O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
06.02.2018

TASHABBUSKOR XODIMLARSIZ UZOQQA BORISH QIYIN

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining kengaytirilgan yigilishida Prezidentimizning Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi muhokama etildi. Unda Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi Ijroiya qomitasi azolari, partiyaning masul xodimlari, deputatlar ishtirok etdi.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Haydar Boboxonov maruza qilib, Murojaatnoma har birimiz uchun mamlakat ravnaqi yolida samarali mehnat qilishga undovchi dasturulamal bolishini takidladi. Toshkent shahar partiya kengashining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

Oldimizda bir qator vazifalar turibdi, dedi u. Elektorat manfaati yolida harakatni susaytirmaslik asosiy maqsadimiz bolib qoladi. Otgan yil davomida ayrim tuman kengashi raislari ishni togri yolga qoya olmaganiga guvoh boldik. Ular oz faoliyati davomida kadrlar bilan ishlash malakasi sustligini korsatib qoydi. Qaysi sohada bolmasin tajribali, tashabbuskor xodimlarsiz uzoqqa borish qiyin. Biz shu vaqtgacha ularga imkoniyat berib keldik. Koz-kozga tushadi, deya sabr, togrisi, istihola qildik. Endi bu xatolarni qaytarmaymiz.

2017 yil 24 dekabrda otgan saylov faoliyatimizga tutilgan kozgu boldi, dedi Toshkent shahar partiya kengashi bolim mudiri Sirojiddin Shonazarov. Saylov natijasi kutganimizdek bolmadi. Bugungi saylovchini quruq vadalar bilan aldab bolmasligiga yana bir bor amin boldik. Qaysi hududda amaliy ish bor bolsa, osha yerdagi partiya tashkilotining obrosi baland boladi.

Xato qilganimizni, kamchiliklarga yol qoyganimizni kech angladik. Kongilli vakil bolsa, bas, partiya safiga, targibotchilar guruhi tarkibiga qoshaverdik. Mana, endi qattiq tartib asosida targibotchilar guruhi azolari royxatini qayta tuzdik. Ular partiyamiz dastur va maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazishda asosiy komakchi boladi.

Ozbekiston XDP Toshkent shahar, tumanlar va «Yoshlik» talabalar shaharchasi kengashlari qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalariga otgan yil davomida 518 murojaat tushgan, deydi OzXDP Toshkent shahar kengashi bolim mudiri Gulchehra Xolmatova. Ularning 419 tasi ijobiy yechimini topdi. Qolganlari nazoratda turibdi. Murojaatlarning asosiy qismi kommunal, ish bilan taminlash, ijtimoiy va sogliqni saqlash, xalq talimi sohalari hamda bankdan kredit olish masalalari bilan bogliq. Ushbu muammolarni hal etish boyicha soha mutasaddilari bilan hamkorlik ornatdik. Deputatlar hamda ekspertlarning imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz kerak.

Otgan yil davomida deputatlarimiz tomonidan partiya elektoratini oylantirayotgan masalalar yuzasidan 120 marta deputatlik sorovi yuborilgan, shundan 116 tasiga ijobiy javob olingan.

Yigilishda xalq deputatlari tuman Kengashlaridagi partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: