O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.11.2017

ERK VA OZODLIK TIMSOLI

«Bepul ta’lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, boringki, inson uchun muhim ijtimoiy yo‘nalishlardan tortib, siyosiy huquq va erkinliklarimizning barchasi Konstitutsiyada ifodalangan. Konstitutsion huquqlarimiz orqali oqish, ishlash, saylovlarda ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalanamiz. Bosh qomusimiz asosida yaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar esa fuqarolarga qoshimcha qulaylik yaratib, oz burchlarini togri bajarishga xizmat qiladi. Eng muhimi, inson shani, qadr-qimmati va manfaati ustuvor etib belgilangan».

Darhaqiqat, Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov takidlaganidek, Konstitutsiya mustaqilligimiz, erk va ozodligimiz timsoli. Uning negizida qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlar yurtimiz taraqqiyotiga, hamyurtlarimizning tinch, osoyishta hayotini taminlashga xizmat qilmoqda.

Toshkent viloyat partiya kengashi otkazgan davra suhbatida ayni shu jihatlarga etibor qaratildi, Konstitutsiyamizning insonparvarlik tamoyillari hayotda oz ifodasini topayotgani alohida takidlandi. Tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, tuman, shahar partiya kengashlari raislari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, viloyat hokimligi qoshidagi ijtimoiy moslashuv markazi masullari va boshqalar mavzu yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalari Bosh muharriri Safar Ostonov Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, insonparvarlik tamoyillari haqida toxtaldi:

— Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, eski mustabid tuzum qonunlaridan voz kechildi, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bogliq demokratik yol tanlandi. Mustaqil davlat sifatida Ozbekiston oz Konstitutsiyasiga ega bolish shart edi. Jahon tajribasi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda boshqa huquqiy hujjatlar goyalari, milliy qadriyatlar asosida Bosh qomusimiz yaratildi. Birinchi Prezidentimiz takidlaganidek, jamiki dunyoviy nematlar orasida eng ulugi inson, degan fikr ilgari surildi va shu asosda fuqaro, jamiyat, davlat ortasida ozaro munosabatlarning oqilona huquqiy yechimini topishga erishildi.

Konstitutsiyamizning asosiy prinsipi inson manfaati davlat manfaatidan ustun etib belgilanganidadir. Uning muqaddimasidan tortib, oxirgi bobigacha insonparvarlik goyasiga yogrilgan. Bu ezgu goyalarning hayotdagi ifodasini har birimiz har kuni korib, guvohi bolib turibmiz...

Takidlanganidek, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda, dedi Toshkent viloyat hokimligi qoshidagi Ijtimoiy moslashuv markazi rahbari Bahodir Xolmirzayev. Markazning asosiy vazifasi ham, avvalo, Bosh qomusimiz va amaldagi qonunlarning insonparvarlik tamoyillari ijrosi bilan shugullanishdan iborat. Ayniqsa, amnistiyaga tushib, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga alohida etibor qaratyapmiz.

Joriy yilning shu kuniga qadar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan 1751 nafar fuqaroga 1 milliard 425 million somlik moddiy yordam ajratildi. Mehnatga layoqatli 1508 nafar fuqarodan 1280 nafarining bandligi taminlandi. Qolganlarini ishga joylashtirish boyicha bandlikka komaklashish markazlari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar korilmoqda.

Shuningdek, maxsus komissiya azolari jazoni otash joylaridan qaytganlarning yashash sharoitini organib, oz ishini boshlash istagi borlarga imtiyozli kreditlar olishga komaklashmoqda.

Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan bu ishlar Konstitutsiyamizning inson huquq va erkinligi, shani, qadri bilan bogliq kafolatlarning amaldagi ifodasidir.

Davra suhbatida, shuningdek, joylardagi muammolar xususida ham fikrlar bildirildi. Jumladan, jazoni otash muassasalaridan qaytganlarning sudlanganini bahona qilib, ishga olmaslik holatlari uchrab turishi muhokama etildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar ortasida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish zarurligi aytildi. Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarda amnistiya asosida ozod qilingan va hozirda halol mehnat qilib, jamiyatga nafi tegayotganlar ishtirokini taminlash yaxshi samara berishini hayot korsatayotgani takidlandi.

Shuningdek, Konstitutsiyani doimiy ravishda organib borish yuzasidan takliflar bildirildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.