O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
25.01.2018

ODAMLAR ISHONCHINI QOZONISH UCHUN ANIQ NATIJAGA ERISHISH LOZIM

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashining kengaytirilgan yigilishida Prezidentimizning Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi muhokama etildi.

— Odamlarning bugungi kayfiyati, turmush tarzi, orzu-niyatlariga mos tarzda yollangan Murojaatnoma har bir yurtdoshimiz qalbidan mustahkam orin oldi, mamlakatimiz taraqqiyotiga oz hissasini qoshishga undadi, desam yanglishmagan bolaman, dedi viloyat partiya kengashi raisi Mehroj Darxonov. Bugungi vazifalarni chuqur anglagan partiya tashkilotlari ham qator ishlarni amalga oshirishni reja qilib qoydi. Elektorat manfaatini himoya qilish, aholining farovon turmush kechirishini taminlash, aniq natijaga erishish yolida shiddat bilan amaliy harakat boshlandi.

Bugun tadbirkorlik masalasi xususida juda kop gapirilyapti. Darhaqiqat, tadbirkorliksiz, ularning iqtisodiyotimizdagi ulushisiz katta marralarni kozlashimiz, unga yetishimiz dargumon. Bu jarayonda partiyalarning roli qanday, degan savol tugiladi. Parlamentda qonunlar qabul qilinayotganda, loyihalar korib chiqilayotganda «quyidan yuqoriga» tamoyiliga amal qilish kerakligi takidlandi. Hayotda qanday muammolar borligini aniqlash, shu orqali qabul qilayotgan qonunlarimizda fuqarolar manfaatlarini himoyalashimiz, hamma ishlarimizda shu tamoyilga amal qilish lozim.

Tumanlarda biznes klublar faoliyatini yolga qoyishni maqsad qildik. Bu faqat malum vaqt davomida, nomiga emas, balki doimiy tarzda faoliyat olib boradi. Qonun loyihalarini ishlab chiqishda tadbirkorlarimiz ishtirokini taminlaymiz. Ishlab chiqarish, aholiga xizmat korsatish, fermer xojaliklarini birlashtirgan klub tashkil etamiz. Ular sohada qanday muammolar borligini yaxshi bilishadi va muqobil yechimini ham topa olishadi. Viloyat kengashida shu bilan bogliq masalalar muhokamasini ham yolga qoyish darkor.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi, deydi iqtisod fanlari nomzodi Omilxon Ismoilov. Prezidentimizning hududlarga tashrifi chogidagi nutqlarini tahlil qiladigan bolsak, ularning aksariyatida iqtisodiy islohotlar, byudjet parametrlari bilan bogliq masalalar kotarilayotganini korishimiz mumkin.

Oldimizda aholini ish bilan taminlash, ijtimoiy komak berish kabi koplab masalalar turibdi. Eng asosiysi, aholi daromadini oshirish lozim.

Murojaatnomada Prezidentimiz qarsakbozlik, balandparvoz gaplar bilan muammoni yecha olmasligimizni, konstruktiv islohotlarni amalga oshirish vaqti allaqachon yetganini aytdi. Shu bilan bir qatorda, erkin iqtisodiyotni, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga masul bolgan mutasaddilar faoliyatiga ham tanqidiy baho berildi. Har bir tashkilot, shuningdek, partiyalar ham oldiga aniq maqsad qoyishi lozim. Togdek narsani vada qilmasdan, oz bolsa-da, amaliy natijaga erishish bugungi kunning asosiy talabi hisoblanadi.

Tadbirning ikkinchi qismida Islom Karimov mustaqil Ozbekiston asoschisi mavzusida fikr almashildi.

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi departamenti rahbari Botir Ubaydullayev mavzu yuzasidan oz mulohazalarini bildirdi.

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi ish boshlaganidan buyon muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, dedi u. Toshkent fotosuratlar uyida Ajdodlarni birlashtiruvchi rishta nomli korgazma tashkil etildi. YuNESKOning doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Samarqand shahrida Ozbek ipagining gulgun fasli nomli kitobni tort tilda nashrdan chiqardik. Demoqchi bolganim, fondimiz Ozbekiston sanati dunyoga tanilishida ham oz hissasini qoshishga harakat qilmoqda.

Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan 1997 yil iqtidorli yigit-qizlarni xorijdagi nufuzli oliy oquv yurtlarida oqitishni maqsad qilgan Umid jamgarmasi tashkil etilgan edi. Malum bir sabablarga kora, Ustoz jamgarmasiga qoshib yuborildi. Shu vaqt mobaynida 858 nafar yigit-qiz dunyoning rivojlangan 8 davlatida bakalavr va magistratura bosqichida talim olib qaytishdi. Ularning 50 dan ortigi ilmiy unvonga ega. Kopchiligi davlat va nodavlat tashkilotlarda rahbarlik lavozimida faoliyat olib boryapti. Oylaymanki, bu oz ornida xayrli va foydali bolgan edi. Ananani davom ettirish maqsadida fondimiz tashkil etilgan yilda 12 nafar iqtidorli talaba Germaniya, Italiya, Rossiyada oqishi uchun grantlarga ega bolishdi. Yana yigirmaga yaqin talaba xorijdagi nufuzli oliygohlarda oqishini davom ettirishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash togrisidagi qaroriga muvofiq xalqaro konferensiya tashkil etiladigan boldi. Birinchi Prezidentimiz bilan yuzma-yuz muloqotda bolgan, yonma-yon mehnat qilgan insonlar, nufuzli xalqaro tashkilotlardan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Shu kunlarda Islom Karimov Mustaqil Ozbekiston asoschisi nomli kitob-albom 15 ming nusxada chop etildi. Yaqinda oz oquvchilari qoliga yetib boradi. Bu Birinchi Prezidentimizning 80 yilligiga munosib sovga boladi, deb oylayman.

Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov Birinchi Prezidentimiz respublikamizga rahbar bolib kelgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xalqimizning manaviy-ruhiy holati, ana shunday ogir va murakkab sharoitda Yurtboshimiz odamlarni ijtimoiy himoya qilish, paymol bolgan huquqlarini tiklash borasida amalga oshirgan ishlarini hayotiy misollar asosida hikoya qildi.

Yigilishda partiya tashkilotlari va deputatlar faoliyatini takomillashtirish, Birinchi Prezidentimizning 80 yilligini partiya tizimida munosib nishonlash masalalari boyicha qarorlar qabul qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: