O'zb  
 
28.11.2017

ZUKKO VA TASHABBUSKOR XOTIN-QIZLAR SARALANMOQDA

Shu kunlarda «O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli» korik-tanlovining tuman, shahar bosqichlari Tashabbus va goyalarimiz mustaqil Ozbekiston taraqqiyoti uchun! shiori ostida otkazilyapti.

Karmana tumanida ishtirokchilar yangi ish orinlari yaratish, xizmat korsatish sifatini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirishga yonaltirilgan turli loyihalar taqdim etishdi. Ular xotin-qizlar bandligini ta’minlashga yonaltirilgan yangi goyalarni ozida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.

— Opa-singillarimizning faolligi va tashabbuslarini qollab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tanlov yil sayin ommalashib bormoqda, dedi Navoiy viloyat partiya kengashi sektor mudiri Muborak Mahmudova. Ishtirokchilar istiqbolli loyihalarni amalga oshirib, ayollar bandligini taminlashga munosib hissa qoshmoqda.

Karmana tuman bosqichida xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi kotibasi Shohsanam Rahmatova viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qolga kiritdi.

Oqoltin tumanida ham bir-biridan qiziqarli loyihalar taqdim etildi. Sirdaryo viloyat partiya kengashi bolim mudiri Murodjon Mirzakarimovning aytishicha, Xayrixon Sharofiddinova, Orzigul Mamatova, Gulnora Saidova tomonidan taqdim etilgan loyihalar hayotiyligi bilan ajralib turadi. Ularda mamlakatimizda xotin-qizlarni oylantirayotgan muammolarga yechim topish masalalariga alohida urgu berilgan. Barqaror ish orinlari yaratish, oilaviy ajrimlar, ayollar ortasida jinoyatchilikning oldini olishga doir takliflar hakamlar hayati tomonidan alohida etirof etildi.

Ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy yonalishdagi savollarga javoblari, sahna madaniyati, notiqligi ham belgilangan mezonlar asosida baholab borildi. Gulnora Saidova birinchi oringa loyiq topildi.

Oqdaryo tumanida esa xususiy tadbirkor Guljahon Xoliqulova tanlovning barcha shartlaridan muvaffaqiyatli otib, goliblikni qolga kiritdi.

Surxondaryo viloyat partiya kengashi bolim mudiri Feruza Boltaboyeva bu yilgi tanlov har yilgidan jonli hamda qizgin otayotganini takidladi. Jumladan, Termiz shahar bosqichida taqdim etilgan loyihalar rang-barang yonalishlarda bolgan. Xotin-qizlarning siyosiy hozirjavobligi, mavzularni yaxshi tushungan holda sharhlashi hakamlar hayati tomonidan munosib baholandi.

Har bir ishtirokchi shartlarga puxta tayyorgarlik korgani bois golibni aniqlash oson kechmadi. Tanlov nizomida belgilangan meyorlarga kop jihatdan mos javob bergan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamshirasi Latofat Shamuratova birinchi oringa loyiq topildi.

Sariosiyo tumanidan esa 62-umumtalim maktab bosh yetakchisi Sadbarg Tursunova tanlovning viloyat bosqichiga yollanma oldi.

Eslatib otamiz, tanlovning Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlari 2018 yilning yanvar oyidan boshlanadi.

Zilola ANVAROVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: