O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
09.01.2018

YANGI YILDA YANGI ISH ORINLARI

Sariosiyo tumanida 200 ming nafardan ortiq kishi istiqomat qiladi. Yangi yil bayrami arafasida tumanda «Surxontekstil kiyimlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshlagani quvonchli voqea bo‘ldi.

— Korxonaning ish boshlashi biz uchun ayni muddao boldi, deydi kollej bitiruvchisi Zebo Xidirova. Qisqa davrda tikish-bichishni mukammal organdik. Hozir Yaponiya va Germaniyadan keltirilgan 300 dan ortiq tikuv mashinalarida trikotaj mahsulotlari tayyorlanayapti. Sifatli, raqobatbardosh va bejirim kiyimlarni kelgusida xorijga eksport qilish niyatimiz bor.

Yaqin kelajakda korxona qoshida Surxon sifat tekstil masuliyati cheklangan jamiyatini tashkil qilish ham kozda tutilgan. Ip-kalava yigirish yolga qoyilishi bilan yana 50 yangi ish orni yaratiladi.

* * *

Joriy yilda Shorchi tumanida 3,5 mingdan ortiq yangi ish orni yaratish kozda tutilgan. Mehnat yarmarkalari esa ish topishda qiynalayotgan yurtdoshlarimizning ogirini yengillatishga xizmat qilmoqda. Yaqinda tuman hokimligi, prokuratura, IIB, OzXDP tuman kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorlikda tashkil qilgan yarmarkada 160 ga yaqin korxona va tashkilot mingdan ortiq bosh ish orni bilan ishtirok etdi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xotin-qizlar, Qurolli kuchlar saflaridan zaxiraga boshatilganlar hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlarni ish bilan taminlashga alohida etibor qaratildi.

Elektorat vakillarini ijtimoiy himoya qilish dolzarb masala, deydi OzXDP Shorchi tuman partiya kengashi raisi Botir Rajabov. Joriy yilda tumanimizdagi 9 kasb-hunar kollejini 3700 dan ortiq yigit-qiz bitirgan bolib, ularning aksariyati doimiy ish joyiga ega. Bandligi taminlanmagan yoshlar bilan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.