O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
23.01.2018

YANGI SAYLANGAN DEPUTATLAR

ishi qanday tashkil etiladi?..

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari faoliyatini takomillashtirish boyicha oquv-seminar otkazildi. Unda Ozbekiston XDP Markaziy va Toshkent shahar kengashlari mas’ul xodimlari, ijrochi kotiblar, Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari ishtirok etdi.

Seminarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar jarayonida vakillik organlari, deputatlar faoliyatini yangi bosqichga kotarish muhim masala ekaniga etibor qaratildi.

Ulugbek Vafoyev, OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— 2017 yilning 30 avgustida «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov togrisida»gi qonun qabul qilindi. Bundan maqsad davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ozgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlashdir. 24 dekabrda poytaxtimizda xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov muvaffaqiyatli otkazildi.

Endi poytaxtda yashovchilar saylangan vakillari komagida muammolarni hal etish imkoniga ega boldi. Har bir tuman, mahalladagi muammolarni shu hududda yashagan fuqarogina yaxshi biladi. Shunday ekan, deputatlar hududni rivojlantirishga ozlarining munosib hissalarini qoshishlari zarur. Elektoratimizni oylantirayotgan muammo hamda kamchiliklarni chuqurroq organib, barcha jabhada qonun ustuvorligini taminlashda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, islohotlar samaradorligini yuksaltirishda deputatlik nazorati tasirchanligini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada barcha deputatlardan tashabbuskorlik hamda faollikni kutib qolamiz.

Haydar Boboxonov, OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi, shahar Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari:

Saylov partiya tashkilotlarimiz oz ustida koproq ishlashi kerakligini korsatdi. Ayniqsa, ayrim tuman kengashlaridagi xodimlarning yetarli darajada malakaga ega emasligi korinib qoldi. Xato va kamchiliklarimizni bartaraf etish choralarini belgilab oldik.

Toshkent shahrida 1090 boshlangich tashkilotga egamiz. Ular bilan hamkorlik aloqalarimizni yaxshilash uchun doimiy tadbirlardan tashqari, aholi orasiga chuqur kirib borishimiz kerak. Odamlarning mushkulini oson qilmasak, elektoratimiz manfaatlarini ishonchli himoya etolmasak, kutilgan natijaga erishib bolmaydi.

Saylovga toxtaladigan bolsak, nomzodlar oziga yuklatilgan vazifalarni vakolat doirasida amalga oshirdi. Ularga targibot tadbirlarida, saylovchilar bilan uchrashuv jarayonlarida yordam berildi. Lekin saylovda kutilgan toliq ochiqlik va shaffoflikka erisha olmadik. Vaholanki, Prezidentimiz Toshkent shahridagi mahalliy Kengashlarga saylov respublikamizga namuna bolishi kerakligini takidlagan edi. Shuning uchun biz partiyalarning ozlariga qoyib berilishini, haqqoniy kurash natijasida ustun kelganlar saylovdan otishini kutgandik. Bu saylov bizga yana bir katta saboq boldi.

Saylov qonunchiligiga ham oz takliflarimizni bermoqchimiz. Qonunda belgilab qoyilgani bilan uni amalga oshirmasak, oldimizda turgan vazifalarni toliq bajara olmaymiz. Kamchiliklarni bartaraf etish, xodimlar malakasini oshirish va munosib nomzodlarni tayyorlab borish kerak.

Nigora Eshmetova, Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Oldimizda juda muhim vazifalar turibdi. Bularning birinchisi xalq manfaati uchun xizmat qilish, ular bilan doimiy aloqada bolib, yechimini kutayotgan masalalarni organib borishdan iborat. Xususan, har birimiz Harakatlar strategiyasi asosida ishimizni tashkil etishimiz va bu borada aniq rejaga ega bolishimiz zarur.

Buning uchun, avvalo, yangi saylangan deputatlar hamda partiya tashkilotlari ortasidagi hamkorlikni kuchaytirish kerak. Yani, boshlangich tashkilotlar xalqqa eng yaqin bogin sifatida odamlarni oylantirayotgan masalalarni organib, deputatlarga taqdim etishi lozim. Aniqlangan muammolar yechimi yuzasidan partiya guruhlari hamda doimiy komissiya yigilishlarida hayotiy takliflar berib borish talab etiladi.


Boymurod Yusupov, OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri:

Toshkent shahar tuman Kengashlariga saylangan deputatlarning mahorati, oz ishi boyicha tajribasi yuqori ekaniga hech qanday shubha yoq, albatta. Biroq ularning siyosiy partiyalar hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, ularning faoliyati, vakolati haqidagi bilim va konikmalarini boyitib borish talab etiladi. Ular partiyamiz elektorati manfaatlarini jasorat bilan himoya qila olishida bu muhim sanaladi. Shuning uchun har bir deputatga uslubiy qollanmalar tarqatildi. Partiya tashkilotlarimiz hamda faollar doimiy ravishda ular bilan aloqada bolishi ish samaradorligini oshiradi, deb oylayman.

Bundan tashqari, partiya kengashlarining ijrochi kotiblari deputatlik guruhlari faoliyatini, nuqtai-nazarini mahalliy ijro hokimiyatida himoya qilishni tashkil etadi. Korib chiqilayotgan masalalar yuzasidan guruhning yagona pozitsiyasini ishlab chiqadi, azolar faoliyatini muvofiqlashtirishga komaklashadi, tarmoqlar boyicha dasturlar tayyorlash va mahalliy qarorlarni muhokama qilish jarayonida partiya nuqtai-nazari, elektorat manfaatlari etiborga olinishida ham muhim orin tutadi. Demak, ijrochi kotib imkoniyatlaridan keng va unumli foydalanish zarur. Partiya guruhlari ijrochi kotiblarining bilim va konikmalarini shakllantirish ham dolzarb vazifadir. Har qanday masalada hamkorlikda, hamfikrlikda ish olib borsak, oylaymanki, ishimizda ozgarishga erishamiz.

Ulugbek Rajabov, Mirzo Ulugbek tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Mana, saylov otganiga qariyb bir oy boldi. Kongilga tugib yurgan masalalar bor. Shular asosida deputatlik faoliyatimni yolga qoymoqchiman. Yani, maktab, litsey va kollej oquvchilarining qiziqishlarini organish, ularning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bogliq masalalarni organib, takliflar ishlab chiqmoqchiman.

Ozim rahbarlik qilayotgan Mirzo Ulugbek texnologiya kasb-hunar kollejida ijtimoiy himoya masalalarini kuchaytirishga etibor qaratamiz. Xususan, muassasamizda tahsil olayotgan 16 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan yanada koproq ishlashimiz kerak. Bugun yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar barchaga barobar ekanini ularga tushuntirish, qiziqishlarini ragbatlantirish masalalariga ham alohida ahamiyat berishimiz lozim...

Seminarda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari ish samaradorligini oshirish, partiya tashkilotlari xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish, qonun loyihalarining hayotiyligini taminlash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.