O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 1 2 3 4
09.01.2018

SIYOSIY PARTIYANING KUCHI

boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatiga bogliq

Siyosiy partiya jamiyatda oz orniga ega bolishi, nufuzi mustahkamlanishi kop jihatdan boshlangich tashkilotlarga bogliq. Quyi tashkilotlar ishi togri yolga qoyilsa, partiya siyosiy kuch sifatida ozini toliq namoyon eta oladi. Shuning uchun ularning ishini doimiy ravishda takomillashtirib borish talab etiladi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Olimjon Zaripov bilan suhbatimiz shu mavzuga bagishlandi.

— Qaysi partiyaning quyi bogini faol bolsa, uning obrosi oshadi, tarafdorlari kopayadi, deydi u. 450 ming nafardan ortiq partiyamiz a’zolari 9900 dan ziyod boshlangich tashkilotga birlashgan. Ularning siyosiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida tizimli ravishda seminar-trening va davra suhbatlari otkazib borishni yolga qoyganmiz. Natijada quyi boginlarda jonlanish sezilmoqda.

Aytish mumkinki, boshlangich tashkilotlar partiya va elektoratni birlashtirib turuvchi koprik vazifasini otaydi. Shuning uchun boshlangich tashkilotlar elektorat vakillarini qanday masalalar oylantirayotganidan yaxshi xabardor bolishi talab etiladi. Siyosiy partiyaga azo bolgan shaxs, avvalo, boshlangich tashkilot faoliyatida ishtirok etadi. Uning partiya haqidagi ilk tasavvuri, qarashlari aynan shu yerda shakllanadi. Azolarning faolligi, partiya goyalarini yaxshi anglashi ham mazkur boginga bogliq.

Ayni paytda kopchilikka namuna korsatib ishlayotgan boshlangich tashkilotlarimiz oz emas. Misol uchun, Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi, Toshkent viloyati Olmaliqshahargaz filiali, Qashqadaryo viloyatidagi Shortanneftgaz MChJ, Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodi MChJ qoshidagi boshlangich tashkilotlar va ularning azolarini namuna qilib korsatishimiz mumkin. Ammo afsuski, zimmasidagi masuliyat, bildirilgan ishonchni yaxshi his qilmaydigan, elektorat hayoti, ularni oylantirayotgan masalalardan yiroq tashkilotlarimiz ham yoq emas. Tahlillarimiz shuni korsatmoqdaki, 100 dan ortiq boshlangich tashkilot faoliyatini qoniqarli, deb bolmaydi. Ular partiya tashkilotlari bilan mustahkam aloqa ornatmagan. Bunga asosiy sabab yetakchining oz ishiga masuliyatsizlik bilan yondashgani, deb oylayman. Ikkinchidan, tegishli tuman (shahar) kengashlari raislari tomonidan ham quyi bogin faoliyati muntazam tahlil qilinib, zarur yordam berilmagan.

Shundan kelib chiqib, BPTlarga munosib nomzodlarni tanlab, quyi boginning mavqeini tiklash, partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirishdagi ishtirokini kengaytirish choralari korilmoqda. Namunali boshlangich tashkilotlar ish tajribasini ommalashtirish uchun tuman, shahar partiya kengashlari rahbarlari, yetakchilarning amaliy seminarlari yolga qoyildi. Tajriba almashish jarayoni viloyatlar ortasida ham joriy etilgani ozgarishlarga asos bolmoqda.

Masalan, bu borada Andijon viloyat kengashi raisi Qashqadaryo viloyatida boldi. Safar davomida tashkilotlar faoliyati, yetakchilarning ishi, hujjatlar yuritilishi bilan yaqindan tanishildi. Bunday tashabbuslar kopaysa, boshlangich tashkilotlar masuliyatini oshirish boyicha muntazam ish olib borilsa, kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.

