O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
05.12.2017

MUROJAATLARNI ORGANISH

va odamlarga yordam berish – dolzarb vazifa

Joriy yilning o‘tgan on oyida Shorchi tumanida 1 ming 400 ga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish boshlagan. Tumanda servis, kasanachilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik jadal rivojlanyapti.

— Yutuqlar qatori yechimini kutayotgan muammolar ham bor, deydi OzXDP Shorchi tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari Botir Rajabov. Ayni paytda aholini koproq uy-joy, toza ichimlik suvi, bandlik masalalari oylantirmoqda. Yol qurilishi, kommunal xizmat, ta’lim, tibbiyot, bank-moliya va boshqa sohalarda ham kamchiliklar borligidan koz yuma olmaymiz. Ularni bartaraf qilishda siyosiy partiyalar, xususan, deputatlarimiz yanada faol bolishlari talab qilinadi. Shuning uchun partiyamiz Jamoatchilik qabulxonasi faoliyatini yaxshilashimiz kerak. Yil boshidan buyon qabulxonaga 100 dan ortiq murojaat tushgan bolsa, 80 ga yaqin masala oz yechimini topdi. Qolganlari organilmoqda.

Kuz-qish mavsumi arafasida «Oltin gisht yogdusi» xususiy korxonasi buyurtmasiga asosan kop qavatli uylardan birini tamirlagandik, deydi Qora ariq mahallasida yashovchi Akram Mengtorayev. Qurilish ishlari yakunlangandan keyin pudratchi tashkilot mutasaddilari 2 million 400 ming som berishni paysalga sola boshladi. Masala yuzasidan korxona rahbari va tuman hokimligi mutasaddilariga bir necha marta murojaat qildik. Ammo foydasi bolmadi. Shundan keyin OzXDP Shorchi tuman kengashidagi Jamoatchilik qabulxonasiga bordik.

Haqiqatan ham, Akram Mengtorayev, Parda Xoliqov, Egamberdi Xoliqov, Bahodir Raupov va Baxtiyor Mengtorayev Zahiriddin Muhammad Bobur nomli mahalladagi 29-kop qavatli uy-joyning tom qismini tamirlagan, deydi xalq deputatlari tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Gulmirza Norboyev. Quruvchilarga 5 million 100 ming som berilgan bolsa-da, qolgan 2 million 400 ming som pul oz vaqtida tolanmagan. Masala deputatlarimiz tomonidan atroflicha organildi va qisqa muddatda ijobiy hal qilindi.

Ikki nafar farzandimiz bor, deydi Yosh gayrat mahallasida istiqomat qiluvchi Toshboy Hasanov. Turmush ortogim Saodat Bekmurodova qishloq oilaviy poliklinikasida hamshira bolib ishlaydi. Yaqinda tuman elektr taminoti korxonasidan ogohlantirish xati keldi. Unda elektr energiyasi tolovidan 3 million somga yaqin qarzimiz borligi malum qilingandi. Togrisi, bundan ajablandim. Axir turmush ortogimning oylik maoshi hisobidan har oy 40-50 ming som tolab kelinayotgan bolsa, qarzdorlik qanday paydo bolishi mumkin? Mutasaddilar Tolaysiz, boshqa iloji yoq, deb turib olishdi. Xullas, deputat aralashuvi bilan qarzimiz yoqligi aniqlandi.

Kop yillardan beri koz xastaligidan aziyat chekaman, deydi Katta sovur mahallasida yashovchi Xolida Mamatqulova. Yaqinda shifokorlar viloyat markaziga borishni maslahat berishdi. Moddiy yetishmovchilik sabab Jamoatchilik qabulxonasiga murojaat qildim. OzXDP Shorchi tuman kengashi raisi Botir Rajabov oilaviy sharoitimiz bilan yaqindan tanishdi. Menga viloyat kop tarmoqli tibbiyot markaziga bepul yollanma berildi. Mutassaddilarga oz minnatdorchiligimni bildiraman...

Bugun har birimiz odamlarning quvonchu tashvishiga sherik bolishimiz shart, deydi xalq deputatlari tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Sayyora Abrayqulova. Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni organish va ularni hal etish yuzasidan deputatlik nazoratini ornatish muhim ahamiyatga ega. Amaliy ishlar bilan odamlarga foydamiz tegsa, ishonchni oqlagan bolamiz.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: