O'zb  
 
07.12.2017

MUROJAATLAR ETIBORDAN CHETDA QOLMAYDI...

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Toshkent viloyat kengashi faollari Parkent va Yuqori Chirchiq tumanlarida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

Dastlab partiya faollari Parkent tumanidagi «Choqqayma» mahalla fuqarolar yiginida istiqomat qilayotgan Elyor Azizbekov xonadoniga borishdi.

Hovli saranjom, sarishta. Ayniqsa, turli-tuman gullar uyga ozgacha fayz berib turibdi.

— Gul parvarishi nozik ish, deydi uy bekasi Gulmira Azizbekova. Bu odamdan sabr-toqat va mehr talab etadi. Mehmonlar xona gullarini korib, dili yayraydi. Aslida ularni turmush ortogim ostirganini bilishmaydi...

Turmush qurganimizga on yildan oshdi, deydi xonadon sohibi Elyor aka. Shukr, hayotimizdan nolimaymiz. Ikki nafar farzandimiz bor. Faqat ularning xastalanib qolgani bizni tashvishga soladi. Katta qizim buyrak yetishmovchiligidan azoblanadi. Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda kasali zorayib boryapti. Kichik farzandim ham gepatit S virusi bilan ogrigan. Ota-ona uchun farzandining sogligi va kulgusidan ham katta baxt yoq ekan. Ular davolanishi uchun katta mablag kerak. Qariyb ikki yil mobaynida Parkent tumangaz unitar korxonasida ishladim. Shtatlar qisqargani bois ishdan boshatildim. Ochigi, dori-darmon olishga qiynalyapmiz. Ishga tiklanishimga yoki mutaxassisligim boyicha boshqa ishga joylashishimga yordam berishsa, yaxshi bolardi...

Mahalladagi Orikzor kochasi, 106-uyda istiqomat qilayotgan Ibrohim Haydarovning xonadoniga kirib borganimizda oila boshligi hovlidagi daraxtlarga shakl berayotgan ekan.

Daraxtlar vaqtida butlansa, mehr bilan parvarish qilinsa, albatta, mol hosil beradi, deydi Ibrohim aka. Farzandlarim tugilganda mana bu yongoqlarning kochatini otqazganman. Nasib qilsa, nevaralarimga oz qollarim bilan mevalarni uzib beraman. Orik, gilos, olmalar pishganida, mevalaridan qoqi qilamiz. Ehtiyojimizga loyigini olib qolib, ortganini sotamiz.

Turmush ortogi omborxona tomon ketganini korgan Zebiniso Haydarova bizga ularni oylantirayotgan muammo haqida gapirib berdi.

Turmush qurganimizga yigirma yildan oshdi, deydi u. Ikki nafar farzandimiz bor. Umr yoldoshim ikki yildirki, ogir dardga chalingan. Toshkentdagi shifoxonalarda tibbiy korikdan otdi. U yerda oyoqning chanoq suyagi yemirilishi tashxisini qoyishdi. Ogriqdan tunlari uxlamay chiqyapti. Surishtirib bilsak, xastalikni jarrohlik amaliyoti orqali davolash mumkin ekan. Buning uchun katta mablag kerak. Bir necha marta Parkent tuman hokimi qabulxonasiga, songra Toshkent viloyat Xalq qabulxonasiga yordam sorab murojaat qildik. Jarrohlik amaliyotini otkazish uchun on ming AQSh dollari miqdorida pul mablagi ketishi, ushbu operatsiya davlat Dasturiga kiritilishi kerakligini aytishdi. Bir yildan buyon yordam sorab murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi. Sotay desak, yashab turgan uyimizdan boshqa mulkimiz yoq. Katta farzandim ham nogiron. Vaqti-vaqti bilan davolatib turamiz. Pul jamgarishga ham imkoniyatimiz bolmayapti.

Suhbat davomida Ibrohim aka joriy yilning aprel oyida bankdan imtiyozli kredit olganini bildik. Ushbu kredit mablagiga tort bosh qoy xarid qilgan. Yaqinda qoylar ikkitaga kopayibdi.

Kun davomida bolgan barcha murojaatlarni Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov yozib oldi. Aholi vakillariga imtiyozli kredit olish, mablagni maqsadli sarflash masalalari boyicha huquqiy maslahatlar berildi.

Mehr-muruvvat korsatish xalqimizga xos fazilat, deydi Mehroj Darxonov. Belgilab olingan murojaatlarni hal qilish uchun qolimizdan kelganicha harakat qilamiz. Birinchi navbatda tegishli tashkilotlarga deputatlik sorovi yuboriladi. Hech bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaymiz.

Mahliyo ALIQULOVA



DB query error.
Please try later.