Tuman yoki shahar kengashlarining dolzarb mavzularga bagishlangan tadbirlarini koproq boshlangich tashkilotlarda uyushtirish yaxshi samara beradi, deb oylayman. Ularning saviyasini oshirish masalasi ham ustuvor ahamiyatga ega. Odatiy yigilishlar, zerikarli, uzundan-uzoq maruzalar bilan tadbir otkazishga barham berish lozim. Tadbirga kelgan odam ozini qiziqtirgan savolga javob topsa, dardini tinglaydigan odam bilan uchrashsa, sarflangan vaqtiga achinmaydi.

Demak, boshlangich tashkilot faoliyati samaradorligi, azolarning partiya goya va maqsadlarini qay darajada targib qilishi yetakchilar salohiyatiga bogliq. Faol, tashabbuskor yetakchilar safini kengaytirish uchun nimalarga ahamiyat berilyapti?

Haqiqatan ham, yetakchisi tashabbuskor boshlangich tashkilotning azolari ham intiluvchan, faol boladi. Bunday azolari bor partiya jamiyatda munosib orin egallaydi.

Partiyamiz goyalarini aholi orasida targib qilish uchun, avvalo, yetakchining ozida bu haqda yetarli bilim va tushuncha bolishi zarur. Partiyaga yangi azolarni qabul qilish jarayonida ularning ichida shu sohaga qiziqqan, intilishi yuqori bolgan yurtdoshlarimiz, xususan, yoshlar kopayib borayotganini korishimiz mumkin. Agar partiya yetakchisi jamiyatdagi ozgarishlar, rivojlanishlar haqida chuqur bilimga ega, muloqotda mohir, adolat tamoyillariga suyanadigan, xalq manfaatini oylaydigan bolsa, uning atrofida koplab xayrixohlar jamlanadi.

Ochigini aytish kerak, ayrim BPT yetakchilarida bunday xislatlar yetishmaydi. Yil davomida biror marta aniq tashabbus yoki taklif bilan chiqmagan quyi boginlarimiz ham bor. Partiyamiz nufuziga putur yetkazmaslik uchun mazkur masalaga qarshi kurashish, zarur choralar qollash talab etiladi. Boshlangich tashkilotlarning tuman va shahar partiya kengashlari bilan doimiy aloqasini taminlasak, ular faoliyatini muntazam tahlil qilib, yordam berib borsak, bundan partiya ham, elektorat ham manfaatdor boladi.

2017 yilgi faoliyatingizdagi ozgarishlar hamda 2018 yil uchun kozda tutilayotgan rejalar haqida ham toxtalib otsangiz.

Yotgan yili partiya tizimida OzXDPning eng namunali boshlangich tashkiloti korik-tanlovi joriy qilindi. U ilk marta eksperiment tariqasida Andijon viloyatida boshlandi. Tanlov nizomiga kora, ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimi bilan birga, notiqlik sanati, odamlar orasida ozini tuta bilishi sinovdan otkaziladi. Shuningdek, ularning ijtimoiy hayot, islohotlar haqidagi tasavvuri, xabardorligi ham inobatga olinadi. Bu tanlov quyi bogin faoliyatini kuchaytirishda yaxshi samara berishiga ishonaman. Zero, tanlovga tayyorgarlik mobaynida ular izlanishadi, aholi orasiga chuqurroq kirib borishadi, natijada faoliyatida ijobiy ozgarish yuz beradi.

Bu yil mazkur tajribani ommalashtirib, tanlovni respublika miqyosida otkazishni rejalashtiryapmiz. Agar loyiha kutilgan natijani bersa, boshlangich tashkilotlar mintaqalararo ham bellashadi. Kozlangan maqsad BTPlar ortasida ozaro tajriba almashishni yolga qoyish, ishni jonlantirish boyicha yangi takliflarni shakllantirish hamda yetakchilar salohiyatini oshirishdan iborat.

Mahliyo ALIQULOVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: