O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
30.01.2018

VATANNING ULUG FARZANDI EDI

Qarshi shahrida O‘zXDP viloyat kengashi, «Nuroniy» jamgarmasi viloyat bolimi, orta maxsus kasb-hunar boshqarmasi hamkorligida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bagishlangan tadbir bolib otdi.

Bu tadbirga qatnashish uchun Kitob tumanidan Qarshi shahriga erta tongda yetib keldim. Odatimga kora, shahar kochalari, xiyobonlarni aylandim. Kun ancha sovuq bolsa-da, qalbimni ozgacha bir harorat isitib turganini sezaman. Shahar markazida Birinchi Prezidentimizga yodgorlik ornatiladigan maydon qarshisida ancha turib qolaman — obodonchilik ishlari nihoyasiga yetgan.

Yana yuraman va mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvda aytgan sozlarini eslayman: Mehnatkash va olijanob Qashqadaryo eli ota tahlikali yillarda Islom akani xuddi oz farzandidek qabul qilib, unga tuz-nasiba bergani, adolat va ozodlik yolidagi kurashda unga kamarbasta bolganini xalqimiz hech qachon unutmaydi...

Yoshlik saroyiga yetib kelib, ikkinchi qavatga chiqaman, katta majlisxona kozlarida orzu shu’lalanib turgan yoshlar bilan liq tola. Eslayman, ulug zot juda kop bora mashaqqatli yillarda kamarbasta bolgan qashqadaryolik qadrdonlarini aslo unutmasligini tilga olgan edi. Bugun ularning bir guruhi uchrashuvga kelgandi.

Ibratli ishlardan biri Yoshlar ittifoqi viloyat bolimi qoshida Istedod chorlovi klubi tashkil etilgan bolib, 2003 yildan buyon minglab yoshlar ijod sirlarini organishdi. Jami 23 toplamda 280 nafar yosh shoirning sherlaridan namunalar chop etildi. Men ular bilan suhbatlashaman. Uzoq Chiroqchi tumanining Boronjuz qishlogidagi 16-maktabning 8-sinf oquvchisi Jasurjon Abdullayev Qarshi shahriga kelib, klub mashgulotlarida ishtirok etar ekan. Mahalliy gazetada Birinchi Prezidentimiz haqidagi maqolasi elon qilinibdi...

Nihoyat, uchrashuv boshlandi. Avvalo yoshlar Birinchi Prezidentimiz haqidagi dil sozlarini aytishdi... Keyin:

– Ey yoronlar, qorakoz ukalar, singillar, bolajonlarim, men uzoq Dehqonoboddan shoshib, toshib yetib keldim, deya dombirasini chertib, aytishuvni boshlaydi OzXDPdan tuman Kengashi deputati, muallim, Ozbekiston xalq baxshisi Qahhor Rahimov. Mehnatim qadrlanib, meni Birinchi Prezidentimiz yuksak unvon bilan taqdirlaganida bir sevingan bolsam, togu toshdan iborat Dehqonobodga temir yol borgani, obod bolganidan ming sevinib, Istiqlol dostonini bitdim. Hay-ey, Islom ota Mehribonlik uyiga borganlarida dilbandlarini erkalabdilar. Shunda kozi mungga tola bir bolani korib qolibdilar. Gapga solsalar, bolacha: Ota-onam nega yoqlab kelmaydi, deb figon qilibdi. Islom ota bolachani bagriga bosibdi... Hay-ey, bu sozimni ham eshiting, yoronlar:

Otgan kunni eslasam, kozlarimga

yosh kelar,

Hatto togu toshlaru samoga ham

gam kelar,

Oz yurtiga, yoronlar, hurlik berdi,

nur berdi.

Bundayin Yurtboshi yer yuziga

kam kelar...

Keksa shoir va xalq baxshisining samimiyatga tola sozlari yoshlar qalbini rom etdi, ularning koz ongida ulug insonning siymosi, qilgan ishlari gavdalana boshladi. Shunda viloyat Nuroniy jamgarmasi raisi, OzXDPdan viloyat Kengashi deputati Yanvar Inoyatov soz oldi. Gapning sirasi, osha musibatli kun ulug zotning dafn marosimida Yanvar aka aytgan dil sozlarida butun Qashqadaryo ahli qalb iztiroblarini ifoda etgan edi. Bugun Yanvar aka Islom Karimov 1986 yilning 27 dekabrida Qashqadaryo viloyatining birinchi rahbarligiga kelganida, vaziyat nihoyatda ogir ekanligini xotirladi. Men Shahrisabz tumanining birinchi rahbari edim. Paxta ishi, deb nohaq qamoqqa olinganlarning oilalarida figon, odamlarning qoli ishdan sovigan, xojaliklar qarzga botgan palla edi. Axir erki qolida bolmagan, ezib-toptalgan, kamsitilgan odamlar qanday qilib dalada astoydil mehnat qilsin? Islom Abduganiyevich elning oqsoqollarini yigib, odamlarning qaddini tiklash, nohaq qamalganlarni oqlash, odamlarga non topib berish masalalarini kengashgani esimda. Ulug, ibratli ishlar, eng avvalo, odamlarning qadrini va qaddini tiklashdan boshlangan, xalqimiz ulug rahbarimizga cheksiz mehr qoygan edi, dedi Yanvar aka.

