O'zb  
 
28.11.2017

KOZI OJIZLAR JAMIYATI: QANDAY MUAMMO VA TAKLIFLAR BOR?

2017 yilning 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan bolib otgan videoselektor yigilishida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi nogironlar manfaati bilan bogliq qonunlar tashabbuskori bolib maydonga chiqmagani, «Muruvvat», Saxovat va Mehribonlik uylari, maxsus internat maktablari faoliyatini yaxshilash boyicha partiya tomonidan amaliy harakatlar bolmayotgani haqida tanqidiy fikrlar bildirilgan edi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Kozi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda otkazgan Nogironlarni ijtimoiy himoyalash: sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar mavzusidagi amaliy seminarda bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish xususida atroflicha soz yuritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zolari, Toshkent shahar, Toshkent viloyat partiya kengashlari faollari, Kozi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi, Toshkent shahar, Toshkent viloyat bolimlari vakillari mavzu boyicha oz fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdi.

Ulugbek VAFOYEV, OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Partiyamiz Saylovoldi platformasida kam daromadli aholi qatlami, birinchi navbatda, nogiron va yolgiz keksalar manfaatini himoya qilish ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada partiyamiz tashkilotlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi guruhlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning otgan 10 oyida partiya guruhlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami manfaatlarini kozlab, 35 masala partiya guruhlarida va 23 masala doimiy komissiyalarda va 15 masala sessiyada korib chiqildi.

Ammo tan olishimiz kerak, davlatimiz rahbarining Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi ishlarimiz sustligicha qolmoqda. Bugungi davr esa hammamizdan faollik va uygoqlikni talab etyapti. Nogironlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni yanada kopaytirishimiz kerak.

Abdusaid MIRHAMIDOV, Kozi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi:

– Bugungi kunda Kozi ojizlar jamiyati tomonidan 40 ming nafardan ziyod korish imkoniyati cheklangan nogiron hisobga olingan bolib, tizimda va undan tashqarida mehnat bilan mashgullar soni qariyb 2700, maxsus maktab-internatlarda talim olayotganlar 2200, orta maxsus kasb-xunar kollejlarida, oliy oquv yurtlarida tahsil olayotganlar 500 nafardan ziyodni tashkil etadi. Jamiyat tashkilotlari, xususan, tuman (shahar) bolinmalari komagida kozi ojizlarni ijtimoiy himoya va reabilitatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimizda nogironlarni har tomonlama qollab-quvvatlash uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biz yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan mamnunmiz, albatta. Ammo oldimizda yechimini kutayotgan masalalar ham yoq emas. Misol uchun, aksariyat nogironlar faqat pensiya va nafaqa mablaglari hisobidan kun kechirayotganliklari bois, kommunal tolovlar, transport xarajatlarida imtiyoz va yengilliklarga zarurat sezadilar. Turli xizmatlar, kommunal tolovlar, transportlardan foydalanganlik uchun yol haqlariga I va II guruh nogironlari uchun imtiyoz va chegirmalar kengaytirilsa, maqsadga muvofiq boladi, deb oylaymiz.

Sport inshootlarini nogironlarga moslashtirish masalasi ham bugungi kunda juda dolzarb. Kozi ojizlar maktab-internatlarida bolalar sportini rivojlantirish maqsadida oylik maosh asosida ishlaydigan murabbiylar ajratish va sport musobaqalari kolamini kengaytirish, kozi ojiz oquvchilarni oquv qurollari, komputer texnikalari, yordamchi oquv va texnik vositalar, audio kitoblar bilan taminlash masalalari ham etibordan chetda qolmasligini istardik. Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi bu boradagi ishlarda bizga yaqin hamkor va komakchi bolishiga ishonamiz.

Ahad AHMEDOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi:

Bugungi kunda imkoniyati cheklangan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash uchun bir qator muammoli masalalarni hal etish talab etiladi. Xususan, I va II guruh nogironlarini bepul yoki imtiyozli kredit asosida uy-joy bilan taminlash borasida mukammal huquqiy mexanizm ishlab chiqish lozim, deb hisoblaymiz. Korish imkoniyati cheklangan nogironlar ozlari istagan paytlarida salomatliklarini tiklash uchun shifoxonalarga order olish borasida ham qator qiyinchiliklarga duch kelayotgani joylarda saylovchilar bilan bolib otayotgan uchrashuvlarda bot-bot takidlanyapti.

Kozi ojizlar uchun oliy va orta maxsus talimda darsliklar, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-ilmiy, klassik va zamonaviy badiiy adabiyotlar, brayl yozuvidagi dasturiy nashrlar yetishmovchiligini bartaraf etish masalasi ham dolzarb bolib turibdi. Yurtimizda kozi ojizlar uchun reabilitatsiya vositalari ishlab chiqaruvchi xojalik subyektlari deyarli mavjud emas. Oqibatda bu toifadagi nogironlar oddiygina reabilitatsiya vositalarini topishda qiyinchiliklarga duch kelishyapti. Korinib turibdiki, nogironlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini taminlash mexanizmini takomillashtirishni davrning ozi taqozo etmoqda.

Ruslan XUDOYOROV, Kozi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi yuristi:

Jamiyatimiz azolari duch kelayotgan muammolarning aksariyati qonunchilikdagi kamchiliklarga borib taqaladi. Shu bois nogironlarning huquq va manfaatlariga oid qonun loyihalari va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ekspertlar sifatida Kozi ojizlar jamiyati vakillarini jalb etish maqsadga muvofiq bolar edi. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning reabilitatsiyasi, ijtimoiy integratsiyasi, bandligi, huquq va erkinliklari borasidagi say-harakatlar oqilona amalga oshirilishida bu juda muhim hisoblanadi.

Rixsiboy ABBOSXONOV, Kozi ojizlar jamiyati qoshidagi bosmaxona rahbari:

Bosmaxona 1949 yildan beri faoliyat korsatib kelmoqda. Kozi ojizlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda biz chop etayotgan qollanmalar, kitoblar, darsliklar muhim orin tutadi. Shu vaqtga qadar maxsus maktab-internatlarini darsliklar bilan taminlab kelyapmiz. Ayni paytda bizni bir muammo tashvishga solayapti. Toshkent shahar hokimining qaroriga kora, hozirgi joylashgan binomizning bir qismi shahar ichki ishlar bolimiga berilgan ekan. Lekin bugun binoni umuman tark etishimiz talab etilmoqda. Biz tegishli idoralarga murojaat qildik. Lekin haligacha amaliy yordam berilmayapti. Biz shu masalada OzXDP fraksiyasidan komak soraymiz.

Seminarda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahromjon Obidjonov, OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov, Kozi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi rayosati azosi Abduqayum Nabiyev, Kozi ojizlar jamiyati Sirdaryo viloyat bolimi rahbari Olim Abdurahimov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar haqida oz fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.