktab, kollej, mevalarni qayta ishlaydigan korxona bor. Tagin 8 nafar xususiy tadbirkor faoliyat korsatadi. Ammo kompyuter xizmati uchun tuman markaziga qatnashadi. Men qishlogimizdagi eski binoni ijaraga olib, shu sohani yolga qoymoqchiman. Tuman markazidan yer maydoni olganman, kelgusida qoshqavatli bino qurib, ikkinchi kichik qavatini gozallik saloniga aylantiraman. Xullas, niyatimni amalga oshirmaguncha tinmayman...

Vaqt kutib turmaydi, deydi hayat azosi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Zarnigor Ahmedova. – Ochigi, bu safar tanlovda tashabbuskor, yangi davr talablarini yaxshi his qilayotgan opa-singillarimiz qatnashdi. Hayotlaridagi maqsadlari, rejalari haqida eshitib, havasim keldi. Faqat bu loyihalar, rejalar qogozda qolib ketmasligi kerak...

Tanlovning Andijon viloyat bosqichi ham kotarinki ruhda otdi. Shahar va tuman bosqichlarida golib bolgan 17 nafar ishtirokchi oz bilimini sinovdan otkazdi.

Xotin-qizlar uchun barqaror va yuqori maosh tolanadigan ish orinlari yaratish, ayollarning siyosiy faolligini oshirishda samarali uslublar, ehtiyojmand oilalarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan loyihalarga yuqori baho berildi.

Yakuniy natijaga kora, Jalaquduq tumanidan Nilufarxon Xurxonova viloyat bosqichi golibi boldi. Shahrixonlik Zarifa Saydaliyeva ikkinchi, asakalik Feruza Tojiboyeva uchinchi oringa munosib korildi.

Yunus UZOQOV,

Ahmadillo SOLIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.



DB query error.
Please try later.