Yana bir voqea yodimda, deydi Yanvar aka. Menga vaziyatni tushuntirib, iqtisodi nihoyatda ogir, tog-toshdan iborat Dehqonobod tumaniga rahbar bolib borishimni aytdi. Ahvol ogir, turmush ogir. Bir yigilishda rahbarimizdan tumanimizga ham gaz quvurlari tortilsa, deb iltimos qilganimda, boshqa tumanning rahbari: Bu kishi hali toqqa paravoz olib boring, deb ham soraydi, degandi piching qilib. Bir kuni Islom Abduganiyevich Dehqonobodga yuksak martabali mehmonni olib bordi va toglarni korsatib shunday degandi: Qarang, toshlarni inson qoli terib chiqqanday. Vaqti keladiki, bu toglar xazinalarini ochadi, xalqimizga xizmat qiladi. Ha, togri bashorat qilgan ekanlar. Yuksak toglarni kesib, tumanga temir yol tortib borildi. Qariyb 400 metr chuqurlikdan kaliyli toshlar qazib chiqarilib, qayta ishlanyapti, noyob ogit zavodi mahsulotlari onlab xorijiy davlatga eksport qilinyapti. Qoloq tumanda sanoat barpo etildi. Zamonaviy texnika va uskunalarni sizlardek yoshlar boshqarishmoqda. Bunday ulkan korxonalar, obod shahar va qishloqlar, oquv yurtlarini bunyod qilishda Birinchi Prezidentimizning xizmatlari beqiyos.

Yanvar akaning gaplarini tinglab, bazi voqealar yodimga tushdi, deya gap boshladi partiyamiz faoli, mehnat faxriysi, biologiya fanlari nomzodi Shodiyor Xojanazarov. Men oshanda paxtachilik instituti viloyat filiali boshligi edim. Rahbarimiz viloyat agrosanoat birlashmasi boshligining orinbosarligiga otkazdilar, yoq, deya olmadim. Ammo yerlar shorlanib, qamish bosib ketgani, hosildorlik nihoyatda past ekanligini bilar edim. 1986 yilning yozida birgalashib, Yakkabog tumanining chekka xojaligiga bordik. Dala shiyponida bir ayol 30 nafar chaqaloq va bolaga qarar, hammayoq kir-chir ekan. Xojalikning raisi ayol kishi ekan, kelib qoldi. Dalada oyoqlarida etik, yirtiq kalish kiygan ayollar ketmon chopayotganini kordik. Bir yosh qizcha onasi orniga chiqqan ekan, Onam sariq kasal bolib, yotib qoldilar, dedi iymanib. Islom aka shunday iztirob chekdilarki, til bilan aytib bolmaydi. Shu zahoti raisga ahvolni onglash yuzasidan topshiriq berdi. Haqiqatni aniqlagach, menga: Aholi zich yashayotgan joylardagi paxta dalalariga, umuman, dalalarga butifos zaharini septirmaysan, deb topshiriq berdi. Shunday qildik. Kasalxonalar sharoiti yaxshilana boshlandi. Osha ogir zamonda bunday ishlarni qilish osonmidi? Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz hamisha yoshlar kamoloti, soglom osishlari, sport bilan shugullanishlari, oz kasbining mohiri bolishi yuzasidan tinmay gamxorlik qilib keldi.

Yana bir voqea. Sugoriladigan gallazorlarni kengaytirishni taklif qilganlarida, paxta siyosatidan qorqqan ayrim tuman rahbarlari bunga qarshi chiqishgan edi. Biroq rahbarimiz haq yoldan qaytmadilar. Eng kop sugoriladigan galla Qashqadaryoda edi. Galla urugchiligi ilmiy-tadqiqot instituti u kishining tashabbusi bilan qurildi. Hozir institutda fan doktori, fan nomzodlari yetishib chiqmoqda, ular yaratgan yangi don navlari mamlakatimizning 400 ming gektardan ortiq maydonlarida ekilyapti. Umuman, xalqimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillikka erishdi, ulug ishlar amalga oshdi. Bu islohotlarning ilk kurtaklari Qashqadaryoda ochilgan edi, deb ayta olamiz...

Yoshlar tarixiy voqealarni jon quloqlari bilan tinglashdi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha viloyatdagi mintaqaviy vakili, fizika-matematika fanlari doktori, professor Murodulla Normurodov Islom Karimov buyuk davlat va siyosat arbobi mavzusidagi nutqida tarixiy misollarni keltirdi. Yoshlar ittifoqi viloyat bolimi kengashi raisi Shomurod Sattorov Islom Karimovning 80 yilligini nishonlash borasida amalga oshirilayotgan ibratli ishlar haqida gapirdi.

Qarshi pedagogika kolleji oquvchisi Muharram Tursunova shunday dedi:

Biz, yoshlar hech qachon Birinchi Prezidentimizning tinmay gamxorlik qilganlari, bizga ishonganlarini unutmaymiz. Yaxshi kasbni egallab, yurtimizga, xalqimizga xizmat qilamiz...

Shodiyor aka oz sozini yakunlayotib shunday dedi: Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifi va topshiriqlari bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish boyicha katta ishlar qilinayapti. Yurtimizda taraqqiyotning yangi davri boshlandi, bu ulug ishlardan Islom Karimovning ruhi shod boladi, deb oylayman.

Tadbirdan chiqib, Qashqadaryo sohilida Amir Temur bobomiz qurdirgan koprik va Birinchi Prezidentimiz obod qilgan sayilgohga keldim. Koprikdan daryo suvlariga tikilaman. Inson umri daryodek oqadi, otadi, ammo ulug zotlarning el-yurt uchun qilgan xizmati aslo unutilmaydi.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: